bunday elektr zanjirida elektr toki hosil bo‟ladi. Bu tokning
kattaligi ionizatsion
effektni aniqlaydi.
Gazrazryadli schyotchikda ionizatsion kameradan farqli ravishda ikkilamchi
ionlashish natijasida kuchaygan ionlashish effekti o‟lchanadi.
Bunda ikkilamchi ionlashish natijasida hosil bo‟lgan
elektronlar va musbat
ionlar soni birinchi ionlashishga nisbatan bir necha marta ortiq bo‟ladi.
Ionlashtiruvchi nurlanishlarning ba‟zi moddalardan o‟tishida uyg‟ongan
atom va molekulalarning asosiy holatiga o‟tishida флуоресценция (chaqnash)
hosil bo‟ladi.
Yorug‟lik chaqnashlari fotoelektron kuchaytirgich
yordamida elektr
signallariga aylantiriladi. Флуоресценция effektini o‟lchash bilan ishlaydigan
detektorlar ssintillyatsion schyotchiklar deyiladi.
Ionlashtiruvchi nurlanishlar energiyasining moddada yutilishi modda
tarkibini o‟zgartiradigan qaytarilmaydigan turli kimyoviy reaksiyalarni hosil
qilishi
mumkin. kimyoviy reaksiyalarning “chiqishini” o‟lchash bilan, ya‟ni reaksiyada
yangidan hosil bo‟lgan oxirgi maxsulotni o‟lchash
bilan yutilgan energiyani
aniqlash mimkin. Ionlashtiruvchi nurlanishlarning kimyoviy detektorlari shu
prinsipga asoslangan.
Ionlashtiruvchi nurlanishlar sezgir fotomateriallarga ta‟sir
qilib ularni
qoraytiradi. Nurlanishning yutilgan energiyasi fotomaterialning qorayish zichligi
bilan aniqlanadi. Fotografik detektorlar ishlashi shu prinsipga asoslangan.
Ionlashtiruvchi nurlanishlarni aniqlashda va o‟lchashda
ionizatsion,
ssintillyatsion, kimyoviy, fotografik metodlardan foydalaniladi.
Dozimetrik apparaturlarda ionizatsion metod keng ishlatiladi. Ssintillyatsion,
kimyoviy va fotografik metodlar maxsus xollarda, sharoitlarda ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: