IntegrallovChi zveno. Chiqish kattaligi kirish kattaligiga bog’liq bo’lmagan, lekin chiqish koordinata o’zgarishining tezligi zveno kirishidagi signalga proporsional bo’lgan zveno integrallovchi zveno deyiladi. Uning tavsifi quyidagicha:
(1.30)
bu erda K - zvenoning kuchayish koeffisienti va uning vaqt doimiysi nisbatiga teng zvenoning tarqalish tezligi.
Ifodani integrallab o’tish jarayoni tenglamasini hosil kilamiz:
(1.31)
Ifodadan chiqish kattaligi kirish kattaligining integraliga proporsional ekanligi kelib chiqadi. Ifodaga Laplas almashtirishini qo’llasak, integrallovchi zvenoning tenglamasini operator shaklida hosil qilamiz (nolaviy boshlang’ich shartlarda):
(1.32)
Ko’rilayotgan elementar zvenoning uzatish funksiyasi:
(1.33)
Ifodadagi Roperatorni jωbilan almashtirsak, zvenoning amplituda-faza harakteristikasi kelib chiqadi:
(1.34)
Ifodadan amplituda-chastota va faza-chastota harakteristikalarning tenglamalari topiladi:
(1.35)
(1.36)
Tenglamalardan quyidagicha xulosa kelib chiqadi: chastota cheksizlikka intilganda
bo’lib, integrallovchi zveno hosil qilgan fazalar siljishi
doimiy bo’ladi va uωga borliq emas.
Kompleks tekislikda integrallovchi zvenoning amplituda-faza harakteristikasi kompleks tekislikning manfiy yarim o’qiga mos keladigan vektor orqali ifodalanadi va cheksizlikdan (ω=0 bo’lsa) nolgacha (ω=∞)o’zgaradi. Tenglama asosida zvenoning LACHX sining ifodasini yozish mumkin:
(1.37)
Agar ifodalarni solishtirsak, ularning o’xshashligini ko’ramiz. Demak,
LACHX ning asimptotasi 20 db/s ga teng manfiy og’ishliabssissalar o’qidagi ω = K chastotaga mos bo’lgan nuqtasidan o’tadigan to’g’ri chiziqdan iborat. Logarifmik faza-chastota harakteristikasi (1-32) ifodadagi chastotaga borlik, emas. Integrallovchi zveno minimal fazalidir. Uning harakteristikalari 1-11-rasmda keltirilgan.
1.14-rasm. Integrallovchi zveno harakteristikalari.
a) yugurish egri chizig’i; b) amplituda-faza harakteristika;
v) logarifmik harakteristikalar.