Individual
dozani
o‟lchaydigan
dozimetrlar
dastlabki
radiatsion
jarohatlanishda diagnostika uchun kishilar olgan nurlanishni individual nazorat
qilishga mo‟ljallangan. UD-11 dozimetrlar to‟plamiga 500 ta dozani o‟lchaydigan
UD-11 dozimetrlar, UY-o‟lchash
qurilmasi, ikkita ta‟minlash kabeli kiradi
(o‟zgaruvchan tok manbaiga ulanadigan kabel va doimiy tok olinadigan
akkumulyatorga ulangan kabel). Dozimetrlar to‟plami massasi 36 kg. Individual
dozani o‟lchaydigan UD-11 dozimetr gamma nurlanish va gamma-neytron aralash
nurlanishning yutilgan dozasini 10 raddan to 1500 radgacha bo‟lgan oraliqda
o‟lchaydi. O‟lchashlar xatosi 15 % dan oshmaydi. Nurlanishdan so‟ng 6 soat, 14
soat o‟tgandan keyin o‟lchanganda ham xato 15 % dan oshmaydi. Har bir UD-11
dozimetrning massasi 25 g.
Nurlantirilgan dozimetr UD-11 dozani o‟lchayotgan qurilmaning ko‟rsatishini
15 % xato bilan ko‟rsatadi. UD-11 dozimetr konstruktsiyasi dozimetr korpusi,
shisha plastinkani ushlagichdan (detektor ushlaydi) iborat. Ushlagichda
dozimetrning to‟plamidagi tartib raqami va individual o‟lchagichning tartib raqami
yozilgan bo‟ladi. UD-11 dozimetr korpusida radioaktiv moddalar bilan ishlaydigan
kishilar dozimetrni kistasiga maxkamlab qo‟yishi uchun
petle shaklidagi shnur
bo‟ladi. UD-11 individual dozimetrning tuzilishi 4- rasmda ko‟rsatilgan. O‟lcham
qurilmasining ko‟rinishi 4 a-rasmda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: