www.pedagoglar.uz 45-son 8–to’plam Iyun 2023
Sahifa: 74
holos. A. Ashirovning bergan ma’lumotiga ko‘ra Zardusht eramizdan oldingi VII
asrning oxiri va VI asrning birinchi yarmida faoliyat yuritgan.1
ASOSIY QISM
Miloddan avvalgi V-IV asrdagi qadimgi yunon olimlarining asarlarida ilk bor
Zardushtning nomi uchraydi. Yunonlar uni Zoroastr va Zoroastera, u asos solgan
dinni esa «Zoroastrizm» nomi bilan yuritishgan. Zardusht Spitama qavmidan
(sug‘diycha Soitamen nomi ham shundan kelib chiqqan bo‘lsa kerak – P.S.) bo‘lib
otasini – Purushasp, onasini – Dug‘dava deb ataganlar. Spitama qavmi afsonaviy
urug‘ bo‘lmasdan balki tarixda bo‘lganligi nafaqat «Avesto»da balki qadimgi yunon
va forsiy manbalarda ham zikr etilgan. Zardushtraning tarjimai holi to‘g‘risidagi
ma’lumotni qo‘lyozma manbalar orasida Beruniyning «O‘tmish asrlardan qolgan
yodgorliklar» asari va Tabariyning «Tarixi Tabariy» asari alohida ahamiyatga
egadir. Bu kitoblarda Zardushtning hayot yo‘lini ko‘rsatuvchi ayrim lavhalar
mavjud. Beruniyning xabar berishicha Zardushtra asli Ozarbayjondan bo‘lib,
keyinchalik Eron va O‘rta Osiyoda hayot kechirgan. Xuddi shunday ma’lumotni
ya’ni Zardushtning qadimgi Eronning shimoli – g‘arbida joylashgan Ozarbayjonda
ko‘p yillar yashaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni Meri Boys ham beradi. Lekin Meri
Boys keyinchalik bu fikrdan voz kechadi, chunki zardushtiylik gimnlari asosida olib
borilgan izlanishlariga tayangan holda haqiqatdan ham Zardushtning O‘rta Osiyo
hududida yashaganligini ishonch bilan takidlab o‘tadi.2 Bunday bahsli mavzuga
V.A.Livshits ham qo‘shiladi va o‘z fikrini bildiradi. Olimning ma’lumotiga
qaraganda Zardushtning vatani, millati, hayot faoliyati aniq isbotlangan bo‘lmasada,
lekin Zardushtning nomi qadimgi eronliklarning nomi ekanligini aniq aytadi.
V.A.Livshits Zardushtning nomini qadimgi Eron tiliga o‘girganda «qari tuya egasi»
degan ma’noni berishini aytib o‘tadi.3 V. A. Livshits yozishicha, ruhoniy
Zardushtra eng qadimgi diniy tasavvurlarni isloh qilgan shaxs sifatida maydonga