www.pedagoglar.uz 45-son 8–to’plam Iyun 2023
Sahifa: 75
chiqadi. Uning yashagan vaqti, vatani va qayerda o‘z ta’limotini targ‘ib qilganligi
munozarali bo‘lsa – da, uning afsonaviy shaxs emas, balki real inson bo‘lganligida
hech qanday shubha yo‘q. Yevropada Zaradushtra ta’limotining «Zoroastr» –
zoroastrizm shaklida yoyilib ketishiga sabab shuki bu ism yunon tilidagi «Astron»
(yulduz ) so‘ziga o‘xshashligidadir. Qadimgi rivoyat va manbalarda Zaradushtra –
donishmand, astrolog sifatida qayd etilib, uning ta’limoti G‘arbga tomon tarqalgach
«zoroastrizm» tarzida talqin eta boshlangan. Zardushtning nomini tahlil etgan yana
bir tarixchi G‘. Xo‘janiyozov o‘zining «Zardusht qadami tekkan tuproq» nomli
maqolasida zardushtiylik dinining xronologik vaqtini eramizdan oldingi VI asrdan
boshlab toki arablar istilosi va islom dinining kirib kelishi davri, ya’ni eramizning
VII asrigacha ya’ni qariyb 1300 yil O‘rta Osiyo xalqlarining dini bo‘lib kelganligini
aytib o‘tadi. Dinning asoschisi Zardusht nomining ma’nosi esa, V. A. Livshitsdan
farqli o‘laroq G. Xo‘janiyozov «Oltin junli tuyalari bor odam» deb izohlaydi. Olim
«Zardushtni Kaspiy va Orol dengizi oralig‘da yashagan, Qadimiy Xoraz diyori esa
zardushtilik gullab yashnagan makon bo‘lgan» – degan ma’lumotlarni ham beradi.4
Xuddi shunday Zardushtning nomi haqidagi ma’lumotni R. Berdiyev ham beradi.
Zardusht nomi fors tilidan kelib chiqqan bo‘lib, «zar» – oltin, yoki «zard» – sariq ,
«ushtra» – tuya degan ma’noda, ya’ni sariq tuya yoki oltin tuya egasi degan ma’noni
beradi deb izohlaydi R. Berdiyev.5 Zaradushtra aslida qadimda Dantiya –
Amudaryo bo‘ylarida yashagan Spitama urug‘idan bo‘lgan deb takidlaydi- M.
Ishoqov.6
Shunga o‘xshash ma’lumotni H. Homidiy va B. Do‘schonovlar ham beradi,
ya’ni VII asr oxirlarida Sharqda birinchi shoir, voiz, din va jamoat peshvosi –
Zardusht eramizdan oldingi 628 – yili Xorazmning Spitama urug‘i boshlig‘i
Prushasp xonadonida dunyoga kelganligini aytib o‘tadilar. Zardushtning tug‘ilgan
yili haqida ham bir nechta taxminlar bor. Xususan taniqli faylasuf olim I. Karimov
«Muloqot» jurnalining 1992 – yil 11-12 – sonlarida chop etilgan, «Zardushtiylik