Auditorlik dalillari turlari



Yüklə 112,39 Kb.
səhifə1/5
tarix25.10.2023
ölçüsü112,39 Kb.
#161279
  1   2   3   4   5
audit

Auditorlik dalillari turlari

IM81- GURUH TALABASI RAXIMJONOVA SHAHLO


Haqiqatdagi nazorat

Bu auditor tomonidan moddiy aktivlar tekshirilishi yoki sanab chiqilishidir

Tasdiq

Auditor so’roviga binoan mustaqil uchinchi tomondan yozma javob olish bo’lib unda u yoki bu ma’lumotning to’g’riligi tasdiqlanadi

Hujjatlashtirish

Yozma tasdiq

Kuzatishlar

Muayyan xatti harakatlarni baholash uchun sezgi a’zolaridan foydalanish nazarda tutiladi

Arifmetik aniqlik

Arifmetik aniqlikni tekshirish hisob-kitoblarni tanlanma tekshirish va audit qilinayotgan davr uchun mijoz ma’lumotlarini ko’chirib o’tkazishni nazarda tutadi

Analitik amallar

Analitik amallarni bajarishda taqqoslashdan foydalaniladi va o’zaro bog’liqliklar belgilanib, ular balans bilan unga ilova qilingan hisobot qay darajada haqqoniy ekanligini baholashga imkon beradi

Mijozlarni so`roqqa tutish

so`roqqa tutish natijasida mijoz auditor tomonidan berilgan savollarga yozma javob yoki og`zaki ma`lumot beradi

Qaysi audit amalini tanlash borasida qaror qabul qilar ekan, auditor ixtiyorida dalillarning yettita keng ko’lamli toifasini tanlash imkoni bo’ladi. Ularni dalillar turlari deb nomlaymiz va quyida keltirib o’tamiz.
Auditorlik dalillari turlari

1. Haqiqatdagi nazorat

Haqiqatdagi nazorat - bu auditor tomonidan moddiy aktivlar tekshirilishi yoki sanab chiqilishidir. Bunda olinadigan dalillar turi ko`pincha tovar-moddiy qimmatlikalri va naqd pullar bilan bog`liq. Lekin undan qimmatli qog`ozlarni, olingan veksellar va asosiy moddiy aktivlarni tekshirishda ham foydalanish mumkin. Audit maqsadlari uchun haqiqatdagi nazoratni (masalan, qimmatli qog`ozlar bozorida sotishga yaroqli qimmatli qog`ozlar va naqd pul mablag`lari) hujjatlarga asoslangan nazoratdan (masalan, to`langan cheklar va sotish bo`yicha hujjatlar ustidan) ajrata olish muhim ahamiyatga ega. Agar tekshirilayotgan hujjat (masalan, sotish uchun nakladnoy kabi) o`z - o`zicha hech qanday ahamiyatga ega bo`lmasa, bunday dalillar hujjatlashtirish deyiladi. Masalan, imzo qo`yilguncha chek hujjat hisoblanadi, imzo qo`yilgandan keyin u aktivga aylansa, to`langandan keyin yana hujjatga aylanadi.


Yüklə 112,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin