Auditor ― malaka sertifikati ega bo‘lgan jismoniy shaxs;
talabgor ― malaka sertifikatini olishga talabgor bo‘lgan jismoniy shaxs;
malaka imtihoni ― auditorga quyilgan talablarga talabgorning mos kelishini tekshirishga yo‘naltirilgan, malaka imtihoni komissiyasi tomonidan o‘tkaziladigan imtihon;
malaka sertifikati ― auditorning malakasini tasdiqlovchi va auditorlik tashkiloti nomidan auditorlik xizmatlari ko‘rsatish huquqini beruvchi hujjat;
xalqaro buxgalter sertifikati ― “Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA)” yoki “Sertifikatlangan qasamyod qilgan buxgalter (ASSA)” yoxud “Sertifikatlangan jamoatchi buxgalter (SRA)” sertifikati.
Auditorlik kasbiga malakaviy talablar.
Auditorlarning yuqori darajadagi kasb mahorati o’tkaziladigan auditorlik tekshiruvlar va professional xizmatlar eng yuqori darajada amalga oshirilishining garovi hisoblanadi.
Aynan mana shuning uchun ham Moliya Vazirligi tomonidan auditorlik faoliyati bilan shug’ullanishga yuqori talablar o’rnatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 14-noyabrdagi 144-son buyrug‘iga 1-ILOVA “Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi” NIZOM O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniva O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-sentabrdagi PQ-3946-son “O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq auditor malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, bekor qilish, amal qilishini uzaytirish va tugatish tartibini belgilaydi.
Auditor malaka sertifikatini olgan yilning keyingi yilidan boshlab har yili 40 soatlik malaka oshirish dasturi bo‘yicha malaka oshirish kurslarini o‘tishi shart
Auditor malaka sertifikatini olgan yilning keyingi yilidan boshlab har yili 40 soatlik malaka oshirish dasturi bo‘yicha malaka oshirish kurslarini o‘tishi shart.
Talabgor (auditor) xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lganda malaka sertifikatini olish va amal qilish muddatini uzaytirish malaka imtihonini topshirmasdan amalga oshiriladi.