Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi, tezlashtiruvchi texnika



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/50
tarix18.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#116100
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   50
54baf52fc97007b313abf5d9abaa5d06 « DOZIMETRIYANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI VA AMALIY TATBIG‟I » FANIDAN O„QUV-USLUBIY M A J M U A

Dozimetrlar. 
Ionlashtiruvchi nurlanishlarning nurlanish maydonida bo‟lgan turli 
namunalarga beradigan energiyasini o‟lchaydigan asboblar dozimetrik asboblarga 
kiradi. Dozimetrik asboblar nurlanishning moddada yutilgan dozasini, doza 
quvvatini, ekspozitsion dozani, gamma va rengen nurlanishi dozasi quvvatini, 
intensivligini va boshqa dozimetrik kattaliklarni o‟lchashga mo‟ljallangan. Bunday 
kattaliklar 
nurlanish 
maydoni, 
nurlanish 
manbai 
yoki 
ionlashtiruvchi 
nurlanishlarning modda bilan o‟zaro ta‟sirlashish jarayonlarini xarakterlaydi.
Ionlashtiruvchi nurlanishlarning ekspozitsion dozasini yoki doza quvvatini 
o‟lchaydigan asboblar dozimetrlar deyiladi. Dozimetrlar ikki asosiy qismdan 
iborat: ionizatsion kamera va o‟lchash qurilmasi. 
Ionizatsion kamera yopiq metall yoki plastmass idish bo‟lib, toza quruq havo 
bilan (yoki argon, vodorod va b. gazlar bilan) normal atmosfera bosimida yoki 
undan pastroq bosimda to‟ldirilgan. 
Kameraga ikkita elektrod joylashtirilgan (ko‟pincha ikkinchi elektrod 
vazifasini 
korpus 
bajaradi), 
elektrodlarga 
doimiy 
kuchlanish 
beriladi. 
Dozimetrning ishlashi vaqtida ionlashtiruvchi nurlanishlar kameraga to‟ldirilgan 
gazni ionlashtiradi. 
Dozimetrlar ikki guruhga bo‟linadi:
1. Nurlanish ta‟sirida ionizatsion kamerada hosil bo‟lgan zaryad o‟lchanadi. 
Bunday dozimetrlar kondensatorli dozimetrlar deyiladi, bunda o‟lchov 
asbobi sifatida elektrometrdan foydalaniladi. Elektrometr shkalasi 
ekspozitsion doza birligida darajalangan bo‟ladi.
2. Nurlanish ta‟sirida ionizatsion kamerada hosil bo‟lgan ionizatsion elektr 
toki o‟lchanadi. Bunday dozimetrlar elektron-lampali bo‟ladi, 
o‟lchaydigan elektrometr shkalasi ekspozitsion doza quvvati birligida 
darajalangan bo‟ladi. 
Agar nurlanishning ta‟siri har ikki xil dozimetrda bir xil ta‟sir vaqtida bir 
vaqtda o‟lchansa, har ikki dozimetrda ham nurlanish dozasini va doza quvvatini 
o‟lchash mumkin. 
Kondensatorli dozimetr tuzilishi 1-rasmda ko‟rsatilgan. Ishchi hajmi V 
bo‟lgan K-kameraga sezgir elektrometr-E ulangan, elektrod-Э joylashtirilgan. 
O‟lchashdan oldin elektrod elektrometr bilan birga o‟zgarmas tok manbaidan 
𝜑1 
potensialgacha zaryadlanadi. Bu vaqtda elektrod va elektrometrda q
1
=C
𝜑

zaryad 
hosil bo‟ladi, bunda C elektrodning elektrometr bilan birgalikdagi sig‟imi. So‟ng 


kamera nurlanayotgan obyektga (namuna) qo‟yiladi. Kameradagi gazga ta‟sir 
qilgan nurlanish ta‟sirida hosil bo‟lgan ionlarning zaryadi elektrod zaryadiga 
qarama-qarshi ishorali bo‟lganlari elektrodga tortiladi va elektrod zaryadini qisman 
neytrallaydi. Bunda elektroddagi zaryad q
2
gacha kamayadi, bunda elektrometr 
potensiali ham 
𝜑
2
gacha pasayadi. 
𝜑
𝜑
potensiallar farqi orqali nurlanish 
ta‟sirida kamerada hosil bo‟lgan zaryad aniqlanadi: 
𝜑
𝜑
zaryadga to‟g‟ri keladigan ekspozitsion doza quyidagicha hisoblanadi: 
𝜑
𝜑
𝜑
𝜑
Bu formulada 
-proporsionallik koeffitsienti bo‟lib, asbobni (shkalani) 
darajalashda aniqlanadi. Shunday qilib, ekspozitsion doza o‟lchash boshida va 
oxirida elektrometr ko‟rsatishlari farqi orqali aniqlanadi. Ionizatsion kamera hajmi 
ikkilamchi elektronlarning chopish uzunligiga to‟g‟ri keladigan bo‟lishi kerak, 
bunday hol kamera ichidagi gazning to‟liq ionlashishiga imkon beradi. 
Bunday dozimetrlar orqali 
𝛾-nurlanuvchi izotoplar aktivligini ham o‟lchash 
mumkin.
Kondensatorli dozimetrlar juda sezgir va aniq natijalar beradi. Lekin kvars 
tolali elektrometrlarning ishlatilishi mikroskop orqali kuzatishni talab qiladi. 
Shuning uchun ba‟zan dozimetrlarda elektrometr elektron-lampali qurilmalar bilan 
almashtiriladi. Bu dozimetrlarni ishlatish qulay, lekin aniqligi pastroq. 
Laboratoriya 
sharoitida 
ionlashtiruvchi 
nurlanish 
bilan 
ishlaydigan 
kishilarning xavfsizligini nazorat qilishda ishlatiladigan KID-1 dozimetrini ko‟rib 
chiqaylik. KUD-1 dozimetr laboratoriya sharoitida rentgen va gamma nurlarning 
katta bo‟lmagan dozalarini o‟lchashga mo‟ljallangan. Bunday dozimetr (2-rasm) 
20 yoki 50 ionizatsion kameralar to‟plamidan (2 b-rasm) va o‟lchash pultidan 
iborat. Har bir kamera avtoruchkaga o‟xshash bo‟lib, ishchilar ish vaqtida uni 
ko‟krak kistasida olib yuradi (3-rasm). Kamera 0,02-0,2 rentgen (2-elektrod) va 
0,2-2 rentgen (3-elektrod) diapozonlarda o‟lchanadi. 2 va 3 elektrodlar bir 
korpusga joylashtirilgan bo‟lib, korpus-1 elektr o‟tkazuvchi plastmassadan 
yasalgan. Har bir elektrod kamera korpusining o‟ziga tegishli qismi bilan silindrik 
kondensator vazifasini bajaradi. Kamera qopqoq (4) bilan yopiladi. Kameraning bir 
uchiga zajim-5 (ushlagich) qo‟yilgan.
Kamera ichiga havo to‟ldirilgan, kamera devorlari bakelit yoki pleksiglaz va 
b. moddalardan yasalgan. Kamera ichidagi havoni ionlashtirishdan hosil bo‟lgan 
va kamera devorlari moddasida yutilgan elektronlar nurlanish ta‟sirida kamera 
devorida hosil bo‟lgan hamda kamera ichkarisiga tushgan elektronlar bilan 
kompensatsiyalanadi. Shunday qilib kameradagi gazning to‟liq ionlashishiga 
sharoit tug‟iladi. Kichik hajmli bunga o‟xshash kameralar naperstkoviy kameralar 


deyiladi. O‟lchash pulti (2 a-rasm) elektr zanjiriga ulangan bo‟lib, zaryadnik va 
o‟lchaydigan qismlardan iborat. Zaryadnik qismi doimiy kuchlanishiga ulangan
doimiy kuchlanish elektr tarmog‟iga ulangan stabilizatordan olinadi. Bu 
kuchlanishdan ish kuni boshlanishida dozimetrik kamera elektrodlari zaryadlanadi. 
Buning uchun kamera qopqog‟i ochilgan holda (pultda 2 a-rasm) chap tomondagi 
gnezdoga-3 joylashtiriladi. Ish kunining oxirida kamerada o‟lchangan dozani 
aniqlashda, ya‟ni ishchi olgan dozani aniqlashda kamera elektrodlaridagi 
kuchlanish o‟lchanadi va ish kuni boshlanishida kamerani zaryadlashdagi 
kuchlanish bilan taqqoslanadi, bundagi farq orqali ishchi olgan doza aniqlanadi. 
Buning uchun avtoruchka shaklida bo‟lgan kameralar qopqog‟i ochiq holda navbat 
bilan oxirgi uchi bilan pultning I gnezdosiga qo‟yiladi. O‟lchov asbobi – G ning 
shkalasiga qarab doza aniqlanadi. Ish kuni boshida avtoruchka shaklidagi kamera 
3-gnezdoga elektrodlarini zaryadlashga qo‟yiladi. Ish kuni oxirida I – gnezdoga 
kamera olgan dozani o‟lchash uchun qo‟yiladi. Olingan doza shkaladan ko‟riladi.
Dozimetrning tuzilishi kamerada hosil bo‟lgan ionizatsion tokni o‟lchashga 
asoslangan. Kameradagi elektrodlar orasidagi kuchlanish (elektr maydoni) 
yetarlicha yuqori bo‟lishi kerak. Kameradagi tok kuchi faqat nurlanish ta‟sirida 
kamera ichida vaqt birligida hosil bo‟lgan ionlar soniga bog‟liq. Bunda tok kuchi 
kameraga ta‟sir etgan nurlanishning doza quvvatiga proporsional bo‟ladi. Odatda 
but ok kuchi juda kichik bo‟lib, uni o‟lchash ham qiyinchilik tug‟diradi. Shu 
sababli bunday asboblarda ionizatsion kamera elektrodlari elektr zanjiriga 
yetarlicha katta qarshilikka ega bo‟lgan resistor ulanadi, bunda kuchlanish tushishi 
kuchaytirgichning kirishiga beriladi, kuchaytirgichning chiqish zanjiriga 
o‟lchaydigan asbob-G ulanadi. 
Yadroviy nurlanishlar bilan ishlaydigan ishchi-xodimlarning xavfsizligini 
ta‟minlash maqsadida individual dozimetrlar ishlab chiqilgan. Quyida bunday 
dozimetrlarning ayrimlari qarab chiqiladi. 
Dozimetrik asboblar orasida kishilar olgan nurlanish dozasini o‟lchaydigan 
individual dozimetrlar keng ishlatiladi. Individual dozimetrlarda bir korpusda 
detektor, sanash qurilmasi va doza kattaligi indikatsiyasi ulangan. Detektor 
ma‟lum elementlar bilan nurlanish ta‟sir etadigan joyga qo‟yiladi. O‟lchash 
qurilmasi, indikatsiya bloki, zaryadkalar detektordan tashqarida. Bunday 
detektorning afzalligi, bu istalgan vaqtda dozani dozimetr egasining o‟zi nazorat 
qilishidir. Ikkinchi afzalligi olib yuriladigan dozimetr og‟irligining kichikligi. 
Individual dozimetrlar olib yurishga kishi tomonidan ishlatilishga mo‟ljallangan. 
Bunday dozimetr ko‟rinishi 1-rasmda keltirilgan. Kishi hayoti to‟g‟ri ishlaydigan 
ishonchli dozimetrga bog‟liq bo‟lishi mumkin. 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin