Barcha avestoshu-noslar Zardushtni sharq falsafiy tafakkuriga axloq kategoriyasini olib kirgan, deyishadi. Shuning uchun ham ular Zardushtning “Amudaryo naqadar buyuk va suvi qanchalik pok va shirin bo’lsa, bizning din ham shunchalik buyuk va pokizadir”, degan so’zlarini ko’pincha iqtibos qilib keltiradilar.
Kavi
Bir necha viloyatlar hokimi
Daxyupati
Viloyat hokimi
Zantupati
Qabila boshlig’i
Vispati
Katta qishloq oqsoqoli
Vis
Urug’ jamoasi boshlig’ii
“Avesto” davlat boshqaruvining murakkab tizimi haqida ma’lumotlar beradi. Ma’umotlarga ko’ra mil.avv.VII-VI asrlarda O’rta Osiyo jamiyatining asosi kichik-kichik oilalardan iborat bo’lib, har bir oila o’rtacha 5-6 kishidan tashkil topgan. Ular katta patriarxat oila a’zolari hisoblangan. Katta oila esa 20-25 kishidan tashkil topgan.
Ayrim tadqiqotchilar (H.Boboyev, T.Do’stjonov, S.Hasanov, Y.Ollamov) ilmiy tahlillarga asoslanib “Avesto”da tasvirlangan va O’rta Osiyo hududida shakllangan ilk davlatchilik asoslarining vujudga kelishi jarayonini quyidagi uch davrga ajratadilar:

Birinchi davr – eng qadimgi davr bo’lib, bunda adolat va insoniy baxt-saodat hukmron bo’lgan.
Ikkinchi davr – yaxshilik ruhlari bilan yomonlik ruhlari o’rtasidagi adolat uchun kurash davom etgan.
Uchinchi davr – aql-idrok va adolat tantana qilib, dehqonlar badavlat, davlatning siyosiy va qonunchilik tizimi mustahkam bo’lgan.
“Avesto”da jinoyat va jazo masalalari har tomonlama tartibga solinganligini kuzatish mumkin. Jinoyatlar quyidagi turlarga bo’lingan.
“Avesto”da jinoyat va jazo masalalari har tomonlama tartibga solinganligini kuzatish mumkin. Jinoyatlar quyidagi turlarga bo’lingan.
Jinoyat turlari Dinga qarshi jinoyat
Shaxsga qarshi jinoyat
Tabiatga qarshi jinoyat