Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi, tezlashtiruvchi texnika


Doza quvvatini o‟lchaydigan asboblar



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/50
tarix18.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#116100
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   50
54baf52fc97007b313abf5d9abaa5d06 « DOZIMETRIYANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI VA AMALIY TATBIG‟I » FANIDAN O„QUV-USLUBIY M A J M U A

Doza quvvatini o‟lchaydigan asboblar. 


Nurlanish manbai atrofidagi dozimetrik maydonni o‟lchaydi, nurlanish 
dozasining quvvatini (ekspozitsion, yutilgan, ekvivalent), shaxslarning radiatsion 
xavfsizligini ta‟minlashda tashqi nurlanishning guruh va individual dozasini 
baholaydi. Doza quvvatini aniqlashda asboblar orasida yadroviy nurlanishlar (
𝛼, 𝛽, 
𝛾-nurlanishlar, neytronlar) oqimi hosil qilgan doza quvvatini aniqlaydigan va shaxs 
o‟zi bilan olib yurishi mumkin bo‟lgan dozimetrlar keng tarqalgan. Doza quvvatini 
o‟lchaydigan detektorlar doza quvvati kattaligini haqidagi ma‟lumotni biror xil 
signalga (masalan, elektr toki) aylantirib berishi kerak. Yadroviy nurlanishlarni 
o‟lchashda energiya diapazoni bir kilovoltdan bir necha o‟n mega elektron 
voltgacha, neytronlar uchun-issiq neytronlardan tez neytronlargacha o‟nlab 
megaelektron voltgacha gamma va rentgen nurlari uchun sifat koeffitsienti bu 
energiya oralig‟ida doimiy bo‟lsa, neytronlar uchun uch martagacha o‟zgaradi. 
Bu esa ekvivalent doza quvvatini o‟lchashni qiyinlashtiradi. Lekin hozirgi 
vaqtda yadroviy asboblar ishlab chiqarish sanoatida doza quvvatini o‟lchash uchun 
kichik gabaritli va og‟irligi 2-3 kg dan oshmaydigan dozimetrlar ishlab 
chiqarilmoqda. Shaxslarning radiatsion xavfsizligini ta‟minlash uchun gamma va 
rentgen nurlarining ekspozitsion doza quvvatini o‟lchash uchun 10
-2
mkr/s dan 10
3
mkr/s va 10
-9
Vt/s dan 10
-5
Vt/s gacha bo‟lgan oraliqda doza quvvatini 
o‟lchaydigan, ekvivalent doza quvvatini esa 10
-1
-10
3
mkber/sek oraliqda 
o‟lchaydigan dozimetrlar keng tarqalgan. 
12-Ma‟ruza. (2 soat) 
Mavzu: Dozimetrlar ularning turlari. Ishlash prinsipi. 
Reja: 
1. 
Dozimetrlar, ularning tuzilishi, ishlash asosi. 
2. 
Dozimetrlarning qo‟llanilish sohalari. 
3. 
Individual dozimetrlar. 
Dozimetriyada ishlatiladigan asboblar ionlashtiruvchi nurlanishlarning 
energiyasini, aktivligini, yutilgan dozani, doza quvvatini, ekspozitsion dozani kabi 
kattaliklarni o‟lchashga mo‟ljallangan. 
Ionlashtiruvchi nurlanish maydonidagi namunaga beriladigan energiyani 
o‟lchash biologik namunalarga va boshqa turli moddalarga radiatsiya ta‟sirini 
aniqlash bilan bog‟liq. 
Dozimetrik asboblarga quyidagi kattaliklarni o‟lchaydigan asboblar kiradi: 
yutilgan, ekvivalent, ekspozitsion dozalarni aniqlaydigan, doza quvvati, nurlanish 
energiyasi, energiya o‟tkazilishi, energiya oqimi, nurlanish intensivligi va b. 
Ekspozitsion dozani va doza quvvatini aniqlaydigan asboblar nurlanishning 
moddaga bergan energiyasini o‟lchashda ishlatiladi. Umuman hamma dozimetrik 


asboblar energiya kattaliklarini o‟lchaydi. Dozimetrik asboblar schyotchiklar
chiqishida ionlashtiruvchi nurlanishning schyotchik ishchi hajmida yo‟qotilgan 
energiya hosil qilgan ionizatsion tokni yoki elektr zaryadini o‟lchashga asoslangan. 
Schyotchik chiqishida ma‟lum vaqt oralig‟ida hosil bo‟lgan yig‟indi zaryad 
kattaligiga qarab nurlanishning dozasi, energiyasi to‟g‟risida ma‟lumot olish kerak. 
Agar schyotchik chiqishida hosil bo‟lgan ionizatsion tok kattaligi o‟lchanganda 
nurlanishning doza quvvatiga mos keladigan intensivligini, energetik kattaliklarni 
aniqlash mumkin. Quyida 
𝛼, 𝛽, 𝛾 ionlashtiruvchi nurlanishlarni o‟lchaydigan 
asboblar ko‟rib chiqiladi. 
Nurlanishlarni qayd qiladigan sistema detektor va o‟lchash appaturalaridan 
iborat. Detektorning ishlash prinsipining asosi – ionlashtiruvchi nurlanishlarning 
moddaga ta‟siridir. Detektor qayd qiluvchi qurilmaning asosiy qismi hisoblanadi. 
Detektor o‟lchanayotgan ionlashtiruvchi nurlanishlar to‟g‟risidagi ma‟lumotlarni 
energiyasini, turini, oqim zichligini va b. qayd qilish uchun qulay bo‟lgan boshqa 
turdagi energiyaga aylantirib beradi. Masalan, elektr signallariga aylantirib beradi. 
Detektorda nurlanishlarning modda bilan o‟zaro ta‟sir jarayoni ketadi. 
O‟lchaydigan apparatura detektor chiqishida hosil bo‟lgan signalni qabul qiladi va 
o‟lchaydi. Gaz to‟ldirilgan detektorlarga signal zaryadlangan zarralarning moddani 
ionlashtirishi natijasida hosil bo‟ladi.
𝛼, 𝛽 va 𝛾-nurlarni o‟lchashda integral va differinsial metodlardan 
foydalaniladi. Integral metodda nurlanishning detektorga ma‟lum vaqtda ta‟sir 
qilishidan hosil bo‟lgan yig‟indi effekti o‟lchanadi (ionizatsion kamera 
plastinkalarida to‟plangan elektr zaryadi va b.). differinsial metodda alohida 
zarralar qayd qilinadi (ionizatsion kameralar, schyotchiklarda elektr impulslari
fotoplastinkalarda va Vilson kamerasida zarralar izlari). 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin