Atrof muhitning ifloslanishi va global ekologik muammolar


partiyasining o‘rni ekologik muammolarni echimini izlashda deyarli bilinmayapti



Yüklə 72 Kb.
səhifə4/5
tarix05.12.2023
ölçüsü72 Kb.
#173233
1   2   3   4   5
Atrof muhitning ifloslanishi va global ekologik muammolar-fayllar.org (1)


partiyasining o‘rni ekologik muammolarni echimini izlashda deyarli bilinmayapti. 
Viloyatlarda ijtimoiy muammolar hal qilinmaganligi, ya’ni ko‘plab qishloqlarda
gaz yo‘qligi sababli daraxtlarni, saksovullarni kesish avj olmoqda. Ammo ularni 
kesayotgan aholi kelajakda o‘zini yashashini ta’minlash uchun o‘rniga hech
bo‘lmaganda bitta daraxtni ekishni o‘ylamaydi. Zero, har bir qishloqdagi xonadon 
o‘zini qishda o‘tin bilan ta’minlash uchun tomorqasining bir qismida terak etishtirsa,
atrofdagi manzarali, mevali daraxtlarning kesilishini oldi olingan bo‘lar edi. Yana bir 
masala Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarga bo‘lgan munosabat. Ruhshunoslar
hayvonlarga nisbatan bolalikdan vahshiyona munosabat kelajakda ularning jinoyatchi 
bo‘lib etishishlariga zamin yaratishini allaqachon isbotlashgan. Diniy tomondan olib
qaralganda ham hayvon va o‘simliklarga vahshiyona munosabat islomda qoralanadi. 
Alloh taolo Qur’oni karimda er yuzidagi barcha narsalarga, jumladan, hayvonot
dunyosiga qanday munosabatda bo‘lish lozimligini mufassal bayon qilib bergan. 
Ko‘pgina oyatlar musulmonlarga Alloh taoloning hayvonot olamini yaratish maqsadini
tushuntirib beradi. Ularni hayvonot dunyosini muhofaza qilishga va o‘rganishga da’vat 
qiladi. Qur’oni karim hayvonot dunyosidan inson qanday foyda olishi mumkinligini,
jonzotlarni qay tarzda tarbiya qilish kerakligini uqtiradi; arzimas tuyulgan, oddiy 
jonivorlarda uchraydigan ilohiy qudratni ko‘rish va undan ibrat olishga chaqiradi.
– Ekologik vaziyat haqida so‘z ketganda beixtiyor ekologik ong haqida o‘ylaysan 
kishi. Insoniyatning hozirgi holati kesilayotgan shoxda o‘tirib arra tortayotgan Afandini
eslatmaydimi? 


– Ekologik ong o‘z ichiga yoshlikdan tabiatga to‘g‘ri munosabatning


shakllanishida ko‘rinadi. Ya’ni tabiat biz uchun xizmat qilishi, hayvon va jonivorlar 
odamlarning hududlarida yashayotgani emas, aksincha biz ularning hududida
yashayotganligimizni his qilishni tarbiyalashdan boshlanadi. Zardushtiylik dini eng 
“ekologik” din bo‘lgan. To‘rt unsur – suv, havo, olov va tuproq tozaligini saqlash, ularni
ifloslantirish uchun esa ulkan gunoh bo‘lib, jazo muqarrar bo‘lgan. Bu muqaddas 
“Avesto” kitobining har bir bandida ko‘ringan. Yuqorida aytganimdek, Islomda ham
tabiatga vahshiyona munosabat keskin qoralanadi. Ammo oilada ekologik tarbiyaning 
berilmasligi, ta’lim muassasalarida ekologiya borasida soatlarning o‘ta kamligi, atrof-
muhitga zarar etkazish borasidagi jarimalarning pastligi, ekologik yo‘nalishdagi 
tashkilotlar faoliyatining sustligi, bu sohada korruptsiyaning keng yoyilganligi (pora
evaziga noyob qush va jonivorlarni ov qilish, daraxtlarni kesishga ruxsat berilishi), 
qat’iy ekologik siyosatni amalga oshirilmayotganligi bevosita savoldagi shoxda o‘tirib
arra tortayotgan Afandini eslatadi. 
Mutaxassislarning aytishicha, aynan zavodning faoliyati oqibatida biosfera
rezervatida turong‘il, jiyda kabi daraxtlarning qurishi kuzatilmoqda, hayvonot dunyosi 
sog‘lig‘iga zarar etkazilayotir. Biosfera rezervati shuningdek suvsizlikdan azob
chekmoqda. Ma’muriyatning aytishicha, ularda suv chiqarish uchun nasos bor, ammo 
uni ishlatish uchun 2 km.ga elektr simi tortilishi zarur, bunga esa mablag‘ etishmaydi.
Natijada suvsizlikdan noyob o‘simliklar qurib bormoqda. Balki Qoraqalpog‘iston yoki 
Xorazmdan mard homiy-tadbirkor topilib, bu muammoni echimiga yordam berar?
Bunday misollar juda ham ko‘p. Xo‘sh, kelajakda biz avlodlarga qanday O‘zbekistonni 
qoldiramiz?
– Suv muammosi alohida og‘riqli mavzu. Orol fojiasi haqida ko‘p va ho‘p gapirildi. 
Ammo bu bilan endi dengizni qaytarib bo‘lmaydi.
Mamlakatimizda 92 foiz ishlatiladigan suv hajmi qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri keladi. 
Suv ko‘p iste’mol qiladigan g‘alla, sholi va makkajo‘xori etishtirishga chuchuk suvning
27 foiz sarflanadi. Tadqiqot natijasiga ko‘ra, go‘sht ishlab chiqarishga 22 foiz, sutga 7 
foiz suv sarflanishi aniqlangan. Aynan biror mahsulotga sarflanadigan suv “virtual suv”
deb ataladi. Va suvni tejash haqida gap ketganda aynan “virtual suv”ni tejash lozim. 
Bu borada aholining bilimini xabardorligini oshirish lozim. Keling, mana bu faktlarga
nazar tashlaylik. 
Suvga oid faktlar
- Chuchuk suv zaxirasining 70-90 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarda ekinlarni 
etishtirish uchun ishlatiladi;



- Kundalik ehtiyojni qondirish uchun aholi jon boshiga kuniga 50 litr suv kerak (Dublin


tamoyillari,1992); 
-1 kg guruch etishtirish uchun 3000 l suv zarur;
- Bitta buxanka (400 gramm) nonga ketadigan unni etishtirish uchun 550 l suv kerak; 
- Rivojlangan mamlakatlarda 100 gramm mol go‘shti ishlab chiqarish uchun o‘rtacha
7000 l suv ishlatiladi; 
- Ikki yoki undan ortiq mamlakatga tegishli er osti suvlaridan tejamsiz
foydalanilayotgan 263 daryo havzasi mavjud; 
- Suv isrof qilinishi sababli Hindistondagi 25 foiz hosilning taqdiri doim xavf ostida
turadi.

– Hozirgi yoshlarda yovuzlikka moyillik, yovuzlikni yoqtirish vasvasasi kuchayib


bormoqda. Bu nihollarning sindirilishidan tortib azim chinorlarning kesilishida bir 
chumchuq bolasiga ozor etkazishdan kattakon ayiqni o‘ldirib, mazza qilishda
namoyon bo‘lmoqda. Ayting-chi, bu jarayonni qanday to‘xtatish mumkin? Dunyo 
tajribasida bunday jarayonlar qanday boshqarilgan va ularga qarshi qanday ta’sirchan
choralar ko‘rilgan? 
– Avvalo yuqorida aytganimdek, ta’lim muassasalarida ekologik darslarni ko‘paytirish
lozim.

Avvalo ekologik madaniyat oiladan boshlanishi lozim. “Qush uyasida ko‘rganini


qiladi” deganlaridek, aksariyat holatda farzandi qo‘lidagi chiqindini duch kelgan joyga 
uloqtirsa, daraxtning shoxini sindirsa, jonivorlarga ozor bersa, yonida bo‘la turib, ota
-onalari indamaydi, tanbeh bermaydi. “Bolada, bolaligiga boradi” deb, qo‘ya 
qolishadi. Ko‘chada indamay yotgan it yoki mushukni uzoqdan ko‘rishsa, “Borma
tishlaydi, tirnaydi” deb, jonivorga talpingan go‘dakda ularga nisbatan adovat hissini 
uyg‘otishadi. Aksariyat holatda farzandlarga o‘rnak bo‘lgan holda, o‘zlari qo‘lidagi
sigaret qoldig‘i, muzqaymoq qog‘ozi, ichimlik baklashkasi yoki shishasini erga, ariqqa 
tashlashadi. Bugun zudlik bilan maktabgacha ta’lim, o‘rta, o‘rta-maxsus, oliy ta’lim
tizimiga – qaysi yo‘nalish bo‘lishidan qat’iy nazar ekologiya fanlarini kiritish zarur. 
Chunki aynan ekologiya bu bugungi kun hayotimiz, kelajagimiz demakdir. To‘g‘ri o‘rta
ta’lim tizimida “Tabiatshunoslik”, “Ekologiya” fanlari bor. Ammo ularning soati 
kamligi, shuningdek mazkur fanlardan bevosita mutaxassislar dars bermasligi etarli
natijani bermayapti. Birgina O‘zbekistonda qarovsiz hayvonlarga nisbatan aholining 
munosabatini olaylik. Hayvonlarga nisbatan insonparvarlik munosabatida bo‘lish – bu
taraqqiy etgan jamiyat madaniyatining ajralmas va o‘ta muhim bo‘lgan qismidir. 


Kriminologiya, psixologiya, sud psixiatriyasi sohasidagi olimlarning o‘tkazgan


tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda 
bo‘layotgan shaxslar ko‘pincha potentsial jinoyatchilar bo‘ladilar va huquq-tartibot
organlarining jiddiy e’tiboriga loyiqdirlar. Tadqiqotlarning ko‘pchiligi shuni 
ko‘rsatadiki, manьyak-qotil 8-12 yoshdanoq shakllana boshlaydi. Agar ilgari
bolalarning hayvonlarni tahqirlashi asosan oiladagi nomaqbul vaziyat tufayli 
tarbiyadagi nuqson sifatida talqin etilgan bo‘lsa, hozirgi kunda olimlarning so‘nggi
ma’lumotlariga ko‘ra, shafqatsizlik va tajovuzkorlik uchun alohida gen javob beradi. 
Bolalik yoshida ushbu gen ma’lum bir vaziyatlarda psixopatiyaga olib kelishi mumkin.
Singapurda jamiyat bolalar tarbiyasi yuzasidan muammolarga duch kelganida 
mamlakat bosh vaziri Li Kuan Yuning o‘tkazgan islohotlari natijasida maktablarda
o‘simlik va hayvonot dunyosiga mehrni kuchaytirish borasida ekologiya darslari soni 
oshirildi. Hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan ota-onalarini ularning o‘z
farzandlari uyaltira boshlashdi. Singapurda aynan uysiz hayvonlarni himoya qilish 
borasida kampaniyalar boshlandi. Natijada o‘smirlar va bolalar amalga oshirayotgan
jinoyatlar soni keskin kamaydi. O‘zbekiston 1995-yilda “Biologik xilma-xillik 
to‘g‘risida”gi xalqaro Konventsiyaga qo‘shilgan va bu bilan o‘z hududidagi hayvonot
va o‘simlik olamini himoya qilish majburiyatini olgan. Shunday ekan, hayvonlarni 
vahshiylarcha qiradigan ana u odamsimonlarni avvalo Qizil kitobga kiritilgan, ovlanishi
taqiqlangan hayvonni ovlagani uchun, ana undan keyin hayvonlarga shafqatsizlarcha 
munosabatda bo‘lgani uchun, vahshiyligini video orqali ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib
qirilib ketish xavfi ostida bo‘lgan Himolay qo‘ng‘ir ayiqlarining bundan keyingi hayotini 
yanada xavf ostida qoldirgani uchun albatta jazolanishi shart!
Yaqinda aholi tomonidan Parlamentga muhokama uchun taklif kiritish imkonini 
beruvchi “meningfikrim” portaliga maktablarda o‘qitiladigan botanika, zoologiya,
fizika, kimyo, algebra fanlarini qisqartirib buning o‘rniga odamlarga foydasi tegadigan 
etika, ovqatlanish, jamoat transportida yurish madaniyati haqidagi fanlar kiritilishi
borasida taklif qo‘yildi. Taklif muallifining fikricha, ushbu fanlar kerakciz bo‘lib, odam 
hayoti davomida deyarli ishlatilmaydigan fanlar ekan. Mana bu bizning eng so‘nggi
nuqtamiz bo‘lsa kerak! Shuning uchun, ko‘rilayotgan choralar, shu jumladan qabul 
qilinayotgan qonunlar, tarbiyaviy usullar hayvonlarga, o‘simliklarga yoyinki butun
tabiatga nisbatan insonparvarlik madaniyatini va mas’uliyat hissini shakllanishiga 
xizmat qilishi kerak. Biz insonligimizni, Ona tabiatning ustuni emas, aksincha uning bir
bo‘lagi ekanligimizni unutmasligimiz lozim.





Xulosa 
Ushbu mustaqil ishni tayyorlash mobaynida o’zimga kerakli bo’lgan xulosalarni 
chiqarib oldim deb o’ylayman. Shu olamda yashay turib ko’plab ekologik
muammolarga e’tibor qaratmagan ekanman. Yer shari yaqin yuz yilliklarda katta 
o’zgarishlarga duch keldi va hanuz bu o’zgarishlar tugagani yo’q, aksincha kundan
kunga ko’payib bormoqda. Bularning asosiy qismini salbiy o’zgarishlar ya’ni ona 
sayyoramiz kelajagiga daxl solishi mumkin bo’gan ekologik, global muammolar tashkil
etadi. Ayniqsa hayvonot, nabotot olami bu salbiy oqibatlarning qurbonlariga 
aylanayotgani bizni tashvishga solishi lozimdir. Chunki tabiat shunday muvozanatda
yaratilganki, unda har bir jonzotning, o’simliklarning qo’yingki barcha tirik 
organizmlarning o’z vazifalari mavjud. Misoli hayot zanjirining qismlari kabidir. Inson
shu zanjirning bir qismi aslida, biroq buni anglamog’lik ayni vaqtda dolzarb masalaga 
aylanayotgani kishini tashvishga soladi. Chunki ko’plab ekologik muammolar bizning
vatanimizga ham o’z tasirini o’tkazmoqda. Orol dengzi muammosi bunga yaqqol 
namunadir. Yerlarning shoʻrlanishi, turar joylar, maʼmuriy binolar va asfaltlangan
yoʻllarga katta ziyon keltirmoqda. 1986-yilda 78 % turar joylar foydalanishga yaroqsiz 
boʻlib qolgan. Bu halokat ichimlik suvlarni ifloslantirib, aholi oʻrtasida kasallikni
kuchayishiga olib keldi. Amudaryo va Sirdaryo suvidan foydalanishda yoʻl quyilgan 
xatoliklar Orol boʻyida ekologik falokatni keltirib chiqargan. Mana shunday
muammolar bizga tahdid qilib turgan ushbu kunda butun davlat miqyosida ekologik 
muammolar yechimlariga qaratilgan tashkiliy tuzilmalar o’z faoliyatlarini yo’lga
qoymoqdalar. Mavjud komissiyalar vakolatlari kengayib, amaliy ishlar soni 
ko’payyotgani ayni xaqiqatdir. Shu o’rinda biz yoshlar ham o’z hissalarimizni
qo’shmog’imiz, ko’ngillilar safida javlon urib xizmat qilmog’imiz vatanimiz, elu-
yurtimiz oldida turgan muhim burchlarimizdan biridir. Ushbu masuliyatni chuqur
anglagan holda o’z ishlanmalarimizni taqdim etishimiz, ekologik muammolarga oson 
yechimlarni o’z izlanishlarimiz, xulosalarimizga tayangan holda topmog’imiz ayni
kundagi dolzar masaladir. Ilm - fan va texnika yutuqlarini amaliyotga joriy qilib, suv 
resurslarida unumli, oqilona, samarador foyidalanish usullarini ishlab chiqar ekanmiz
bu kabi global, ekologik muammolarning yechimi asta sekin topiladi. Qilingan amaliy 
ishlar, tajribalar, aniq hisob kitobarga asoslangan holda mahsus inshoatlar, energiya
tejamkor qurilmalar, muqobil energiya manbalarini ishlash tamoyillarini o’rganib 
amaliyotga joriy qilish bizning vazifamizdir va biz shunga qodir yosh kadirlarmiz deya
ishonch bilan ayta olamiz. Bizga faqatgina davlatimiz ko’magi va eng muhim masala 
bo’lgan salohiyatli ustozlar bilimi katta madad beradi!





Yüklə 72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin