𝛼
Bu formulada
𝛼 -rekombinatsiya koeffitsienti bo‟lib,
kameradagi gazning
xususiyatiga, kameradagi harakat va bosimga bog‟liq. Havoda 10
-7
dan 10
-10
sm
3
/s
teng bo‟lishi mumkin. Biroz vaqt o‟tishi bilan kameradagi gazda hosil bo‟layotgan
va rekombinatsiya bo‟layotgan ionlar jufti orasida dinamik muvozanat yuzaga
keladi, ya‟ni:
𝛼
Elektrodlarga kuchlanish berilmagan vaqtda kamera elektr zanjirida
ionizatsion tok nolga teng bo‟ladi, elektronlar va musbat ionlar elektrodlarga
tomon harakatlanmaydi. Elektrodlarga kuchlanish berilganda
elektronlar va musbat
ionlar elektrodlar orasidagi elektr maydon ta‟sirida tegishli elektrodlarga tomon
harakatlanadi va elektrodlarda neytrallashadi. Elektronlar va musbat ionlarning
bunday harakati kamera zanjirida elektr tokini hosil qiladi,
bu tokning kattaligi
vaqt birligi ichida kamera elektrodida neytrallashgan ionlar jufti bilan aniqlanadi.
Kamera elektrodlarida kuchlanishning orttirilishi ionlarning harakatining o‟rtacha
tezligini oshiradi. Bunda rekombinatsiyalashadigan ionlar juftining soni kamayadi.
Bu vaqtda elektrodlarga borib yetadigan va unda neytrallshadigan ionlar soni
ortadi. Kamera zanjirida hosil bo‟layotgan ionizatsion tokning ham kattaligi
oshadi. Ionizatsion galvanometer yordamida o‟lchanadi. Ionizatsion tok kameraga
ta‟sir etayotgan nurlanishning dozasiga proporsional bo‟ladi.
Ionizatsion tok
kamera elektrodlariga berilayotgan kuchlanishga ham bog‟liq, bu bog‟liqlik 2-
rasmda ko‟rsatilgan. Rasmdagi egri chiziq ionizatsion tokning voltamper
harakteristikasi deyiladi.
Kuchlanish U=0 dan U=U
1
gacha o‟zgarganda (I-soha) tok kuchi
kuchlanishga to‟g‟ri proporsional bo‟ladi. bunda OM qonuni bajariladi.
Kuchlanish
dan
gacha o‟zgarganda tok kuchi va kuchlanish
orasidagi proporsionallik buziladi (II-soha). Rekombinatsiya
jarayoni ehtimoliyati
kamayadi.
bo‟lganda rekombinatsiya jarayoni to‟xtaydi va hosil bo‟lgan
elektron va musbat ionlar hammasi tegishli elektrodlarga borib yetadi.
Kuchlanishning keying
dan
gacha o‟zgarishlarida ionizatsion tok
kattaligi o‟zgarmaydi (III-soha). Bunday holatda xosil bo‟lgan kuchlanishning
qiymati to‟yinish kuchlanishi deyiladi, III-soha to‟yinish sohasi deb aytiladi.
Ionizatsion kameralarda shu sohadan foydalaniladi. Kuchlanish
dan boshlab
yana oshirilganda elektrodlar orasidagi elektr maydonda harakatlanayotgan
elektronlarning energiyasi ortib ketib, ular endi o‟zlari gazning neyrtral atomlari va
molekulalari bilan to‟qnashib ularni ionlashtiradi (IV-soha). IV-soha udarna
ionizatsion soha deyiladi. Ionizatsion kameralarda bu sohadan foydalanilmaydi.
Radioaktiv nurlanishlar dozasi o‟lchanganda uchinchi (III)
soha jarayonida hosil
bo‟lgan tok kattaligi galvonometr yordamida o‟lchanib, tok kattaligiga qarab
nurlanish dozasi aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: