Autoimmun kasalliklar


Quyida ushbu patologiya uchun xavf omillarining ayrimlari keltirilgan



Yüklə 68,58 Kb.
səhifə6/7
tarix25.12.2023
ölçüsü68,58 Kb.
#196568
1   2   3   4   5   6   7
Autoimmun kasalliklar

Quyida ushbu patologiya uchun xavf omillarining ayrimlari keltirilgan:

  • Oilada astma bilan og’riydigan inson bo’lishi — ota-ona, bobo-buvida astma kasalligi bo’lganligi;

  • Oilada allergik bo’lishi — yaqin qarindoshlardan biri allergik bo’lsa;

  • Bolalarda allergiya kattalarga qaraganda ko’proq uchraydi. Ijobiy tarafi shundaki, ko’p bolalarda ulg’aygach u yo’qolib ketadi;

  • Astma bilan kasallanganlik — astmatik bemorlarda allergiya rivojlanishi ehtimoli ko’proq;

  • Quyosh nurining yetarlicha ta’sir etmasligi. Yevropa atrof-muhitni muhofaza qilish va inson salomatligi markazi olimlari hamda turli avstraliya markazlari tadqiqotchilari quyosh nurlari kam bo’lgan hududlarda yashovchi bolalarda gipersezuvchanlik ko’rsatkichi yuqori ekanligini aniqlashdi.

Eng keng tarqalgan allergenlar


Allergen — ayrim sezgir shaxslarda allergik reaktsiyaga sabab bo’ladigan modda. Ularning ba’zi bir turlari aksariyat bemorlarda reaktsiyaga sabab bo’ladi.
Hayvonlar:

  • Chang burgalari — ularning najasi;

  • Jun;

  • Mo’yna;

  • Kepak;

  • Fel d1 — mushukning yog’ va so’lagida aniqlanadigan oqsil.

Tibbiy:

  • Penitsillin;

  • Salitsilatlar — odatda aspirinda mavjud salitsil kislotasining tuzi;

  • Sulfanamidlar.

Oziq-ovqat mahsulotlariga:

  • Yong’oqlar, dukkaklilar, jo’xori, loviya, qovoq, selderey, kunjut;

  • Dengiz mahsulotlari, tuxum;

  • Sut mahsulotlari, asal.

Hasharotlar:

  • Ari, chumolilar zahari;

  • Burga, chivin, boshqa zaharli hasharotlar chaqishi.

Tashxislash


Patologiyani aniqlashning bir necha yo’li bor. Shifokor bemorga allergiyaning kelib chiqishi, qachon paydo bo’lishi, uning simptomlari haqida savollar beradi. Bundan tashqari, oilaning boshqa a’zolarida shunday holat mavjudligini so’raydi.

Yüklə 68,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin