Iqtisodiy globallashuv (iqtisodiyotni globallashuvi) Mamlakatlar iqtisodiyotini global iqtisodiyot bilan chambarchas bog'lanishi (bir-biriga bog'liqligi) jarayoni.
Iqtisodiy rivojlanish Resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish yoki tabiiy, ishlab chiqarish va inson kapitalini kamroq sarflab, ko'proq miqdor tovarlar yaratish va xizmatlar ko'rsatish.
Jamoat transporti Ko'pchilik (jamoat) foydalanadigan transport. Masalan, avtobuslar, tramvaylar, trolleybuslar, metro va poyezdlar.
Jismoniy tarbiya Rasmiy o'quv dasturining qismi bo'lib, komanda yoki yakka tartibdagi sport mashg'ulotlari, jismoniy tayyorgarlik va jismoniy mashqlarning boshqa turlari orqali o'quvchilar sog'lig'ini mustahkamlash va koordinatsiyani rivojlantirishga yo'naltirilgan.
Joriy baho Joriy baho o'quv jarayoni bilan bog'liq baholashning uzluksiz shakllariga kiradi. U rasmiy xususiyatga ega emas va talabalar o'z tajribalarining kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlashida yordam berishga mo'ljallangan. Yakuniy bahoga qarang.
Kanserogenlar Yomon sifatli shish(rak)ni paydo bo'lishiga yoki rivojlanishiga sabab bo'luvchi kimyoviy moddalar, ionlantiruvchi radiatsiya yoki viruslar.
Kapital Tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar uchun zarur mablag' yoki vositalar, insoniy kapital va moddiy kapital ga qarang.
Katalitik konverter Avtomashina dvigatelining tutun chiqarish tizimiga o'rnatiluvchi qurilma (yoki ba'zi turlari sanoat korxonalarining tutun chiqarish trubalariga o'rnatiladigan qurilmalar), transport vositalarini yoki sanoat korxonalarini ekspluatatsiya qilish vaqtida atmosferaga chiqariladigan zararli ajratmalar miqdorini kamaytirish xususiyatiga ega.
Kontratsepsiya Xohlanmagan homiladorlikni oldini olish; kontratsepsiya tug'ilishni kamaytirish yoki oilani rejalashtirish bilan ham bog'liq. Hozirgi vaqtda kontratsepsiya vositalari ko'plab rivojlangan mamlakatlarda va yanada ko'proq rivojlanayotgan mamlakatlarda qo'llanilmoqda.