Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi, tezlashtiruvchi texnika



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/50
tarix18.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#116100
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   50
54baf52fc97007b313abf5d9abaa5d06 « DOZIMETRIYANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI VA AMALIY TATBIG‟I » FANIDAN O„QUV-USLUBIY M A J M U A

9-Ma‟ruza. (2 soat) 
Dozimetriya metodlarini klassifikatsiyalari. Ionizatsion metodlar. Fotografik 
metodlar. 
Reja: 
1. 
Indikatorlar. 
2. 
Rentgenmetrlar. 
3. 
Radiometrlar. 
4. 
Dozimetrlar. 
5. 
Radioaktiv nurlanishlarni aniqlash va o‟lchash metodlari. 
6. 
Ionizatsion, fotografik metodlar. 
7. 
Kimyoviy detektorlar. 
Dozimetrik asboblar qo‟yilgan vazifaga, datchiklar xiliga, nurlanish xilini 
o‟lchashiga, asbob sxemasida xosil bo‟ladigan elektr segnallarining xususiyatiga 
qarab klassifikatsiya qilinadi (turlarga ajratiladi). 
Qo‟yilgan vazifaga bog‟liq ravishda barcha asboblar quyidagi guruhlarga 
bo‟linadi: 
Indikator – radiatsion razvedkaning eng oddiy asbobi hisoblanadi. 
Indikatorlar yordamida nurlanishlar mavjudligi aniqlanadi va 
𝛼, 𝛽, 𝛾-nurlarning 
doza quvvati taqriban aniqlanadi.bunday asboblar yorug‟lik yoki tovush 
signallarini beradigan oddiy elektr sxemalaridan iborat bo‟ladi. Indikatorlar 
yordamida doza quvvatining ortishini yoki kamayishini aniqlash mumkin. Datchik 
sifatida gazrazryadli schyotchiklardan foydalaniladi. Bunday guruhga DP-63, DP-
63A, DP-64 dozimetrlari kiradi. 
Rentgenometrlar – rentgen yoki gamma-nurlanishlarning doza quvvatini 
o‟lchaydi. Rentgenometrlarning o‟lchash diapazoni 0,01 rentgen/soatdan bir necha 
yuz rentgen/soatgacha. Bu asboblar datchik sifatida ionizatsion kameralar yoki 
gazrazryadli schyotchiklar ishlatiladi.DP-2, “Kaktus”, DP-3, DP-35, DP-5A, B va 
V tipidagirentgenometrlar ishlatiladi. 
Radiometrlar – radioaktivlikni o‟lchaydigan asboblardir. Radiometrlar 
asosan 
𝛼 va 𝛽 zarralar radioaktivligini, bu zarralar bilan ifloslanish darajasini, 
gamma-nurlarning juda yuqori bo‟lmagan darajasini o‟lchashda ishlatiladi. 
Radiometrlarda datchiklar sifatida gazrazryadli va ssintillyatsion schyotchiklardan 
foydalaniladi. Radiometrlar ko‟p tarqalgan qutilma bo‟lib, ko‟p sohalarda 
ishlatiladi. Bunday radiometrlarga DP-12, beta-gamma-radiometr “Luch-A”, 
“Tuss”, DP-100M, DP-100ADM, beta-radiometr RKB4-1eM va b. radiometrlar 
kiradi. 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin