Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi, tezlashtiruvchi texnika



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/50
tarix18.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#116100
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50
54baf52fc97007b313abf5d9abaa5d06 « DOZIMETRIYANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI VA AMALIY TATBIG‟I » FANIDAN O„QUV-USLUBIY M A J M U A

10-Ma‟ruza. (2 soat) 
Mavzu: Ssintillyatsion sanagichlar. Termolyuminessent va kimyoviy 
detektorlar. 
Reja: 
1. 
Ssintillyatsion sanagichlar. Ularning ishlash prinspi, impuls hosil 
bo‟lishi mehanizmi. 
2. 
Spektrometrik metodlar. 
Yadroviy o‟lchov asboblarida o‟lchashlar nurlanishlarning turli moddalarga 
ta‟siri natijasida hosil bo‟ladigan effektlarni o‟lchashga asoslangan.
Ssintillyatsion usul hozirgi vaqtda yadroviy nurlanishlarni qayd qilishda keng 
tarqalgan usullardan biri hisoblanadi. Ssintillyatsion detektorlar yadro fizikasida 
radioaktiv izotoplar nurlanishlarining spektrini o‟rganishda, atom yadrolarining 
uyg‟ongan holatlari yashash vaqtlarini o‟rganishda, kosmik nurlarni tadqiq 
qilishda, yer ustidagi va yer yo‟ldoshlaridagi laboratoriyalarda, geologiyada
geoxronologiyada, radioekologiyada, biologiyada, tibbiyotda, ishlab chiqarishda 
(
𝛾-defektoskopiyada va b.) keng ishlatiladi. 
Spektrometrik metodlar atom yadrosining tuzilishini, yadroviy o‟zaro 
ta‟sirlarni, moddani sifat va miqdoriy tahlil qilishda, zarralarning energiya 
bo‟yicha taqsimotini o‟rganishda, nurlanish manbalarini radioaktiv izotoplar 
bo‟yicha tahlil qilishda keng ishlatiladi. 
Quyida ssintillyatsion sanagichlar, gamma spektrometr, uning bloklari, 
yadroviy nurlanishlarni qayd qilish jarayonlari va ayrim xususiyatlari ko‟rib 
chiqiladi. 
1. Ssintillyatsion schyotchiklar. 
 
Moddaning energiya yutishi va so‟ng spektrning ko‟zga ko‟rinadigan yoki 
unga yaqin sohada nurlanish chiqarishi lyuminessensiya deyiladi. Lyuminessensiya 
moddani isitish, yorug‟lik, kimyoviy reaksiyalar, zaryadli zarralar ta‟sirida hosil 
bo‟lishi mumkin. Modda zaryadli zarrachalar yoki gamma-kvantlar tushganda 
hosil bo‟ladigan chaqnash yorug‟ligi ssintillyatsiya deyiladi. Ssintillyatorlar deb 
shunday moddalarga aytiladiki, bu moddalarga zaryadli zarralar, neytronlar yoki 
gamma-kvantlar tushganda ular spektrining ko‟zga ko‟rinadigan sohasida fotonlar 
(chaqnash yorug‟ligi) yoki ultrabinafsha sohada nurlanish chiqaradi. Yadroviy 
nurlanishlarni qayd qilishning ssintillyatsiyaga asoslangan usuli yordamida 
ssintillyatsion schyotchiklar tayyorlanadi. 
Ssintillyatsion schyotchik havosi so‟rib olingan shisha ballon ichiga 
joylashtirilgan ssintillyator va fotoelektron kuchaytirgichdan (FEK) iborat. 
Ssintillyatsion schyotchik tuzilishi 1-rasmda keltirilgan. 


Fosfor Fotokatod 
Yadro 
nurla- 
nishi 
Yorug‟lik o‟tkazgich 
Yorug‟lik
qaytargich 
1-rasm 
Ssintillyatsion schyotchiklarning quyidagi xossalarga ega bo‟lishi tufayli keng 
ishlatiladi: 
1. Nurlanishlarni qayd qilish effektivligining yuqori bo‟lishi. 
2. Vaqt bo‟yicha ajrata olish qobiliyatining yuqori bo‟lishi (10
-9
-10
-7
c). 
3. Zarralar va gamma-kvantlarning energiyasini bir necha foizga aniqlikda 
o‟lchay olishi. 
4. Qurilmaning nisbatan oddiyligi. 
Ssintillyatsion schyotchiklarning kamchiligi energiya bo‟yicha ajrata olish 
qobiliyatining pastligidir. Masalan gamma-kvantlar 600 KeV bo‟lganda ajrata 
olish qobiliyati 8-10% ni tashkil qiladi. Lekin ko‟pgina ilmiy-amaliy masalalarni 
hal qilishda bu kamchilik ahamiyatli bo‟lmaydi. 
Bu usulni 1903 yilda Vilyam Kruks taklif qilgan. 1934 yilda L.A.Rubetskiy 
tomonidan fotoelektron kuchaytirgich (FEK) yaratildi. FEK ssintillyatsion 
schyotchiklarda ishlatila boshlagach ssintillyatsion schyotchiklarning afzalligi ortib 
ketib keng ishlatila boshladi. Ssintillyatsion schyotchiklarning sifati va qo‟llanilish 
sohasi ko‟p jihatdan unda ishlatiladigan fosfor kristallining (ssintillyator sifatida) 
tushgan zaryadli zarra yoki gamma-kvant energiyasini yorug‟lik energiyasiga 
aylantira olish xususiyatiga bog‟liq. Fosfor kristalli yutilgan zarra energiyasining 
bir qismini yorug‟lik energiyasiga aylantiradi. NaJ(Tl) kristallining bunday 
qobiliyati kuchliroq. U yutilgan energiyaning o‟ndan bir qismini yorug‟lik 
energiyasiga aylantiradi. Fosforning yorug‟lik chiqarishi intensivligining vaqtga 
bog‟liq o‟zgarishi ushbu rasmda keltirilgan. 
Fosfor kristallga zarra tushgan sari uyg‟ongan atomlar yig‟ila boradi. Zarra 
kristall ichida batamom to‟xtamasdanoq atomlarning bir qismi fotonlar chiqarib 
asosiy holatiga qaytadi. Zarra sekinlashgan sari uyg‟ongan atomlar soni va 
fosforning nurlanish intensivligi orta boradi. Taxminan 10
-12
c dan so‟ng yorug‟lik 
intensivligi yuqori darajaga yetadi. Bu vaqt ichida zarra batamom to‟xtaydi. 
Uyg‟ongan atomlar sonining kamayishi yorug‟lik intensivligining nisbatan sekin 
FEK 


pasayishiga olib keladi (2-rasm). Bu jarayon t>t
0
vaqtga to‟g‟ri keladi. Umuman 
intensivlik quyidagicha ifodalanadi: 
I=I
0
e
-t/𝜏
I
0
e
-t/𝜏 
t
J

2-rasm 
Bunda t-ma‟lum t
0
vaqtdan so‟ng boshlanadigan vaqt, 
𝜏-uyg‟ongan 
atomlarning o‟rtacha yashash vaqti. U fosforning yorug‟lik tarqatib bo‟lish vaqti 
deb ataladi. 
𝜏 ning qiymati qancha kichik bo‟lsa, FEK da hosil bo‟ladigan impuls 
shuncha qisqa va schyotchikning ajrata olish qobiliyati shunchalik yaxshi bo‟ladi. 
Fosforning qayd qilish effektivligi har xil zarralar uchun har xil. Zichligi va atom 
nomeri katta bo‟lgan fosfor gamma-kvantlarni yaxshi qayd qiladi, lekin tez 
neytronlar uchun yaramaydi. Ssintillyatsion schyotchiklarda ishlatiladigan fosfor 
kristallining xillari juda ko‟p. fosfordagi yorug‟lik FEK yordamida tok impulsiga 
aylantiriladi.
Agar tajriba sharoitida katta hajmdagi ssintillyatorlar talab qilinsa, tiniq suyuq 
ssintillyatorlar ishlatiladi, masalan neytronlarni qayd qilishda hozirgi kunda 
ssintillyatsion usuli yadroviy nurlanishlarni qayd qilishda keng tarqalgan usul 
hisoblanadi. Ssintillyatsion detektorlarga tushayotgan yadroviy nurlanishning 
ssintillyator moddasi atom va molekulalarini uyg‟ongan holatga o‟tkazishi muhim 
o‟rin tutadi. Uyg‟ongan atomlarning asosiy holatga o‟tishi elektromagnit nurlanish 
chiqarishi bilan yuz beradi. Elektromagnit nurlanishlar spektri ssintillyator kristalli 
atomlarning energetik sathlariga bog‟liq bo‟ladi. Bir qator tiniq ssintillyatorlarda 
chiqariladigan nurlanish (chaqnash yorug‟ligi) spektrning ko‟zga ko‟rinadigan 
sohasida yotadi. Bu nurlanishlar to‟lqin uzunligi 
𝜆=1000-7000 A
0
. Kristalli 
ssintillyatorlar keng tarqalgan. Ssintillyator moddasiga gamma-nurlar tushganda 
yorug‟lik chaqnashi hosil bo‟ladi. Bu yorug‟lik fotokatodga tushib, undan 
elektronlarni urib chiqaradi. Bu elektronlar FEK ning dinodlariga tushib har bir 
dinoddan yana elektronlarni urib chiqaraveradi. FEK dinodlardan urib chiqarilgan 
elektronlar soni ko‟payib elektronlar oqimini hosil qiladi va bu elektronlar anoda 
fokuslanadi. 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin