Atrof muhitning yuqori haroratida mushak faoliyati


Suv muhiti va uning ifloslanishi



Yüklə 82,24 Kb.
səhifə3/7
tarix26.12.2023
ölçüsü82,24 Kb.
#198505
1   2   3   4   5   6   7
Atrof muhitning yuqori haroratida mushak faoliyati

Suv muhiti va uning ifloslanishi. Tabiatda iste'molga yaroqli suv manbalari va ulardagi suv miqdorlari chegaralangan. Bu haqda oldin ham gap borgan edi. Mavjud bo'lgan manbalari ham turli oqava va chiqit moddalar aralashishi tufayli ifloslanmoqda. Hozirgi davrda dunyo miqyosida, ichimlik suv tanqisligi muammosi yuzaga kelgani ham ko'pchilikka yaxshi ayon. Respublikamiz va umuman Markaziy Osiyo mintaqasida ham shunday muammo mavjudligini qayd etmoq kerak.
Tabiiy suv manbalarining hozirgi paytda ifloslanishi, asosan, iflos oqavalar hisobiga bo'lmoqda. Ma'lumki, iflos oqava suvlar, odatda, 2 xil yo'l bilan sodir etiladi: birinchisi, tabiiy omillar sabab. Ularga yog'in-sochinlar natijasida paydo bo'ladigan, masalan, katta miqdorda magistral yo'llar va ishlab chiqarish korxonalar hududlarida paydo bo'ladigan iflos oqavalar, hamda bahor faslida sodir bo'ladigan sel va suv toshqinlari natijasidagi iflos suvlar kiradi. Ikkinchi yo'li, bu sanoat korxonalari, xonadonlar va kommunal - maishiy xo'jaliklar faoliyati bilan yuzaga keladigan katta miqdordagi tashlandiq oqava suvlari.
Yuqorida ko'rsatilgan oqava suvlarining, ayniqsa, ikkinchi turlari tarkibida suv muhitini buzadigan, ular sifatini o'zgartiradigan turli-tuman zararli birikmalar nihoyatda ko'p bo'ladi. Ma'lum bo'lishicha, hozirgi paytda, bir kecha-kunduzda dunyo miqyosida, faqat sanoat korxonalari hisobiga, 100 mln m kub dan ortiq miqdorda iflos oqava suvlar hosil bo'lar ekan. Biosfera uchun o'ta zararli va xavfli har xil yot unsurlar, jumladan, zaharli kimyoviy moddalar va har xil turdagi og'ir metallar (radioizotoplar ham), shuningdek, ko'plab kasalliklarni keltirib chiqaradigan bakteriya - vimslarning oqavalarda bo'lishi eng katta muammolardandir.
Ta'kidlash joizki, iflos oqava suvlar ko'proq quyidagi ishlab chiqarish sohalarida sodir bo'ladi:
- rabiiy ma'danlarni qayta ishlaydigan tog' — kon sanoati, metallurgiya va
ba'zi mashinasozlik korxonalari;
- energetika (AES, issiqlik elektr stansiyalari, qozonxona va b.) shahobchalari;
-sellyuloza va qog'oz ishlab chiqarish korxonalari;
- kimyo, neft kimyosi va dori-darmon ishlab chiqarish (farmasevtika)
korxonalari;
- oziq-ovqat va biotexnologiya mahsulotlarini ishlab chiqaradigan korxonalar;
- qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi (agrosanoat) va dehqonchilik:
- kommunal xo'jalik, maishiy xizmat ko'rsatish sohalari va xonadonlarda hosil bo'ladigan oqava suvlar va boshqalar.
Ko'pchilikka ayonki, tabiiy оmillar ta'siri (vaqti — vaqti bilan turli fasllar)da paydo bo'ladigan oqavalar suv havzalariga tushsa ham, ma'lum vaqt o'tishi bilan, biologik jarayonlarning tabiatda uzluksiz bo'lib turishi natijasida. tozalanishi muqarrar. Lekin ba'zi sanoat oqava suvlarining tabiatda o'z-o'zidan tozalanishi juda qiyin. Shuning uchun bunday oqava suvlarni, o'zlari hosil bo'lgan manbalaridayoq, yaxshilab tozalanishi maqsadga muvofiq. Biroq. hozirgi davrda juda ko'p turdagi ishlab chiqarish oqavalari oxirigacha tozalanmay tashqi muhitga chiqarib tashlanadi va buning oqibatida muammolar sodir bo'lmoqda ham. Shu kungi gidrosfera bilan bog'liq kuzatilayotgan ko'plab ekologik muammolar ayniqsa, toza ichimlik suvi tanqisligi, kasalliklar ortib borishi va hokazolar fikrimiz dalilidir.
Tozalanmaydigan va mavjud suv manbalarini bulg'ayotgan iflos oqavalarga ekinzor yerlar va chorva mollari fermalari hududlaridan oqib chiqadigan suvlarni ham kiritish mumkin. Ularning tarkibida mineral o'g'it (nitrat va fosfat) lar, hamda gerbisid moddalar qoldiqlari bo'lganligi sabab, bunday suvlardan foydalangan tirik organizmlarda har xil kasalliklar kuzatilmoqda. Masalan, odamlar oshqozoni faoliyati buzilish holarini ko'rsatish mumkin.
Tarkibida uran, plutoniy, stronsiy kabi radioaktiv element izotoplari, shuningdek, qo'rg'oshin, simob va boshqa og'ir metallarni tutadigan turli xil oqavalar tirik jonzotlar uchun o'ta xavfli hisoblanadi. Ta'kidlash joizki, hozirgi paytda tabiiy suv manbalarining radioaktiv moddalar, og'ir metallar va zararli bakteriyalar bilan ifloslanishi ko'plab kuzatilmoqda. Bunday oqava suvlarning, asosan, 3 xil yo'l bilan bo'lishi aniqlangan:
- birinchisi — AES reaktorlarida ishlatib bo'lingan yadroviy yonilg'i modda
qoldiqlarining oqava suvlar tarkibiga o'tishi, shuningdek, radioaktiv chiqitlarning
yirik suv havzalari tubiga hamda yer osti qatlamlari orasiga ko'milishi tufayli;
- ikkinchi yo'li — radioaktiv izotoplar bo'lgan tabiiy ma'danlarni qazib olish
va yuvish jarayonlarida sodir bo'ladigan oqavalarning suv havzalariga kelib
qo'shilishi; Shunday holatga misol, O'zbekiston va Qirg'iziston Respublikalari
chegaraviy hududlaridagi suv manbalarining (masalan, Norin daryosining) radioaktivlik darajasi nisbatan yuqoriligi;
- uchinchisi, bu kasalxona va sihatgohlardan chiqadigan, hamda chorva mollari fermalari oqavalari, ularning pirovard natijada, suv havzalariga qo'shilib qolayotgani.
Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarish mumkin: havo va suv muhitlarining jiddiy sur'atda ifloslanib borishi negizida, asosan, turli ishlab chiqarish sohalari uchun zarur bo'lgan tabiiy manba (resurs)larni qayta ishlash jarayonlarida sodir etilayotgan ham gaz-gazsimon, ham suyuq — oqava, hamda qattiq holatdagi chiqit moddalar ta'siri yotadi. Sunday chiqitlar tufayli, nafaqat atmosfera va gidrosfera, balki litosfera va biosfera ham borgan sari ifloslanib bormoqda.

Yüklə 82,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin