Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi, tezlashtiruvchi texnika



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/50
tarix18.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#116100
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   50
54baf52fc97007b313abf5d9abaa5d06 « DOZIMETRIYANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI VA AMALIY TATBIG‟I » FANIDAN O„QUV-USLUBIY M A J M U A

8-Ma‟ruza. (2 soat) 
Mavzu: Radioaktiv chiqindilar. Radiatsiya miqdorini aniqlash. 
Reja: 
1. 
Radioaktiv chiqindilar turlari. 
2. 
Radiatsiya miqdorini aniqlash usullari. 
Radioaktiv moddalarni qayta ishlashda, radioaktiv manbalar tayyorlash 
jarayonlarida, uran, toriy rudalarini qazib olishda va ularni boyitishda, yadroviy 
qurilmalar (reaktorlar, siklotronlar) ishlashida, atom sanoatida, radioaktiv 
izotoplarning turli sohalarda tibbiyotda, qishloq xo‟jaligida, yengil sanoatda, 
metallurgiyada, suv xo‟jaligida, neft-gaz sanoatida, geoxronologiya, ximiya, 
biologiya, biofizika kabi fanlarda, ilmiy-tekshirish ishlarida va b. keng 
ishlatilishidan radioaktiv chiqindilar hosil bo‟ladi. Foydalanib bo‟lgan radioaktiv 
izotoplar, radioaktiv chiqindilar himoya choralari ko‟rilgan tegishli joylarda 
saqlanadi. Radioaktiv chiqindilar ma‟lum sharoitlarda shamollar, suvlar ta‟sirida 
atrof-muhitga tarqalib, atrof-muhit namunalarini radioaktiv ifloslantirishi mumkin. 
Yadro energetikasining jadal rivojlanishi natijasida radioaktiv chiqindilar miqdori 
ham ortib bormoqda. 
Radioaktiv chiqindilar gaz, suyuq va qattiq holda bo‟ladi. Nurlantirilgan 
yoqilg‟ini qayta ishlaydigan zavodlar biosferaning radioaktiv ifloslanishida muhim 
o‟rin tutadi. Bunday ifloslanishlar xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik natijasida, 
avariya holatlarda atrof muhitga radionuklidlarning chiqishi, tarqalishi, ish 
jarayonida sodir bo‟ladi. 
Radioaktiv chiqindilarni izotop tarkibiga va ularning paydo bo‟lish 
sharoitlariga bog‟liq ravishda uch guruhga bo‟lish mumkin: 
1. Tarkibida tabiiy radionuklidlar bo‟lgan radioaktiv chiqindilar; 
2. Tarkibida yadro bo‟linishidan hosil bo‟ladigan radioaktiv moddalar 
bo‟lgan radioaktiv chiqindilar; 
3. Tarkibida ko‟proq neytronlar ta‟sirida yuzaga keladigan radionuklidlar 
bo‟lgan radioaktiv chiqindilar. 
Ekologiya va gigiena muammolarida asosiy radiatsion xavf nurlangan tvellar 
qayta ishlanadigan zavodlarning radioaktiv chiqindisidir. Bunday qayta ishlashda 
tvellarda saqlanib qolgan yadro yoqolg‟isi bo‟lgan uranni yoki yangi hosil bo‟lgan 
Pu
239
chiqarib olinadi. Aktivligi yuqori bo‟lgan radioaktiv chiqindilar tuzlarning 
quyuqlashgan eritmalardan iborat bo‟ladi. Bunday chiqindilar barcha tirik 
organizmlar uchun xavfli bo‟lib, ularning tarkibida sianid, mishyak, qo‟rg‟oshin, 
simob kabi zaharli moddalar mavjud bo‟ladi. Qazib olingan uran rudalari tarkibida 
uran oilasiga kiradigan 
218
Po, Pb
214
, Bi
214
, Po
214
, Pb
210
, Po
210
radionuklidlar ham 
bo‟ladi. Uran rudalarini qazib olish sharoitida ssintillyatsiyaning yaxshi yo‟lga 
qo‟yilmaganligi havoda radioaktiv gaz radon va aerosol zarralarning to‟planishiga 


olib keladi. Bunday hol ishchilarning sog‟lig‟iga radiatsion xavf tug‟diradi. 
Tarkibida radon bo‟lsa, havodan nafas olinganda nafas yo‟llarining nurlanishi 
asosan radon yemirilishidan hosil bo‟ladigan radionuklidlardan bo‟ladi. 
Uran rudalarini qazib olishdagi radioaktiv chiqindilarga rudalar joylashgan 
yerdagi suvlar kiradi. Bu suvlarda uran katta miqdorda bo‟lib, 0,3 mg/l dan 10 mg/l 
gacha bo‟ladi. bu suvlarning biogenez zonasiga chiqishi turlicha bo‟lib, sutkasiga 
2000 m
3
dir. Yadroviy reaktorlar ishlashi jarayonida atmosferaga doimiy ravishda 
Ar
41
radioaktiv gazi chiqariladi. Kr
41
gazi havoni sovutib turgan argonning turg‟un 
izotopining aktivlashishi natijasida hosil bo‟ladi. 
Reaktorlarni sovutish uchun suvdan foydalaniladi. Bu suv reaktor ishi 
jarayonida aktivlashadi, ya‟ni suv ham radioaktiv bo‟lib qoladi. Suvda neytron 
aktivlashtirishidan hosil bo‟ladigan izotoplar to‟planmasligi uchun, suvni qattiq 
zarralardan tozalab turiladi.
Reaktorda suyuq chiqindilar (suv) bilan birga tarkibida Xe
138
, Kr
88
izotoplari 
bo‟lgan gaz holatidagi chiqindilar ham hosil bo‟ladi. 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin