www.pedagoglar.uz 45-son 8–to’plam Iyun 2023
Sahifa: 77
Ishoqov mil. avv. VII –VI asrlar deb hisoblasa, B. Iskandarov ham mil. avv. VI
asrdan to milodiy III asrgacha O‘rat Osiyoda zardushtiylik va u bilan bog‘liq
bo‘lgan dualistik dunyoqarash hukmronlik qilgan edi deydi.8 Zardusht qachon
yashagan ? Bu masalada bizning mil. avv. II ming yillik – o‘lkamizda bronza asri
gullab yashagan sug‘orma dehqonchilik va xonaki chorvachilik, tashkiliy xo‘jalik
turlari sifatida muqim rivojlangan jamiyatda hokimlar, kohinlar, harbiylar hunar
ahli, chorvador dehqon kabi mehnat taqsimoti va ijtimoiy tabaqalnish chuqurlashgan
davr zardushtiylik yaxlit tizim sifatida shakllangan davr deyishga to‘la asos bor.
Xuddi shunday ma’lumotni M. Isomiddinov ham «Ilk zardushtiylik davri va
Samarqand» nomli maqolasida aytib o‘tadi. Zardushtilikning kelib chiqishi
to‘g‘risida juda ko‘plab olimlar o‘z fikrlarini bildirishib ularning eng
mashhurlaridan biri Meri Boys eng dastlabki zardushtiylik to‘g‘risida ma’lumotlar
yozishni boshlaganidan bu olimning o‘zi qarib qolgan edi deydi.” Yoki
zardushtiylik dinida shunday an’analar o‘z aksini topganki ular o‘zining ildizlari
bilan juda qadim zamonlarga hatto bronza davri an’analariga borib tarqalishini
aytadi. Uning fikricha ilk zardushtiylik dastlab chorvador bo‘lishib Volga
daryosidan sharqdagi keng yaylovlarda ko‘chib yurishgan. Meri Boysning fikriga
ko‘ra aynan shu davrda ya’ni jahonda hamma narsani qonun emas, balki zo‘rlik
zo‘ravonlik boshqargan bir paytda payg‘ambar Zaradushtra yashagan deydi. Shu
o‘rinda yana bir maqolaga nazar tashlaymiz. O‘zbekistonning turli qadimiy
yodgorliklaridan topilgan mil. avv. IX – VIII va VII – VI asrlarga oid arxeologik
topilmalar diqqatga sazovordir. Tarixiy arxeologik davrlashtirish nuqtai nazaridan
ushbu davr bronza davridan temir asriga o‘tish va O‘rta Osiyo tarixida ilk temir
asrining boshlanishi bilan bog‘liqdir. Ayni shu davrda og‘zaki matnlar asosida
«Avesto»ning eng qadimgi qismlari shakllangan. Bu davr zardushtiylikkacha,
shuningdek ilk zardushtiylik diniy marosimlari davri edi. Mavzuni yaratishda
zardushtiylikning davrlashtirish baxslaridan tashqari asl, dinnig asl vatanini topish