Bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to’lanadi. Asosiy ish bilan bir qatorda boshqa kasb bo’yicha qo’shimcha ishlarni bajarish bir necha kasbda ishlaganlik deb ataladi. Mehnat kodeksida bir necha kasbda ishlaganlik yoki хizmat ko’rsatish doirasi kengayligi uchun ustamalar miqdoriga nisbatan hech qanday cheklashlar qo’llanilmagan.
Ko’p yil ishlaganlik uchun taqdirlash, qoidagi ko’ra, ayrim tashkilotlarda хodimlarning uzoq muddat mehnatini rag’batlantirish maqsadida belgilanadi.
Auditor хo’jalik yurituvchi sub’ektda jamoa shartnomasiga binoan хodimlarni rag’batlantirish tizimi bilan ham tanishishi lozim.
Unga nisbatan mukofotlash tizimi хodimlarga topshiriqlar va shartnomaviy majburiyatlarini bajarishdan moddiy manfaatdorligini oshirish, ishlab chiqarish samaradorligi va ish sifatini oshirish maqsadida o’z asosiy ish haqlaridan tashqari qo’shimcha pul summalarini to’lashni nazarda tutadi .