Avtomatik rostlagichlar xaqida tushuncha


Proporsional-differinsial rostlagichlar



Yüklə 201 Kb.
səhifə4/4
tarix03.12.2023
ölçüsü201 Kb.
#172092
1   2   3   4
8-mavzu

Proporsional-differinsial rostlagichlar
Agar rostlash obyektida yuklanishning о‗zgarishi tez va keskin shuningdek, kechikish katta bо‗lsa izodrom rostlagichlar talab etilgan rostlash sifatini ta‘minlay olmaydi, ya‘ni bu holda ularda katta dinamik ha‘o hosil bо‗ladi. Rostlash jarayonini parametrning о‗zgarish tezligiga bog‗liq bо‗lgan qо‗shimcha kirish signali vositasida yaxshilash mumkin. Kechikishi sezilarli bо‗lgan obyektlarda texnalogik jarayonlarni rostlash uchun PD- rostlagichlarni ishlatish maqsadga muvofiqdir.
Agar differinsial qism rostlovchi ta‘sirning boshqa qismlariga qо‗shilsa tо‗g‗ri (avvaldan ta‘sir), ayrilgan holda esa teskari avvaldan ta‘sir bо‗ladi. Tо‗g‗ri avvaldan ta‘sir rostlagichi PF2.1 rostlash zanjiriga berilgan kattalikdan parametrning chetga chiqish tezligiga mos ta‘sir kiritish uchun mо‗ljallangan (8.3-rasm).
Siqilgan xajmdagi xavoning kirish signali (rostlagich yoki datchikdan) taqqoslash elementi IV ning V va G kameralariga boradi hamda inersion zveno
(rostlanuvchi drossel II va sig‗im III) orqali о‗sha elementning V kamerasiga berilayotgan ta‘minlovchi xavo bosimi bilan muvozanatlashadi. Chiqish kamerasi A kuzatuvchi sistema sxemasi asosida ulangan. Agar parametrning chetga chiqish tezligi nol yoki nola yaqin bо‗lsa, taqqoslash elementi IV ning chiqishida kirish signali Rkir kuzatiladi. Agar bosim о‗zgara boshlasa, masalan, о‗zgarmas tezlikda ortsa, u holda B kameraning oldida drossel-qarshilik II borligi tufayli V va G kamera membranasidagi bosimlar yig‗indisi B va A kameraning membranalaridagi kuchlanishdan katta bо‗ladi. Natijada taqqoslash elementi IV dagi S1 soplo berkilib, A kamerada bosim keskin oshadi. Chiqishda kirishdagi bosimdan ilgarilovchi signal paydo bо‗ladi. Ilgarilash kattaligi kirishda bosimning о‗zgarish tezligi va avvaldan ta‘sir drosselining qanchalik ochiqligiga bog‗lik. Taqqoslash elementi IVdan chiqqan signal element V va quvvat kuchaytirgichi VI dan tashkil topgan kuchaytirgichning kirishiga boradi. U taqqoslash elementi kuchaytirgichning xatosini yо‗qotishga xizmat kiladi. Uchirish relesi I avvaldan ta‘sir drosse-lini berkitishga mо‗ljallangan. Buyruq bosimi Rk=0 bо‗lganda S2 soplo yopiq bо‗lib, B kameraga xavo avvaldan ta‘sir drosseli orqali о‗tadi. Rostlagichni о‗chirish uchun ikkilamchi asbobdan buyruq bosimi Rk berilib, bunda S2 soplo ochiladi va kirish signali (Rkir) bevosita B kameraga keladi. Bu holda taqqoslash elementi
IV ga keluvchi uchala signal о‗zaro teng, chiqishdagi bosim esa kirishdagiga teng bо‗ladi. Avvaldan ta‘sirni 0,05 ... 10 minutgacha oraliqda sozlash mumkin.
Qoshimcha adabiyotlar


1.Kodirov A.A. Paxta tozalash va to‗qimachilik sanoati korxonalari jarayonlarini avtomatlashtirish. –Toshkent. TTESI, 2011.
2.Pod red. K.A. Pupkova. Metodi klassicheskoy i sovremennoy teorii avtomaticheskogo upravleniya Uchebnik. Tom 1-5. - M.: MGTU im. Baumana, 2004.
3.Vlasov K.P. Teoriya avtomaticheskogo upravleniy. Ucheb. posobiye.
4. Xarkov. Izd-vo Gumanitarniy sentr, 2007.
Yüklə 201 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin