Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi, tezlashtiruvchi texnika



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/50
tarix18.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#116100
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50
54baf52fc97007b313abf5d9abaa5d06 « DOZIMETRIYANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI VA AMALIY TATBIG‟I » FANIDAN O„QUV-USLUBIY M A J M U A

11-Ma‟ruza. (2 soat) 
Mavzu: Shaxsiy himoyalanish vositalari. Dozimetrlar. 
Reja: 
1. 
Shaxsiy himoyalanish vositalari 
2. 
Dozimetrlar, ularning tuzilishi, ishlash asosi. 
3. 
Dozimetrlarning qo‟llanilish sohalari. 
4. 
Individual dozimetrlar. 
1. 
Shaxsiy himoyalanish vositalari. 
Ionlashtiruvchi nurlanishlar – rentgen nurlari, gamma nurlar, 
𝛼-, 𝛽- zarralar, 
neytronlar oqimi o‟tuvchan ionlashtiruvchi nurlanishlardir. Radioaktiv moddalar 
bilan ishlaydigan shaxslar o‟zlarining radiatsion xavfsizliklarini ta‟minlash uchun 
(ionlashtiruvchi nurlanishlardan himoyalanishda) ma‟lum qoidalarga rioya 
qilishlari zarur:
1. 
Kishilarning badan terisi unga radioaktiv modda tushishi natijasida 
radioaktiv ifloslanishi mumkin. teriga radioaktiv modda tushmasligi uchun 
badanning barcha qismini – tana, qo‟l, bo‟yin yuz, oyoqlarni germetik mahkamlash 
(yopadigan kiyim kiyish) zarur. Yuz terisini tabelnimi vositalar va nafas olish 
organlarini oddiy vositalari bilan himoya qilish zarur.
Badanning boshqa qismi terisini ionlashtiruvchi nurlanishlardan himoyalanish 
maqsadida maxsus ishlab chiqarilgan kiyimlar bilan yopish, mahkamlash kerak. 
Lekin, badanni to‟liq ravishda kiyim bilan yopib bo‟lmaydi. Ko‟krakni yopish 
uchun qalin materialdan maxsus tayyorlangan ko‟krak qopqog‟i (klapani) 
ishlatiladi. Bo‟yin va boshning ochiq joylarini germetik yopish uchun qalin sherst 
yoki paxta ipidan tayyorlangan kapyushondan foydalaniladi. Teriga radioaktiv 
modda tushganda uni dezaktivatsiya qilish kerak. Buning uchun yuvadigan 
moddalarning suvlari erishmasi bilan yoki suv bilan yuvish zarur. Burunga, 
og‟izga, quloqqa radioaktiv modda tushganda tezda suv bilan yoki margansovkali 
suv bilan yuvish kerak. 
2. 
Nafas organlarini radioaktiv moddalardan himoya qilishda turli 
respiratorlardan foydalaniladi. Masalan, P-2, P-2D, “Лепесток”, “Астра” kabi 
respiratorlar ishlatiladi. Respiratorlar bo‟lmagan taqdirda protivogaz yoki 
materialdan tayyorlangan PTM-1 tipidagi maskalardan foydalaniladi. 
3. 
Radioaktiv modda bilan ishlaganda qo‟lga maxsus perchatka kiyish 
zarur. Radioaktiv moddalarni ushlaganda uzun dastali maxsus ushlagichlardan 
(qisqichlardan) foydalanish zarur. Ishni tez bajarish lozim. Iloji boricha radioaktiv 
moddalardan uzoqlikda turib ish bajarish kerak.
4. 
Gamma va rentgen nurlanishlardan himoyalanishda bu nurlarni kuchli 
yutadigan zichligi katta bo‟lgan chugun, po‟lat, qo‟rg‟oshin, baritoviy g‟isht, 


qo‟rg‟oshin shisha kabi materiallardan yasalgan to‟siqlar ishlatiladi. Neytronlardan 
himoyalanishda esa suv, beton kabi atom nomeri kichik bo‟lgan moddalardan 
foydalaniladi. Neytron modda yadrolari elastik to‟qnashganda o‟z energiyasini 
tezda yo‟qotadi. To‟siqlar radioaktiv modda va ishchi orasida bo‟lgan belgilangan 
masofaga qo‟yiladi. 
Amaliy maqsadlarda moddaning yutish qobiliyati nurlanishning yarim 
yutilish qatlami d
1/2
ni belgilaydi. Yarim yutilish qatlami shunday qalinlikki, bunda 
tushayotgan 
𝛾-nurlanish intensivligi ikki marta kamayadi. To‟siqlar radioaktiv 
modda va ishchi orasida bo‟lgan belgilangan masofaga qo‟yiladi. 
Amaliy maqsadlarda moddaning yutish qobiliyati nurlanishning yarim 
yutilish qatlami d
1/2
ni belgilaydi. Yarim yutilish qatlami shunday qalinlikki, bunda 
tushqyotgan gamma-nurlanish intensivligi ikki marta kamayadi. To‟siqlar 
tayyorlashda yarim yutilish qalinligi Buger qonuni asosida quyidagicha 
hisoblanadi. 
Bundan
Bu formulada 
-tushayotgan nurlanishning dastlabki intensivligi;
-
-qalinlikdan o‟tgan nurlanish intensivligi; 
-moddaning yutish koeffitsienti. Yutish koeffitsienti-
moddaning 
xususiyatiga, tushayotgan nurlanish energiyasiga bog‟liq. 
Yarim yutilish qatlami qalinligi kattaligi ham tushayotgan nurlanish 
energiyasiga bog‟liq. 
Energiyasi 0,7 va 2,5 MeV oraliqda bo‟lgan nurlanish fotonlari uchun yarim 
yutilish qalinligi ba‟zi moddalar uchun quyidagi jadvalda keltirilgan sm larda
1-jadval 
Modda
Yarim yutilish qalinligi – d
1/2
0,7 MeV uchun 
Yarim yutilish qalinligi 
d
1/2
2,7 MeV uchun 
Havo 
Suv 
Yer 
Beton 
Po‟lat 
Qo‟rg‟oshin 
70 
8,8 


1,3 
0,66 

23 
14 
10 
2,8 
1,8 
Jadvaldagi ma‟lumotlardan ionlashtiruvchi nurlanishlardan himoyalanish 
to‟siqlari tayyorlashda foydalaniladi. 
5. 
Radioaktiv modda kishi organizmi ichiga tushgan hollarda (ayniqsa 
bolalar) iodli kaliy (иодистый калий) tabletkasini ichish zarur. Iodli kaliy 


radioaktiv iodning qalqonsimon bezga tushishini keskin kamaytiradi (50-100 
martagacha) va organizmdan chiqishini tezlashtiradi. 
Iodli profilaktika radioaktiv iod bilan ichki nurlanishni kamaytirishda juda 
effektiv va oddiy usul hisoblanadi. 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin