Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə21/83
tarix27.12.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#199764
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   83
AVTOMATIKA VA ISHLAB CHIQARISH DARSLIK kitob

Sof kechikish zvenosi. Umumiy holda, agar faza bo’yicha siljish shu zveno uchun mumkin bo’lgan miqdordan ortib kesa, zveno nominal fazalihisoblanadi. Bunday zvenolar qatoriga sof kechikish zvenosi kiradi. Bu zvenoning moxiyati shundaki, u o’zining chiqishida sof yoki transport kechikish vaqti deb ataladigan doimiy τ kechikish bilan kirish signalini xatosiz takrorlaydi. Zvenoning hususiyatlari tenglama bilan ta’riflanadi. Bu tenglamaning operator shakli
(1.58)
Zvenoning uzatish funksiyasi yuqoridagi tenglamadan kelib chiqadi:
(1.59)
Zvenoning amplituda-faza harakteristikasi:
(1.60)
Ko’rilayotgan zvenoning amplituda va faza chastota harakteristikalari quyidagicha:


Ko’rinib turibdiki, logarifmik amplituda-chastota harakteristikasiabssissalar o’qiga mos bo’lib, faza esa (1.55) tenglamaga muvofiq ω chastota o’sishi bilan cheksiz oshib boradi. 1.13–rasmda sof kechikish zvenosining harakteristikalari keltirilgan.

Avtomatik rostlash tizimlarining to’zi lish sxemalari va ularning o’zgarishi. Blok-algebra qoidalari ko’p tarkibiy zvenolardan tashkil topgan ARS ning analizi va sintezini ancha soddalashtiradi. ARS ning dinamik hususiyatlari tarkibiy elementlar harakteristikalari va ularning bir biriga ulanish tartibiga ko’ra aniqlanadi. Shuning uchun bir xil zvenolarning turlicha qo’shilishi turli dinamik xossali sistemalarni tashkil qiladi.
Zvenolarning ketma-ket ulanishi 1.18-rasmda va uzatish funksiyalariga ega bo’lgan ketma-ket ulan gai, ikkita zvenodan hosil bo’lgan sistemaning sxemasi keltirilgan. Zanjirli uzatish funksiyasini quyidagicha yozish mumkin:

1.18-rasm. Zvenolarning ketma-ket ulanishi.
(1.61)
p ta elementlardan hosil bo’lgan zanjirning uzatish funksiyasi
(1.62)
Boshqacha kilib aytganda, ketma-ket ulangan elementlar zanjirining uzatish funksiyasi tarkibiy zvenolar uzatish funksiyalarining ko’paytmasiga teng. Bunday sistemaning kuchayish koeffisienti tarkibiy elementlar kuchayish koeffisientlarining ko’paytmasiga teng.
(1.63)
ketma-ket ulangan elementar ochiq zvenolar zanjirining AFX si shu zvenolarning AFX lari ko’paytmasiga teng:
(1.64)
Zvenolarning parallel ulanishi. Zvenolarning parallel ulanishida (1.16-rasm) bitta kirish signali bir necha zvenolarning kirishiga beriladi, chiqish signallari esa jamlanadi. uzatish funksiyali ikkita parallel ulangan zvenolarning uzatish funksiyasini aniqlaymiz:

1.19-rasm. Zvenolarning parallel ulanishi.
p ta parallel ulangan zvonolar sistemasining uzatish funksiyasi har bir zvenoning uzatish funksiyasi yigindisiga teng:
(1.65)
Elementning teskari aloqa bilan qamralishi. Ba’zan zvenoning kirishiga kirish ta’siridan tanshari chiqish signalining bir qismi beriladi. W1(r) uzatish funksiyasiga ega bo’lgan element manfiy teskari aloqa bilan qamralishini ko’rib chiqamiz (1.20rasm):

1.20-rasm. Manfiy teskari aloqali element.
Biroz o’zgartirishlardan so’ng:
(1.66)
Oxirgi ifodani umumlashtirsak, quyidagicha xulosa qilish mumkin: agar bir yoki bir necha zveno birlamchi manfiy teskari aloqa bilan qamralsa, sistemaning uzatish funksiyasi quyidagicha bo’ladi:
(1.67)
Agar teskari aloqa zanjirida o’zining uzatish funksiyasiga ega bo’lgan zveno mavjud bo’lsa, sistemaning ekvivalent uzatish funksiyasi quyidagi ko’rinishga keladi:
(1.68)
Bir yoki bir necha zvenolar birlamchi musbat teskari aloqa bilan qamralsa, sistemaning umumiy uzatish funksiyasi
(1.69)
Zvenolarning aralash ulanishi. Avtomatik rostlashda, teskari aloqa bilan qamralgan, ketma-ket va parallel ulangan, ya’ni oraliqlari ulangan zienolar keng ishlatiladi. Bunday hollarda blok-algebra qoidalari yordamida erkin strukturali zveno va sistemalar analiz uchun qulayroqshaklga keltiriladi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin