aralashmalar kiritilsa, uning chaqnash markazi kattalashadi
va xossasi yanada
yaxshilanadi. Xuddi shunday kristallar sinfiga NaI(Tl) kristallini kiritish mumkin.
Noorganik kristallar ichida NaI(Tl)-kristalli o‟zining xossalari bilan ajralib
turadi. Ayniqsa bu kristallning ustunlik
tomoni shundan iboratki, ulardan katta
o‟lchamda, 200-300mm qalinlikdagi kristallar tayyorlash mumkin.
CsI(Tl)-kristalli ssintillyatorni ishlatish uchun juda qulay bo‟lib, ulardan katta
o‟lchamdagi monokristallar tayyorlash mumkin. Bu
kristallda chaqnash vaqti
ionizatsion zichligiga bog‟liq.
CsI(Tl) va NaI(Tl) kristalli katta atom tartibiga ega bo‟lib, gamma nurlarni
qayd qilishda detektorning effektivligi juda yuqori bo‟ladi.
Ko‟pgina organik aralashmalar chaqnash
hodisasini yuzaga keltirish
xususiyatiga ega. Organik aralashmalar orasida uglevodorodlar alohida muhim
o‟rin tutadi. Organik ssintillyatorlar monokristallar ko‟rinishida tayyorlanadi.
Bularga misol tariqasida stilben (C
14
H
12
), antratsen (C
14
H
10
), talon va boshqalarni
kiritish mumkin. organik kristallar suyuq va qattiq ko‟rinishda tayyorlanadi.
Noorganik ssintillyatorlarning organik ssintillyatorlardan
farqi shundaki, fotonlar
chaqnashi uyg‟ongan molekulalarda elektronlarning o‟tishi bilan bog‟liq. Organik
ssintillyatorlarda chaqnash vaqti juda kichik bo‟lib, u 10
-8
-10
-9
sekundlar atrofida.
Dostları ilə paylaş: