Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi, tezlashtiruvchi texnika



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/50
tarix18.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#116100
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   50
54baf52fc97007b313abf5d9abaa5d06 « DOZIMETRIYANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI VA AMALIY TATBIG‟I » FANIDAN O„QUV-USLUBIY M A J M U A

3. Foto elektron kuchaytirgich. 
Fotoelektron 
kuchaytirgichlar 
(FEK)- 
elektrovakuum 
asboblardir. 
Fotoelektron kuchaytirgich yordamida kuchsiz chaqnashlarni ham qayd qilish 
mumkin. FEK ning asosiy qismini fotokatod, dinodlar tizimini va anod tashkil 
qiladi. Fotokatod, dinodlar va anod shishadan yasalgan vakuum kolbaga 
joylashgan bo‟ladi. 
Yorug‟lik fotolari fotoeffekt natijasida FEKning katodidan elektronlar urib 
chiqaradi. Hosil bo‟lgan elektronlar dastlab birinchi, keyin ikkinchi va h.k. 
dinodlardan elektronlarni urib chiqargandan so‟ng bir necha marotaba kuchaygan 
elektronlar oqimi anodga kelib tushadi va anod tokini hosil qiladi. FEK larda 
murakkab fotokatod ishlatilib, uning toza metallardan farqi shundaki, 
yorug‟likning ko‟rinish sohasida juda yuqori sezgirlik qobiliyatiga ega. Xuddi 
shuningdek ultrabinafsha va infraqizil soha ham. Fotokatodlar odatda yarim 
yarqiroq ko‟rinishda tayyorlanadi. Fotokatodlar effektivligi odatda conversion 
effektivligi, integral effektivligi yoki spectral sezgirligi bilan baholanadi.
FEK ning asosiy tavsiflaridan biri bo‟lib, uning kuchaytirish koeffitsienti 
hisoblanadi. FEk ning kuchaytirish koeffitsienti quyidagi formula orqali hisoblab 
topiladi: 



Bu yerda 
-anod yig‟indi sezgirligi, 𝜑-fotokatod yig‟indi sezgirligi. va 𝜑 
larning o‟lchav birligi 

Bir dinoddan ikkinchi dinodga elektronlar oqimining fokuslanishi 
dinodlarning shakliga, dinodlarga beriluvchi kuchlanishlar farqiga bog‟liq. Oddiy 
FEK larda anod toki 10
-9
A atrofida bo‟ladi. Anoda hosil bo‟luvchi tokning qiymati 
yorug‟lik chaqnashining intensivligiga proporsional bo‟lib, chaqnash vaqtiga 
teskari proporsionaldir. 
FEK ning turg‟unligi unga qo‟yilgan talablardan biri hisoblanib, uning 
kuchaytirish koeffitsientiga bog‟liq. Kuchaytirish koeffitsienti esa ichki va tashqi 
effektlarga bog‟liq. Yuqori kuchlanish orqali FEK ga tok berilganda kuchaytirish 
koeffitsienti bir necha marotaba ortadi va asta sekin maksimumga erishib keyin 
yana dastlabki holatga qaytadi.kuchaytirish koeffitsienti ko‟pgina tashqi 
effektlarga bog‟liq bo‟lib, ular temperatura, kuchlanish va magnit maydonlaridir. 
Magnit maydoni fotokuchaytirgichlarda ionlarning diodlarga fokuslanishiga 
xalaqit 
beradi. 
Xuddi 
shuningdek, 
yerning 
magnit 
maydoni 
ham 
fotokuchaytirgichning ishlash jarayoniga katta ta‟sir ko‟rsatadi. Shuning uchun 
ham fotokuchaytirgichlar ekranlanadi. 
Bir dinoddan ikkinchi dinodga elektronlar oqimining fokuslanishi 
dinodlarning shakliga, dinodlarga beriluvchi kuchlanishlar farqiga bog‟liq. Oddiy 
FEK larda anod toki 10
-9
A atrofida bo‟ladi. anoda hosil bo‟luvchi tokning qiymati 
yorug‟lik chaqnashining intensivligiga proporsional bo‟lib, chaqnash vaqtiga 
teskari proporsionaldir. 
FEK ning turg‟unligi unga qo‟yilgan talablardan biri hisoblanib, uning 
kuchaytirish koeffitsientiga bog‟liq. Kuchaytirish koeffitsienti esa ichki va tashqi 
effektlarga bog‟liq. Yuqori kuchlanish orqali FEK gat ok berilganda kuchaytirish 
koeffitsienti bir necha marotaba ortadi va asta sekin maksimumga erishib keyin 
yana dastlabki holatga qaytadi. 
Kuchaytirish koeffitsienti ko‟pgina tashqi effektlarga bog‟liq bo‟lib, ular 
temperatura, 
kuchlanish 
va 
magnit 
maydonlaridir. 
Magnit 
maydoni 
fotokuchaytirgichlarda ionlarning diodlarga fokuslanishiga xalaqit beradi. Xuddi 
shuningdek, yerning magnit maydoni ham fotokuchaytirgichning ishlash 
jarayoniga katta ta‟sir ko‟rsatadi. Shuning uchun ham fotokuchaytirgichlar 
ekranlanadi. 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin