www.pedagoglar.uz 45-son 8–to’plam Iyun 2023
Sahifa: 76
haqida haqiqat» maqolasida Zardushtning miloddan avvalgi 589 – 512 yillarda,
ya’ni bundan 2600 yil muqaddam yashab o‘tganligini R. Berdiyev ham izohlaydi.
Zardusht tug‘ilgan yilning yana bir boshqa variantiga to‘xtalamiz. Toshkentda
«Universitet» nashriyotida 1997 – yil chop etilgan «O‘zbekiston tarixi» kitobi
mualliflari «Beruniy Zardushtning tug‘ilgan yilini Makedoniyalik Iskandardan 258
yil oldin edi deb belgilaydi» deya e’tirof etadilar va bu fikrni «Zardushtra miloddan
avvalgi 553 – 541 yillar atrofida 77 yoshida vafot etgan ” deb davom ettiradilar.
T. Maxmudovning bergan ma’lumotiga ko‘ra, bazi manbalarda Zaradushtra
qadimgi Rey, ya’ni Midiyada tug‘ilgan deb, boshqa olimlar uni Balxda tavallud
topgan deb yozadilar. Ye. Bertels ko‘pchilik olimlarning Zaradushtra eramizdan
avvalgi 569 – yili tug‘ilgan degan fikriga haqli e’tiroz bildiradi. «Bizning
fikrimizcha, Zaradushtra faoliyatini eramizdan oldingi ikki minginchi yillarning
oxirida deb bilgan maqulroq. Chunki agar gatlar tarixiy Zaradushtra tomonidan
yaratilgan desak, «Avesto» ning eng qadimgi qismlarini ana shu davr bilan izohlash
tog‘riroq bo‘ladi deb fikr bildiradi T. Maxmudov.7 M. Ishoqovning ma’lumotiga
ko‘ra bir qator olimlarning fikricha, Zardusht miloddan avvalgi XIII - -XII asrlarda
yashagan tarixiy shaxs deb fikr bildiradi. Uni mil. avv. VII – VI asrlarda yashagan
deguvchilar ham bor. Zardushtiy dinining xos adabiyotida Zardusht 6000 yil ilgari
ham yashagan deyiladi. Zardushtning tug‘lgan yilini yunon faylasuflarining fikriga
ko‘ra izohlaydigan bo‘lsak, yunon tarixchisi Plutarx Zaradushtra Troya urushidan
600 yil oldin tug‘ilgan deb takidlaydi. Agar Troya urushi milodiy eradan 1200 yil
ilgari ro‘y berganini nazarda tutsak, Zardusht yashagan davr bugungi kundan 9 ming
yil oldin bo‘lib chiqadi. Aristotel Zardusht vafotini Platon ( mil. avv. 428 – 348)
vafotidan 6 yil ilgari bo‘lgan deb hisoblaydilar. Zardushtiylik dini va uning tarixini
jiddiy o‘rgangan olim Meri Boys bu dinnig shakllanish davrini milodiy eradan
ilgarigi XIV – XII asrlarga taaluqli deb topadi. Qator olimlar Zardusht
payg‘ambarlik e’lon qilgan davrni milodiy eradan oldingi VII asrga oid deydilar.
Zardusht faoliyat yuritgan davr va u asos solgan dinning davrini tarixchi olim M.