Insoniyatning tabiatga, ekologiyaga ta’siri.
Global muammolar - umumbashariy hayot va taraqqiyot bilan bogʻliq hozirgi
zamon muammolari.Ular jumlasiga jahon termoyadro urushining oldini olish, xalqaro
terrorchilikka qarshi kurash va barcha xalqlar uchun tinchlikni taʼminlash; rivojlangan
va rivojlanayotgan mamlakatlar oʻrtasida ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyot darajasidagi
tafovutni bartaraf etish, ochlik, qashshoqlik va savodsizlikni tugatish, rivojlanayotgan
mamlakatlarda aholining tez surʼatlar bilan koʻpayayotganligini tartibga solish, atrof
muhit halokatli tarzda ifloslanib borayotganligining oldini olish; insoniyatni kerakli
resurslar — oziq-ovqat, sanoat xom ashyosi, energiya manbalari bilan taʼminlash, fan
va texnika taraqqiyoti salbiy oqibatlarga olib kelishiga yoʻl qoʻymaslik kabilar kiradi.
G.m. avvalo jahonda kechayetgan iqtisodiy, ijtimoiysiyosiy, harbiy, ilmiy-texnologik,
ijtimoiy-madaniy jarayonlarning umumbashariy ahamiyat kasb etishi natijasida
yuzaga keldi.
G.m.larni 4 guruxga ajratish mumkin:
1) xalqaro siyosiy munosabatlarda vujudga kelgan G.m. — jahonda rivojlangan,
rivojlanib kelayotgan va qoloq mamlakatlarning mavjudligi. Hoz. kunda jahon siyosiy
tartibotini belgilashda dunyodagi 7 rivojlangan mamlakatning mavqei katta. Bu
mamlakatlar bilan qoloq mamlakatlar orasidagi tafovut gʻoyat kuchaydi. Taraqqiy
qilgan mamlakatlarda demokratik qadriyatlar rivojlangan boʻlsa, qoloq
mamlakatlarda avtoritarizm, demokratiyaga zid boʻlgan ijtimoiy munosabatlar avj
oldi, xalqaro xavfsizlikka qarshi tahdidlar paydo boʻldi. Buni terrorchilik, ekstremizm
koʻrinishlari vujudga kelganligi tasdiqlaydi;
2) xalqaro iqtisodiy munosabatlarda paydo bulga n G.m. — jahon xoʻjalik tizimi
vujudga kelib, unda asosan iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar ustunligi qaror topdi.
Iqtisodiyoti haddan tashqari rivojlangan mamlakatlar, transnatsional korporatsiyalar
jahon iqtisodiyotini boshqarayotgan bir paytda, ikkinchi tomonda ularga karam,
iqtisodiyoti juda ham past darajadagi mamlakatlar mavjuddir. Jahonda iqtisodiy va
ilmiy-texnikaviy taraqqiyot yutuqlariga qaramasdan boy va kambagal mamlakatlar
oʻrtasidagi farq oʻsib bormoqsa. 20-asr oxirida rivojlangan mamlakatlar jahon yalpi
milliy mahsulotining 86%ini ishlab chiqargan boʻlsa, kambagʻal davlatlar atigi 1%ni
ishlab chiqardi. Ayrim mamlakatlar rivojlangan davlatlardan juda katta miqdorda
qarzga botdi. Natijada ular siyosiy jihatdan mustaqil boʻlsada, iqtisodiy jihatdan
rivojlangan mamlakatlarga qaramdir. Jahon iqti-sodiy munosabatlaridagi globalla-
shuvning salbiy oqibatlari ham mavjud. Mas, milliy bozorni siqib qoʻyadi, ishsizlikni,
fermerlarning sinishini kuchaytiradi. Bu globalla-shuvga qarshi harakatni keltirib
chiqardi — Yevropaning bir necha shaharlarida norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi.
Global iqtisodiy jarayonlar jahon miqyosida harakat qiluvchi moliyaviyiqtisodiy jinoyat
guruhlarini vujudga keltirdi;
3) ijtimoiy sohada vujudga kelgan G.m. — jahon aholisi muttasil koʻpayib borishi
natijasida Osiyo va Afrika mamlakatlarida oziq-ovqat, ichimlik suv tanqisligi kuchayib,
bu hol boshqa mamlakatlarda ham kuzatilayotgani, jahon aholisining muayyan qismi
ocharchilikni boshdan kechirayotgani, savodsiz ekanligi, axborot-texnologiya va
umuman fan-texnika inqilobi samaralaridan bahramand emasligi, butun insoniyatga
xavf tugʻdiruvchi kasalliklar (mas, OITS) tez tarqalayotganligi shunday muammolar
sirasiga kiradi;
4) inson va tabiat oʻrtasidagi muno s a batl arning buzilishi natijasida vujudga
kelgan G.m. — ular katoriga dengiz va suv havzalarining bulgʻanishi, oʻrmon
maydonlarining tobora qisqarishi, atmosfera ozon qatlamining yoʻqolib borishi kabilar
kiradi. Xatarli kimyoviy moddalarning haddan tashqari koʻp ishlatilishi natijasida
q.x.da ekin ekiladigan yerlarning katta qismi yaroqsiz holatga kelish xavfi kuchaydi.
Sobiq SSSRda q.x. sohasida texnokratik siyosat yuritilishi oqibatida Orol dengizi suvi
kamayib, gʻoyat mushkul ekologik muammolarni keltirib chiqardi. G.m.ga qarshi
kurashda jahon hamjamiyatini birlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti I. Karimov oʻz asarlarida, turli xalqaro anjumanlarda soʻzlagan
nutqlarida Markaziy Osiyoda G.m.ning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish
yoʻllarini koʻrsatib berdi, bu muammolarni hal qilish xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni
taʼminlashning muhim sharti ekanligiga jahon jamoatchiligi eʼtiborini karatdi.
Insonning faoliyat ko’lami shu darajada shiddat bilan kengayib bormoqdaki, uning
ongi-tafakkuri va qo’li yetmagan tabiatni biror sohasi qolmadi. Ayni paytda insonni
tabiatga faol ta’siri o’zini aks ta’sirini ham namoyon etmoqdaki, bu ta’sirlar natijasida
tabiiy ofatlar va inson sog’ligi turmush tarziga boshqa salbiy ta’sirlar ko’lami ham
kengayib bormoqda.
Ana shu haqiqat mantig’idan kelib chiqadigan bo’lsak ba’zi olimlar yoki
mutaxassislarning tabiat predmetlarini ijtimoiy yoki noijtimoiy turkumlarga ajratishi
asossiz ekanligi yaqqol ko’zga tashlanadi. Zero,tabiatning aynan bir ob’ekti odamlar
faoliyatida, ijtimoiy taraqqiyotda qo’llanish darajasi yoki qo’llanmasligiga qarab
ijtimoiy yoki noijtimoiy bo’lishi mumkin. Har qanday tabiat predmeti odamlar maqsadi
uchun ular faoliyatining vositasi sifatida xizmat qilsa, u albatta jamiyat faoliyatining
shart-sharoiti bo’lib hisoblanadi. Masalan yer bag’rida mavjud bo’lgan qazilma
boyliklari o’z-o’zidan odamlar hayoti uchun tabiiy shart-sharoit bo’la olmaydi. Inson
uning o’z faoliyatiga tadbiq etib qo’llasa, u ijtimoiy sifatlarga ega bo’ladi, ya’ni inson
faoliyatining mahsuliga aylanadi. Bugungi kunda insonning ana shu faoliyati
umumbashariy mazmunga ega bo’lib, ekologik munosabatlarni globallashuvi va global
ekologik ta’sirga sabab bo’lmoqda.
Global muammoning vujudga kelishi esa insonning asl mohiyati bilan yashash
tarzi o’rtasidagi masofa kun sayin kengaya borayotganligi va inson faoliyati uning
qudrati beqiyos darajada ulkan geologik kuch sifatida yer kurrasida namoyon
bo’lmoqda. Haqiqatda ham kishilik jamiyati hozirgi kunda shunday ishlab chiqarish
kuchlari yaratganki, bu kuch yordamida tabiat bag’ridan millionlab tonna ruda, neft,
ko’mir singari tabiiy qazilmalarni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish, qayta ishlash va
xalq xo’jaligining turli sohalarida qo’llash qudratiga ega. Bu tabiiy zahiralarning
ko’pchiligi tiklanmaydi va ular to’lig’icha tugash oldida turganligi hech kimga sir emas.
Agar bu tabiiy zahirani ishlatish shu yo’sinda davom etsa, oradan 40 yil o’tar-o’tmas
neft zahirasi to’lig’icha tugashi hisob-kitob qilingan. Ammo mavjud vaziyatni
o’zgartirish yengil kechmaydi. Chunki hozirgi kunda mavjud texnologik jarayon
dastgoh va mashinalarning 50 foizi neftni yokilg’i sifatida qo’llash hisobiga ishlaydi.
SHuni alohida ta’kidlash zarurki, insonning tabiatga ta’sir etishi natijasida
jamiyat bilan tabiat o’zaro munosabatlarining uyg’unlashuvi buzildi. Insoniyat
taraqqiyotining hozirgi bosqichida jamiyat bilan tabiatning o’zaro munosabati
barchaning e’tiborini o’ziga ko’proq jalb etmoqda.
Inson tabiatning bir qismi, demak odamlarning o’zlari, ularning o’zaro
munosabatlari hamda atrof-muhitning bir qismi sifatida ekologik muammoni yuzaga
keltirdi. Bu muammo tabiiy muhit bilan bir qatorda ijtimoiy muhitda yuz bergan salbiy
o’zgarishlar tufayli paydo bo’ldi. Ijtimoiy muhitning holatiga ta’sir etuvchi ko’plab
omillar mavjud. Ijtimoiy muhitning holatiga qarab, ularni ijobiy va salbiy ta’sir etuvchi
omillarga bo’lish mumkin. Me’yorida yaratilgan ijtimoiy muhit jamiyatning har bir
a’zosiga ijobiy ta’sir etadigan, uning xavfsizligini ta’minlaydigan va har bir shaxsni
barkamolligiga ko’maklashadigan barqaror ma’naviy-ruhiy iqlimdir. Salbiy ta’sir
etuvchi omillar kishilar kayfiyati va ruhiyatini yomonlashuvi va organizmning turli xil
kasallanishining paydo bo’lishiga qulay muhit yaratadi. Salbiy ekologik omillar inson
salomatligiga va uning tadrijiy rivojlanishiga aks ta’sir etadi. Ijtimoiy muhitning
yomonlashuvi ijtimoiy o’zgarishlar, shuningdek hamma narsada tabiat ustidan
hukmronlik qilish maqsadiga qaratilganligi, insonning o’zini ikkinchi o’ringa tushurib
qo’ydi. Oqibatda inson faoliyati jilovdan chiqdi va umumbashariy faloqatni keltirib
chiqardi. Bu ijtimoiy muhit mikrodarajada ham, makrodarajada ham ayniganligining
oqibatidir. Inson sihat-salomatligi davlat mulkidir. Aholining salomatligi tabiiy hamda
ijtimoiy muhitning holatiga bog’liq. Bugungi kunda yalpi yadro urushi xavfi nisbatan
kamaygan bo’lsada, ekologik biogenetik buzilishlar havfi hamon taxlikali holatda
saklanib qolmoqtsa. Keyingi yillarda «sovuq urushga asta-sekin chek qo’yish
imkoniyati reallashib bormoqda, biroq atrof-muhitni muhofaza qilish muammosi
birinchi o’ringa chiqmoqda. Ikkinchi tomondan tabiatga antropogen, antrotexnogen,
antropotogenetik, antropolitik va boshqa «sun’iy» ta’sir yo’nalishlarining kompleks
xarakteri turli mintaqalardagi iqtisodiy-siyosiy, demografik-etnografik vaziyatlarning
keskinlashuvi, inson-tabiat» munosabatlarini murakkablashtirib yubormoqda.
Oqibatda aholi salomatligi yomonlashib, kasallanish hollari ko’payib bormoqda.
Tadqiqotchilarning fikriga qaraganda aholi salomatligining 50 foizi turmush tarziga,
qolgan foizi atrof-muhitga va odamning irsiyati hamda sog’liqni saqlash tizimiga
bog’liqdir. Demak insonning o’zini o’rab turgan borliqqa ongli munosabati avvalo
uning bilimi saviyasi hamda dunyoqarashiga bevosita bog’liq. Ana shu bois
mintaqamizdagi ekologik holatni yaxshilash uchun davlat va xalqaro tashkilotlar
tomonidan ko’rilayotgan chora-tadbirlar bilan bir qatorda eng avvalo kishilarda
yuksak darajada ekologik dunyoqarashni shakllantirish, har bir ishga ekologik
yondashuvni, ekologik madaniyatni tarbiyalash, ilmiy jihatdan asoslangan ekologik
ongni har bir fuqaroda kamol toptirish zarur. Ana shu maqsadda mamlakatda amalga
oshirilayotgan ekologik siyosat ekologik dunyoqarash asosini shakllantirishga
qaratilgan.
Ayni paytda ekologik dunyoqarashning shakllantirishni, qonuniy asoslari
huquqiy me’yori omillari ham muntazam takomillashtirib borilmoqda. Jumladan,
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida «Fuqarolar tabiiy atrof-muhitga
ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar» (50-modda). «Er, yer osti
boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar
umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat
muhofazasidadir» (100-modda) kabi moddalar aynan shaxsda ekologik
dunyoqarashni huquqiy zaminlarini mustahkamlashga yo’naltirilganligi bilan
xarakterlanadi.
Bundan tashqari 1992 yil 9 dekabrdagi «Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida»gi,
1993 yil 6 maydagi «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida», 1996 yil 26 dekabrda
«O’zbekiston respublikasi atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida»gi, 2013 yil
27 dekabrdagi “Ekologik nazorat to’g’risida”gi Qonunlar shaxsda huquqiy ekologik
bilimni boyitishi asosida ularda ekologik dunyoqarashni huquqiy asoslarini, tabiiy
resurslarni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlarni
tartibga soladigan yuridik me’yorlar majmuasidir. Demak shu yuridik me’yorlar
jamiyatda bugun o’z aksini topmog’i lozim. Binobarin dunyodagi barcha
tsivilizatsiyalashgan davlatlarda «ekologik munosabatlarning globallashuvi jarayoni
xalqaro hamkorlikni ham sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tardi. Ekologik
muammolarga barcha mamlakatlar o’zining ichki va tashqi siyosatining muhim
muammolari yechimi tarzida qaramoqdalar.
Chunki ekologik siyosat globallashuvi intefatsiyasi asosida barcha davlatlar
ekologik manfaatlarining umumiyligi yotadi. SHu o’rinda ta’kidlash kerakki, ekologik
siyosatni shakllantirish zaruriyati, bir tomondan halqaro miqyosda ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlar globallashuvi nafaqat ekologik faoliyatining umumiy rivojlanish
jarayonlariga aloqador, balki jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida muhim
e’tiborga molik.
Xalqaro ekologik siyosat globallashuvi bilan boshqa ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlar
o’rtasida uzviy aloqadorlik mavjud bo’lib, ular dastlab muayyan milliy davlatlar
hududlarida, keyinchalik davlatlararo miqyosda integratsional xarakter kasb etadi.
SHu nuqtai nazardan Markaziy Osiyodagi suveren davlatlar ekologik siyosatidagi
globallashuvni ularning xalqaro va davlatlararo munosabatlarining dastlabki
bosqichlari deyish mumkin.
Global ekologik munosabatlar sharoitida tabiatni muhofaza qilish ishida xalqaro
hamkorlik zarur. CHunonchi, tabiiy sharoiti xilma-xil bo’lgan katta mamlakatlarning
kuchi bilan tabiatni muhofaza qilish masalasi har doim ham hal qilib bo’lmaydi.
Tevarak-atrofdagi tabiatni muhofaza qilishi masalalariga xilma-xil milliy va
olamshumul muammolar kiradi. Masalan, ko’chib yuradigan hayvonlar, qushlar,
baliqlar va dengiz hayvonlari, davlat chegaralarini tan olmaydi. Bunday hayvonlarni
qo’riqlash muammolari yoki tevarak -atrofdagi muhitni saqlashning umumiy
masalalari hukumatlar o’rtasidagi bitim va xalqaro bitimlar darajasida hal qilinadi.
Bizningcha, hozirgi vaqtda dunyoda tabiatni muhofaza qilish sohasida hamkorlikning
ikki asosiy shakli tarkib topdi:
tevarak-atrofdagi muhitni muhofaza qilish va tabiiy zahiralardan oqilona
foydalanish masalalari bo’yicha ikki tomonlama konventsiyalar;
tabiatni muhofaza qilish bo’yicha xalqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish.
Tabiiy muhitning hozirgi muammolariga oid birinchi xalqaro konferentsiya
biosferadan ratsional foydalanish va zahiralarni muhofaza qilishning ilmiy asoslari
bo’yicha ekspertlarning hukumatlararo konferentsiyasi dunyo tabiiy zaxiralaridan
foydalanish va ularni muhofaza qilish ishida katta voqea bo’lgan. Bu konferentsiya
YUNESKO binosida ochilib, 1968 yil 4 sentyabrdan 16 sentyabrga qadar davom etgan.
Bu konferentsiya juda vakolatli edi: uning ishida YUNESKO a’zolari bo’lgan 63
mamlakatdan 238 ta delegat va BMT ga a’zo mamlakatlarning 6 ta va boshqa xalqaro
tashkilotlardan 88 ta vakil qatnashgan.
Konferentsiyada SHvetsiya, Frantsiya, GFR, Vengriya, AQSH delegatlari ayniqsa
mufassal ma’ruzalar qilgan. Konferentsiya, butun biosfera miqyosida tabiatni
muhofaza qilishning barcha muhim masalalarini ko’rib chiqqan.
Tabiatni muhofaza qilishda 1948 yil YUNESKO va YUNEPO xalqaro biologik
dastur yordamida tabiat va tabiiy zaxiralarni qo’riqlash to’g’risida ittifoqni tuzilganligi
muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Bu ittifoq dunyodagi ko’pchilik davlatlarning vakillari-
muassasa va jamoat tashkilotlarini o’z ichiga oladi. 120 dan ortiq xalqaro tashkilotga
mamlakatlardan 350 ga yaqin milliy tashkilot va ko’plab xalqaro tashkilotlar kiradi. Bu
tashkilotning shtab kvartirasi SHveytsariyadagi Jeneva ko’li sohiliga joylashgan. Bu
xalqaro tashkilotning eng katta ishlaridan biri noyob «Qizil kitob»ning
yaratilganligidadir
[4]
. Uning assambleyalarida yer sharining konkret mintaqalari
(masalan, Afrika va O’zbekiston)da bo’lgan hayvon, o’simliklarni muhofazalash bilan
bog’lik bo’lgan ko’pgina masalalar muhokama etilib aniq vazifalar ijrosi belgilanib
olinadi.
Ekologik siyosatning milliy davlat chegaralaridan tashqariga chiqishi, ularning
globallashuvi boshqa sotsial-iqtisodiy aloqalarda ham muhim rol o’ynaydi. SHunga
ko’ra, atrof-muhit muhofazasini tartibga solib turish bo’yicha milliy dasturlarni
xalqaro miqyosda muvofiqlashtirish zarurati: birinchidan, alohida davlatlar miqyosida
tashkil qilingan ekologik tadbirlar jahon miqyosida tabiatni muhofaza qilish sohasida
olib borilayotgan ishlarning tarkibiy qismi bo’lishi lozim. Ikkinchidan, mazkur tadbirlar
samaradorligi turli mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy va siyosiy qarama-qarshiliklarni
bartaraf qilish imkoniyati tarzida qaralishi kerak. Uchinchidan, ekologik siyosiy
munosabatlar globallashuvi ob’ektiv shart-sharoitlar va sub’ektiv omillar uygunligini
talab etadi.
Xalqaro miqyosda ekologik siyosat globallashuvining kengayishi va
chuqurlashuvi, o’z navbatida, milliy taraqqiyot xususiyatlariga differentsial
yondashgan holda, davlat ekologik faoliyatini koordinatsiyalashni ham taqozo qiladi.
Turli mamlakatlarning suvereniteti va ekologik manfaatlari xalqaro ijtimoiy-iqtisodiy
aloqalar globallashuvi uchun zamin yaratadi.
Ikkinchidan, har qanday davlatda ekologik vaziyatning sog’lomlashuvi o’zining
ijobiy tomonlari bilan boshqa davlatlar ekologiyasini yaxshilash uchun kulay shart-
sharoit hisoblanadi.
Davlatlar ekologik siyosatining globaplashuvi millatlararo umumiylikning
chukurlashuvi va kengayishida, xalqaro tashkilotlar o’rtasida ijtimoiy-iqtisodiy
aloqalarning mustahkamlanishida namoyon bo’ladi. Eng muhimi, ekologik siyosatning
globallashuvi davlatlararo ijtimoiy- iqtisodiy aloqalar xarakteri bilan belgilanib,
«inson- jamiyat -tabiat» tizimidagi faoliyat doirasini ham kengaygiradi. Faylasuf olim
E.Usmonov ekologik siyosat globallashuvining hozirgi bosqichi bir qancha o’ziga xos
qonuniyatlarga ega ekanligini quyidagicha izohlaydi:
Birinchidan, bu jarayonlarning hududiy ta’sir doirasi sezilarli tarzda oshmoqda.
Ekologik manfaatlar globallashuvi davlatlarning geografik joylashishi ijtimoiy-iqtisodiy
yuksalish
darajasidan
qat’iy
nazar,
mamlakatlar
ekologik
siyosatining
integratsiyalashuvini talab qiladi; tabiatni asrash borasida barcha davlatlar va
xalqlarning demokratlashuv imkoniyatlari doirasini kengaytiradi.
Ikkinchndan,
ekologik
siyosatning
globallashuv
darajasi
va
miqyosi
kommunikatsiyalar, infratuzilmalar va intellektual salohiyatning kengligi hisobiga o’sib
boradi. Fan-texnika inqilobining yangi bosqichi jahon hamjamiyati ijtimoiy-iqtisodiy
hayotida ekologiyaga qiziqishni kuchaytiradi.
Uchinchidan, ekologik muammolar globallashuvi xalqaro transmilliy fenomenga
aylanib borishi jarayonida alohida davlatlarning roli ortib, davlatlararo tashkilotlarda
ekologik hamkorlik tizimini qayta tuzishga olib kelmoqda. Bu esa, o’z navbatida,
mamlakatlarning tashqi ekologik aloqalarini tartibga solish monitoringi
imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
To’rtinchidan, ekologik siyosatning jahon jamoatchiligi ijtimoiy-siyosiy harakatlari
globallashuvi ta’sirida baynalminallashuvi zamonaviy sharoitlarga xos o’zgarishlarga,
xususan, xalqaro ekologik aloqalarning huquqiy asoslarini mustahkamlanishiga,
hamkorlik natijasida ekologik vaziyati noqulay mamlakatlarga majburiy-ma’muriy
ta’sir o’tkazish iqtisodiy va industrial rivojlangan mamlakatlarning o’zaro yordami
bilan almashmoqda.
Beshinchidan, jahon hamjamiyatida ekologik munosabatlarning globallashuv
zaruriyati e’tirof qilinib, bu soha xalqaro siyosatda ustuvor yo’nalishga aylandi. Hozirgi
ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy taraqqiyotga xos bo’lgan barcha murakkab qarama-
qarshiliklarga qaramasdan, ekologik munosabatning globallashuv jaryonlari barcha
xalqlar va davlatlarning manfaatlariga mos keladi.
Oltinchidan, ekologik munosabatning globallashuvi barcha davlatlar ishlab chiqarish
kuchlarining o’sishiga ijobiy ta’sir qiladi, jamiyat hayotida demokratik jarayonlarni
tezlashtiradi, davlatlararo va millatlararo aloqalar faollashadi. Bu esa jaxon
xalqlarining umumiy manfaat asosida yagona kuch bo’lib birlashishiga va harakat
qilishga imkon yaratadi. Mustaqil rivojlanayotgan davlatlar ijtimoiy-iqtisodiy
hamkorlik orqali nafaqat o’z suverenitetlarini mustahkamlaydi, balki ekologik
vaziyatni sog’lomlashtirishga ham imkoniyat yaratiladi. Shu jumladan, Markaziy Osiyo
davlatlarining mintaqada tabiatni muhofaza qilish bo’yicha ijtimoiy-iqtisodiy
hamkorligi yangi institutsional tizimlar yordamida amalga oshirilmoqda. Asosan, Orol
dengizi havzasini asrash va sog’lomlashtirish xujjatlarida bu tashkilotlar faoliyati
koordinatsiyasi qatiy belgilab qo’yilgan. Ayni vaqtda, mazkur kooperativ harakatlar
ekologiyaning turli yo’nalishlarini qamrab olmoqda, xalqaro tashkilotlarning umumiy
fan-texnika jamoalari, davlatlararo ekologik hamkorlikni tartibga soluvchi muassasalar
soni ortmoqda.
Yuqoridagi tahlillar asosida xulosa qilinadigan bo’lsa ekologik munosabatlarni
globallashuv tendentsiyasi, nafaqat muayyan davlat yoki mintaka aholisi turmush
tarzi, dunyoqarashi ekologik bilim saviyasi, huquqiy madaniyatida balki
umumbashariy mikyosdagi tafakkur tarzida tub sifat o’zgarishlari amalga oshirishni
talab etmoqda. SHunga ko’ra shaxsda ekologik dunyoqarashni shakllaitirishning
umumbashariy tamoyillarini bizningcha quyidagi asosiy jihatlarini ajratib ko’rsatish
mumkin:
-ekologik dunyoqarashning ob’ekti bo’lgan tabiiy va ijtimoiy muhitning
mutanosibligini ta’minlashning umumnazariy va amaliy asoslarini yaratish va xalqaro
me’yorlar darajasida takomillashtirib borish;
-«inson-tabiat-jamiyat» tizimida ekologik saviya va shaxs ekologik
qadriyatlariga munosabatlarni yaxshilab borishni tabiiy, individual va ijtimoiy
omillarini tadqiq etish;
-ekologik
siyosatning
integratsiyalashuvining
shaxs
ehtiyoji,
bilimi,
dunyoqarashiga ta’sir etuvchi komponentlarni ilmiy asoslash;
-ekologik jarayonlarni globallashuv darajasi va miqyosini texnokratik omillar
bilan aloqadorligini, uning shaxs amaliy faoliyatidagi o’rnini uzluksiz o’rganib borish;
-xar bir shaxsda ekologiyaning mahalliy (lokal) va umuminsoniy (global)
xususiyatlarini chuqur anglash malakasini hosil qilish, ularda ekologik dunyoqarashni
ilmiy asoslangan va amaliyotda qo’l keladigan ustuvor tamoyillarini mohiyatan
bilishga ehtiyojmand qilib tarbiyalash;
-global o’zgarishlar sharoitida shaxsda ekologik dunyoqarashni boyitishda milliy
va umumbashariy qadriyatlar, ajdodlar merosi hamda zamonaviy ilm-fan yutuqlari
bilan o’zaro aloqadorlikda amalga oshirish tamoyillarini ustuvorligini ta’minlash zarur.
|