Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi, tezlashtiruvchi texnika



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/50
tarix18.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#116100
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   50
54baf52fc97007b313abf5d9abaa5d06 « DOZIMETRIYANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI VA AMALIY TATBIG‟I » FANIDAN O„QUV-USLUBIY M A J M U A

Dozimetrlar – kishilar oladigan nurlanishning yig‟indi dozasini, aniqlaydigan 
asbob. Asosan, 
𝛾-nurlanishlardan oladigan yig‟indi dozasi o‟lchanadi. Individual 
dozimetrlar kichik o‟lchamdagi ionizatsion kamera yoki plyonkali fotokassetadan 


iborat. Ionizatsion kamera komplekti va zaryad-o‟lchash qurilmasidan iborat 
to‟plamga individual dozimetrik nazorat komplekti deyiladi. 
Indivedual (shaxsiy) dozimetrlar komplektiga quyidagi dozimetrlar kiradi: 
DK-02, DP-22B, DP-24, UD-1, UD-11 va b. 
Dozimetrlarda datchiklar sifatida ionizatsion kameralar, silindrik yoki 
tartsovoy 
schyotchiklar, 
fotokor-qarshiliklar 
schyotchiklar 
ishlatiladi. 
O‟lchanadigan nurlanishlar turiga qarab dozimetrlar 
𝛾-nurlanishlarni, 𝛽- va 𝛼-
zarralarni, neytronlar oqimini o‟lchaydigan dozimetrlarga bo‟linadi. 
Dozimetrik qurilmalarni ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh 
dozimetrlarida nazorat qilinayotgan nurlanishlarning zarralari yoki fotonlari hosil 
qilgan qisqa elektr signallari (impulslari) o‟lchanadi. 
Ikkinchi guruh dozimetrlarida detektor uncha ta‟sir qilayotgan o‟lchanadigan 
nurlanishlarni uzluksiz doimiy elektr tokiga aylantiradi. Elektr sxemasi doimiy 
tokni hosil qilish va kuchaytirish vazifasini bajaradi. Mavjud bo‟lgan 
dozimetrlarning deyarli hammasi ionizatsion usul asosida ishlaydi. Dozimetrik 
asboblarning asosiy qismlari quyidagilardan iborat: nurlanish detektorlari, ya‟ni 
ionizatsion kameralar, gazrazryadli schyotchiklar yoki ssintillyatorlar; impulslarni 
hosil qiladigan elektr sxemasi; o‟lchaydigan yoki qayd qiladigan asboblar 
zamonaviy dozimetrik asboblarning deyarli barchasi ionizatsion metod asosida 
ishlaydi.
Radioaktiv nurlanishlarni aniqlash va o‟lchash metodlari. 
1. 
Ionlashtiruvchi nurlanishlar detektorlari.
Detektor – ionlashtiruvchi nurlanishlarni aniqlashda, ularning energiyasini va 
boshqa xususiyatlarini o‟lchashda ishlatiladigan asboblarning asosiy qismidir. 
Detektorning ishlash prinsipi nurlanishning detektor moddasi bilan o‟zaro 
ta‟siri effektining xarakteri bilan aniqlanadi. Nurlanishni detektrlash esa shu ta‟sir 
effektini o‟lchash bilan bog‟liq. 
Ionlashtiruvchi nurlanishning moddadan o‟tishi nurlanishning atom 
elektronlari va yadrolari bilan o‟zaro ta‟siri jarayonida energiyasining yo‟qotilishi 
bilan bo‟ladi. detektor moddada yutilgan energiyani qayd qilish uchun qulay 
bo‟lgan boshqa turdagi energiyaga aylantiradi. Odatda nurlanish energiyasini elektr 
signallariga aylantirib beradigan detektorlar ishlatiladi. 
Keyinchalik detektorlarning ishlashi ionlashtiruvchi nurlanishlarning moddani 
ionlashtirishiga yoki moddaning atom va molekulalarini uyg‟otishga asoslangan. 
Gazda ionlashtirish effektini o‟lchashga asoslangan detektorlarga ionizatsion 
kameralar va gazrazryadli schyotchiklar kiradi. 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin