Daromad darajasi o'rtacha mamlakat 1995 yilda aholi jon boshiga yillik yalpi milliy mahsulot (YMM) miqdori 765 dollardan 9386 dollargacha bo'lgan mamlakat. Bu mamlakatlarda yashash darajasi daromad darajasi past mamlakatlardagiga nibatan yuqori va odamlar aksariyat tovarlar va xizmatlardan foydalanishlari mumkin, ammo bir vaqtning o'zida ko'pgina odamlar o'zlarining asosiy ehtiyojlarini qondira olmaydilar. Hozirgi vaqtda aholisi 1 milliondan ortiq bo'lgan davlatlarning 67 tasi daromad darajasi o'rtacha mamlakatlar qatoriga kiradi. Bu davlatlardagi umumiy aholi 1,5 milliarddan ortiqdir.
Demografiya Mamlakat, qit'a, Yer aholisi sonini statistik tadqiqoti; aholi soni, zichligi, tarqalishi va o'sish dinamikasi.
Diareya Oshqozon-ichak yo'lini zararlovchi kasallik. Bu kasallikka yo'liqqanlar - odatda past va o'rtacha daromadli mamlakatlardagi bolalar, organizmning suvsizlanishi natijasida vafot etishi mumkin. Ko'pincha kasallik ifloslangan oziq-ovqat mahsulotlari va faecal coliforms bakteriyalari bilan ifloslangan suvni iste'mol qilish natijasida paydo bo'ladi.
Din Shaxsiy va ijtimoiy e'tiqod; ikkita asosiy xususiyatga ega: insoniyatning oxirati to'g'risida xavotirlanish hamda inson imkoniyatlari va Yerdagi kuchlardan tashqari notabiiy juda qudratli kuchlar mavjudligiga ishonish. Hozirgi vaqtda turli murakkab ijtimoiy tuzilmalar, jumladan, diniy tashkilotlar mavjud. Sayyoramizda bir nechta dunyoviy dinlar bor: buddizm, yahudiylik, xristianlik, islom.
Ekologik zarar Tabiiy ekosistemaning o'zgarish jarayoni bo'lib, u sistemaning yomonlashuviga va o'zining dastlabki holatini saqlay olmasligiga olib keladi. Ekologik zarar ko'pincha inson faoliyati natijasida ro'y beradi.
Ekologik iz Aholini, xususan, shaharlar, viloyatlar va mamlakatlarni hayotini ta'minlash uchun zarur yer maydoni yoki suv yuzasi.
Ekosistema (ekotizim) Bir-birlari bilan hamda jonsiz muhitni tashkil qiluvchi kimyoviy va fizikaviy omillar (masalan, suv, havo va boshqa elementlar) bilan o'zaro ta'sirlashuvchi o'simliklar va hayvonlar turkumi.