4. Xalqaro audit standartlari asosida tahliliy amallarni qo’llashning o’ziga hos xususiyatlari Respublikamizda milliy auditorlik standartlarini tadbiq etishda xalqaro standartlarning qo’llanish tartibi, rivojlangan mamlakatlardagi audit tizimining tashkil etilishi va unda auditorlik dalillarni olish usullarining xususiyatlariga muhim etibor qaratishni taqozo qiladi. Chunki, auditotlik tashkilotlari korporatsiyalar, firmalar va boshqa xo’jalik yurituvchi tuzilmalarning ishlab chiqarish, moliya-ho’jalik faoliyatida muomalalarning to’g’ri amalga oshirilgani tasdiqlab, mijozlarning ularga bo’lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qililishida Halqaro
Audit Standartlari asosida auditorlik dalillarni olishdan foydalanib, auditorlik xulosasini tayyorlashi etakchi omil hisoblanadi. Shu orqali auditrolik tashkilotlari faoliyatini barqarorlashtirishga erishishga xissa qo’shish muxim axamiyat kasb etmoqda. Auditorlik dalillarga xaqida xalqaro standartlarda batafsil to’htalib o’tilgan. Auditning xalqaro standartlari – AXS (International Standarts of Auditing – ISAs) da standartlash ob’ekti sifatida V – «Auditorlik dalillar» (500-599) nomli maxsus bo’lim ajratilgan. Ushbu bo’lim 9 ta standartni o’z ichiga oladi: № 500 – «Auditorlik dalillar» (Audit Evidence) № 510 – «Birlamchi kelishuvlar – boshlang’ich qoldiqlar» (Initial Engagements Opening Balances) № 520 – Analitik amallar (Analytical Procedures) № 530 – Auditorlik tanlash (Audit Sampling) № 540 – Buxgalterlik hisobida baholanadigan qiymatlar auditi (Audit of Accounting Estimates) № 550 – Bog’liq tomonlar (Related Parties) 59 № 560 – Keyingi hodisalar (Subsequent Events) № 570 – Uzluksiz faoliyat (Going Concern) № 580 – Rahbariyatning bildirgisi (Management Representations) Ushbu standartlar auditorlik faoliyatining xalqaro amaliyotida olinadigan dalillarning etarlilik darajasini va ularni to’plashga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilaydi.
Auditning xalqaro standartlarida ta’riflanishicha: “auditorlik dalillar-bu auditorlik xulosasiga asoslanadigan va auditor tomonidan xulosani shakllantirish jarayonida olinadigan ma’lumot. Auditorlik dalillar moliyaviy asosida yotadigan dastlabki hujjatlar va hisob yozuvlari hamda boshqa manbalardan olingan tasdiqlovchi ma’lumotlardan iborat bo’ladi. Auditorlik dalillar nazorat testlari va mohiyati bo’yicha muolajalarning tegishli majmuining o’tkazilishi natijasida olinadi. Ayrim vaziyatlarda dalillar mohiyati bo’yicha to’liq olinishi mumkin.
Ularning xar biriga to’xtalib o’tsak. Nazorat testlari- bu buxgalteriya xisobi va ichki nazorat tizimlari tomonidan bajarilayotgan vazifalar yaroqli ekanligini auditorlik dalillarni olish maqsadida bajarilayotgan test sinovlari. Nazorat testlari asosida auditorilik dalillarni olishda ushbu dalillarning etarli ekanligi va muvoqligini ko’rib chiqishi lozim. Mohiyati bo’yicha muolajalar- bu moliyaviy hisobotda muhim noto’g’riliklarni aniqlash maqsadida bajariladigan test sinovlari, ular quyidagi ikki turga ajratiladi:
operatsiyalar va hisobvaraqlar qoldiqlari bo’yicha mufassal testlar;
tahliliy muolajalar Mohiyati bo’yicha muolajalar asosida auditorlik auditorlik dalillarni olishda auditor ushbu muolajalar asosida olingan auditorlik dalillarning hamda moliyaviy hisobotni tasdiqlash maqsadida nazrat testlari natijasida olingan xar qanday dalillar bilan birgalikda etarli bo’lganligini va muvofiqligini ko’rib chiqish lozim.
Etarlililk va muvofiqlik tushunchalari o’zaro bog’liq va nazorat testlari bilan bir qatorda, mohiyati bo’yicha natijasida olingan auditorlik dalillar yuzasidan qo’llaniladi. Etarlilik auditorlik dalillarning miqdoriy o’lchamini ifodalaydi; tegishlilik auditorlik dalillarning sifat o’lami, aniq belgilangan tasdiq yuzasidan relevantligi va ular ishonchligi hisoblanadi.
Odatda, auditor yakuniy emas, ko’proq, ishontiruvchan bo’lgan dalillarga tayanish lozim deb hisoblaydi v bir xil fikrni tasdiqlash uchun turli tavsifga ega bo’lgan yoki turli manbalardan auditorlik dalillarni to’playdi. Auditorning aynan nima etarli bo’lgan tegishli auditorlik degan kasbiy muloxazasiga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi:
moliyaviy hisobot darajasi bilan bir qatorda, hisobvaraqlar qoldig’i yoki operatsiyalar turkumi darajasida ham ajralmas tavakkalchilikning tavsifi va darajasiga berilgan auditorik baho;
buxgalteriya xisobi va ichki nazorat tizimlarining tavsifi hamda nazorat tavakalchiligiga baxo berish;
tekshrilayotgan moddaning muximligi;
oldingi auditlar paytida olingan tajriba;
auditorlik muolajalaririning natijalari, jumladan aniqlanishi mumkin bo’lgan tovlamachilik yoki xatolar; mavjud ma’lumotlarning manbai va ishonchliligi. Bulardan asosiysi buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimlari yuzasidan auditor auditorlik dalillarini olishi lozim bo’lgan javxalar quyidagilar:
1.Tashkil etilishi- buxgalteriya xisobi va ichki nazorat tizimlari muxim noto’g’rililiklarni oldini olish yoki aniqlash va tuzatish uchun muvofiq ravishda tashkil etilganligini bildiradi.
2.Vazifasini bajarish- tegishli davrda tizimlar samarali vazifalarini bajarishligini ifodalaydi.
Mohiyati bo’yicha muolajalar asosida dalillar olishdan kelib chiqadigan bo’lsak, moliyaviy hisobotning tasdiqlari – bu moliyaviy hisobotga kiritiladigan, bevosita yoki boshqa yo’l bilan bilan taqdim etiladigan sub’ekt raxbariyatining tasdiqlari. Ularni quyidagi turkumlarga ajratilishi mumkin: - mavjudligi: aktiv yoki majburiyat muayyan sanaga mavjud bo’ladi; - huquqlari va majburiyatlari: sub’ekt akiv yoki majburiyatga muayyan sanada egalik qiladi; - hodisa: hisobot davri davomida sub’ektga taaluqli bo’lgan operatsiya amalga oshirilgan yoki hodisa sodir etilgan; - to’liqlik: aks etilmagan aktivlar, majburiyatlar, operatsiyala yoki hodisalar hamda yoritilmagan moddalar mavjud emas; - baxolash: aktiv yoki majburiyat tegishli balans qiymati bo’yicha aks etiladi; - o’lchami: operatsiya yoki xodisa tegishli summada aks etiladi, daromad yoki xarajatlar esa tegishli davrga o’tkaziladi; - taqdim etish yoki yoritish: modda qo’llaniladigan moliyaviy hisobotni taqdim etishning kontseptual asoslariga muvofiq yoritiladi, turkumlanadi va bayon etiladi. Bundan tashqari shuni keltirib o’tish joizki, odatda auditor moliyaviy hisobotning har bir aniq belgilangan tasdiqlari bo’yicha auditorlik dalillarini oladi. Qandaydir tasdiqqa, masalan tovar moddiy zaxiralar mavjudligiga oid, taaluqli auditolik dalillar, boshqa boshqa bir tasdiqqa, baxolashga oid, auditorlik dalillar mavjud emasligini qoplay olmaydi. Mohiyati bo’yicha muolajalarning tavsifi, muddati va hajmi tasdiqlariga qarab o’zgarishi mumkin.