Mashg‘ulotdan tashqari vaqtda badiiy adabiyotdan foydalanish Mashg‘ulotdan tashqari qulay paytda tarbiyachi «Bolajon» tachnch dasturida ko‘rsatilgan bir qancha asarlarni, ayniqsa ertaklar, uncha murakkab bo‘lmagan asarlarni, shuningdek, mantiqan osongina qismlarga bo‘lish mumkin bo‘lgan, hajmi jihatidan kattaroq ba'zi asarlarni birinchi marta o‘qib beradi. Masalan, maktabga tayyorlov guruhida S. Marshakning «O‘n ikki oy» ertagi «davomli» o‘qiladi. Bolalarga oldingi mashg‘ulotlardan tanish bo‘lgan, shuningdek, dasturga kiritilmagan asarlarni takror o‘qib berish mumkin.
Mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda tabiat haqidagi asarlarni, lirik she'rlarni o‘qish yaxshi natija beradi. Mashg‘ulotlarda emas, balki ma'lum bir sharoitda o‘qib berilgan boshqa bir asar bolalarning aql-idroki va his-tuyg‘usiga kuchliroq ta'sir ko‘rsatadi. Bunday o‘qishni nazarda tutish va kunning ikkinchi qismida har kuni “Ifodali o‘qish va suhbat” rejalashtirish mumkin. Bunda bolalar istagan ertak, hikoyalarini tarbiyachi o‘qib berishi yoki hikoya qilib berishi mumkin, yoki topishmoq, maqol va matallardan keng foydalanish mumkin. Avvalo mazmuni va tili jihatidan bolalarga tushunarli maqol va matallarni ustalik bilan tanlay olish kerak.
Maqol (nasihatomuz qisqacha xalq hikmatli so‘zi)ni bolalarga yod oldirmaslik, o‘rni kelganda bir necha marta ishlatish lozim. Maqolning ko‘chma ma'nosini tushuntirib o‘tirishning ham hojati yo‘q. Ba'zan maqolning qanchalik chiroyli va o‘rinli aytilganini ta'kidlab o‘tish kerak.
Topishmoqlardan ham keng foydalaniladi. Bunda tarbiyachilar o‘z oldilariga bolalarning iloji boricha ko‘proq topishmoqlarni eslab qolishlarini emas, balki ularning topishmoqni topish jarayonida yaxshi fikrlashlarini, har bir narsani taqqoslay olishlarini maqsad qilib qo‘ysinlar.
Bolalarda tanish asarlar haqidagi bilimlarini tarbiyachi tomonidan tashkil etilgan o‘rinlarda («Maktabga», qo‘g‘irchoq teatri) mustahkamlash mumkin. Masalan, tarbiyachn qo‘g‘irchoqlar uchun ertalik tashkil qilishni bolalarga taklif etadi. Bu ertalikda bolalar tanish ertaklarini qo‘g‘irchoqlariga so‘zlab berishadi. Bunda «Radio»," «Televizor», «Kino» o‘yinlaridan tanish ertak va hikoyalarni aytib berish keng qo‘llaniladi.
O‘rta guruhdan boshlab dramalashtirilgan o‘yinlardan foydalanish kerak. Bunday o‘ynnlar bolalar nutqida ifodalilikni tarkib toptirish, kitobga qiziqish, ijodiy qobiliyatlarni tarbiyalash vositasidir.
Katta guruhlarda ba'zi bir bayramlar uchun turli janrdagi asarlarni tanlash tavsiya etiladi: she'rlar, topishmoqlar, hikoyalar, ertaklardan olingan parchalarni, shuningdek, maqol va matallar («ertaklar kuni», bahor, kuz bayramlari, «Qushlar kuni» va boshqalar)ni tanlash tavsiya etiladi.