Radiatsiya miqdorini aniqlash.
Radiatsiya miqdorini aniqlashda radioaktiv ifloslangan namunalarning
solishtirma aktivliklari o‟lchanadi. Aktivlikni o‟lchashning absolyut va nisbiy
usullaridan foydalaniladi. Absolyut usulda radioaktiv manbaning haqiqiy aktivligi
yemirilish/sekundda (yem/sek)da aniqlanadi. Tekshiriladigan namunalardan
tayyorlangan preparatlar aktivligi o‟lchanganda o‟lchash qurilmasida qayd qilingan
zarralar soni preparatning haqiqiy aktivligidan farq qiladi. Ular orasida
proporsionallik koeffitsienti bo‟ladi. Bu koeffitsient qurilmaning o‟lchash
effektivligi
deyiladi.
Effektivlik o‟lchov qurilmasining geometriyaga, detektor xususiyatlariga,
aktivligi o‟lchanayotgan manbaning qalinligiga va boshqa faktorlarga bog‟liq
bo‟ladi. shuning uchun o‟lchov qurilmasining effektivligi quyidagicha ifodalanadi:
(1)
(1)
da
-detektorning effektivligi;
-geometrik faktor;
-detektorga
tushgan zarralarning detektorda qayd qilinish ehtimoliyatini bildiradi;
-
koeffitsientlar, nurlanishning preparatning o‟zida, havoda yutilishini va boshqa
faktorlarni hisobga oladigan koeffitsientlardir.
Absolyut usulda agar qurilmalarning o‟lchash effektivligi ma‟lum bo‟lsa, vaqt
birligi ichida sanalgan zarralar soni (a) ni bo‟lgan holda preparatning haqiqiy
aktivligi quyidagicha aniqlanadi:
(2)
Bunda
-detektor sanagan zarralar soni. Lekin qurilmaning o‟lchash
effektivligi
ni qiymatini aniqlash ancha qiyinchilik tug‟diradi. Shuning uchun
ko‟pincha aktivlik o‟lchanganda aktivlikni o‟lchashning nisbiy metodidan
foydalaniladi. Nisbiy usulda preparatning o‟lchanayotgan noma‟lum aktivligi A
x
etalon manbaning oldindan aniq bo‟lgan aktivligi o‟lchanib unga taqqoslangan
holda aniqlanadi. Bu usulda preparat va manbani o‟lchashdagi effektivliklar
va
bir xil bo‟lishi kerak, ya‟ni:
bo‟lishi kerak.
Aktivlik va o‟lchash effektivligi orasida quyidagi munosabatni yozish
mumkin:
(3)
(3) formuladan: o‟lchanayotgan preparatning noma‟lum aktivligi quyidagicha
aniqlanadi:
(4)
(4) da
va
preparat va etalon manbadan tajriba vaqtida qurilmada
sanalgan impulslar soni.
- etalon manbaning oldindan ma‟lum bo‟lgan aktivligi. Ko‟p vaqtlarda
bo‟lishiga erishish qiyin. Shuning uchun detektor effektivligining
nurlanish (chiqayotgan zarralar) energiyasiga, foydalanilayotgan detektor
xususiyatlariga va boshqa faktorlarga bog‟liqligini bilish va ularga tuzatmalar
kiritish lozim bo‟ladi. Aktivligi o‟lchangan preparatning solishtirma aktivligi, bu
massa birligiga to‟g‟ri keladigan aktivlikdir. Solishtirma aktivlikni bilish uchun
preparatning o‟lchangan aktivligini preparatdagi radioaktiv modda massasiga
bo‟lish kerak, ya‟ni:
(5)
(6)
Bu formulalarda
-preparat massasi grammlarda;
-preparatning
o‟lchangan aktivligi;
-preparatning yuzasi,
birlikda;
-preparat qalinligi,
birlikda.
Laboratoriya
sharoitida
radioaktiv
ifloslangan
namunalar
aktivligi
o‟lchanganda o‟lchanadigan namunalar (yoki preparatlar deyiladi) ikki xilda
tayyorlanishi mumkin: Yupqa qatlamli va qalin qatlamli. Qalin qatlamli
preparatlarda qalinlik yanada ortishi bilan sanalayotgan zarralar soni o‟zgarmaydi,
ya‟ni ko‟paymaydi. Qalin qatlamli preparatlar qalinligi 10 mm bo‟ladi.
𝛼-zarralarni
o‟lchaydigan schyotchiklar juda yupqa devorli bo‟lishi kerak.
|