Atta guruhda Q. Muhammadiygaing «Etik» she'rini o‘qishda. Dastur maqsadi


O‘qilgan materialni mustahkamlash usullari



Yüklə 23,98 Kb.
səhifə2/7
tarix27.09.2023
ölçüsü23,98 Kb.
#149295
1   2   3   4   5   6   7
115236 3 amaliy

O‘qilgan materialni mustahkamlash usullari. Bolalarga o‘qilgan asarni chukurroq o‘zlashtirib olishda, eslab qolishda yordam berish uchun tarbiyachilar turli metodik usullardan: takroriy o‘qib berish, hikoya qilib berish, dramalashtirish va boshqa usullardan foydalanadilar.
Takroriy o‘qib berish. Bolalarda qiziqish uyg‘otgan kichik asarni o‘qib berilishi bilanoq yana 1—2 marta takror o‘qib berish yaxshi natija beradi. Katta asardan esa eng ahamiyatli va yorqin joylarini—ayrim parchalarni takror o‘qib berish mumkin.
Asardan takror foydalanish yaqin 2—3 hafta ichida bo‘lgani ma'qul. Agar bolalarga bir mashg‘ulotda bir necha asar (yaxshisi mavzusi jihatidan bir-biriga yaqin asarlar) o‘qib berilgan bo‘lsa, asarlardan osongina takror foydalaniladi. Bu usuldan kichik guruhlarda tez-tez foydalaniladi.
Katta guruhlarda tanlab o‘qish usuli (parchalarni, xotimalarni) ham qo‘llaniladi. Bunday o‘qish bolalarga o‘yin usuli bilan topishmoq, viktorina tarzida berilishi mumkin. (Bu parcha qaysi asardan? Bu ertak yoki hikoya nima bilan tugadi? Bu parcha hikoyadan-mi yoki ertakdan-mi? va hokazo)
Dramalashtirish va iissenirovka bolalarni badiiy asar bilan ikkinchi marta tanishtirish vositasidir. Eshitilgan asar mavzusida dramalashtirilgan o‘yinni hamma yosh guruhlarida o‘tkazish mumkin. Dra-malashtirilgan o‘yin odatdagi rollarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yindan tayyor syujeti borligi bilan farq qiladi. Bolalar o‘yinning qahramonlarini, qanday borishini oldindan biladilar. Shu bilan birga dramalashtirilgan o‘yin o‘yinligicha, ya'ni bolalar faol harakat qiladigan o‘yinligicha qolaveradi. Bunday o‘yinlar uchun dialogik shakl asosiy o‘rinda turadigan badiiy asarlar matni eng qulay material bo‘lib xizmat qiladi. Bu jihatdan xalq ertaklari juda qulaydir. Tarbiyachi badiiy asarni o‘qib yoki hikoya qilib berganidan so‘ng bolalar illyustratsiyani ko‘zdan kechiradilar, uni aytib beradilar. O‘yinni birinchi bor o‘tkazishda tarbiyachi boshqaruvchi bo‘lishi mumkin. Bolalar matnni yaxshi o‘zlashtirib olganlaridan keyin takror o‘ynashda hamma rollarni bolalarning o‘zlari o‘ynaydilar. Eng muhimi, hamma bolalarning o‘yinda ishtirok etishidir.
Stollar, stullar va qurilish materiallaridan dekoratsiya tariqasida foydalaniladi. Ko‘pchilik bog‘chalarda bunday o‘yinlar uchun afsonaviy uychalar, kartondan yasalgan daraxtlar va hokazolar bor.
Dramalashtirilgan o‘yinlarda ba'zi bir kostyum elementlaridan: qizil shapkacha, peshband, savatcha (Sh. Perroning «Qizil shapkacha» ertagi uchun), quyonning qulog‘i, tulkining dumi, bo‘ri, ayiq maskalari, chollar soqoli va hokazolardan foydalanish mumkin.
MTMda badiiy asar inssenirovkasidan foydalaniladi. Bolalar oldindan rollarni yod oladilar, repetitsiya qiladilar. Dekoratsiya, kostyum kengroq qo‘llanilib, kerakli musiqa tanlanadi. Inssenirovkalar maktabgacha yoshidagi bolalar hayotida katta o‘rin oladi. Bolalar bunday sahnani bayram kunlariga, ota-onalar majlisiga bag‘ishlab tayyorlashlari,mumkin.

Yüklə 23,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin