Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish


Avtomatik rostlash sistemalariga qo’yiladigan talablar



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə15/83
tarix27.12.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#199764
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   83
AVTOMATIKA VA ISHLAB CHIQARISH DARSLIK kitob

Avtomatik rostlash sistemalariga qo’yiladigan talablar.
Tashqi tasir etuvchi kuchlar ta’sirida muvozanatini yo’qotadigan, bu ta’sirlar bartaraf qilingandan so’ng o’zini boshlang’ich muvozanat holatiga qaytadigan sistemalar turg’un sistemalar deyiladi. Buning aksi esa turg’unlashmagan sistema hisoblanadi.
Avtomatik rostlash sistemalarining vazifalariga ko’ra sistemalar turg’un bo’lishi talab etiladi. Bu o’z navbatida stabillash dasturli va ko’zatish sistemalariga ham tegishlidir. Ayrim hollarda sistemaning rostlanuvchi kattalikini berilgan qiymatga nisbatan chetga chiqish amplitudasi kichik bo’lgan so’nmas tebranishlar hosil qilsa, qoidadan chetga chiqishga yo’l qo’yiladi.
Tashqi ta’sirlar natijasidagi avtomatik rostlash sistemasining harakteri rostlashning sifatini aniqlaydi. Rostlashning sifati va vaqti, rostlashning dinamik va statik xatosi o’tish jarayonining so’nish darajasi ko’rsatkichlariga asoslanadi.
Statik xato - rostlanuvchi kattalik va uning berilgan qiymati orasidagi farqhisoblanib jarayonni tugagandan keyingi qolgan xatodir.
Dinamik xato - o’tish jarayonidagi rostlanuvchi kattalikning berilgan boshlang’ich qiymatidan maksimal chetga chiqish.
So’nish darajasi - tebranish jarayonlarining intensiv holatini ifodaladovchi ko’rsatkich hisoblanadi va o’tish jarayonidagi uchinchi yarim davr amplitudasining birinchi yarim davr amplitudasiga bo’lgan nisbatiga teng.
O’tish jarayonini tez tugashi, dinamik va statik xatolarning kichik bo’lishi, o’tish jarayonining sifatini Yuqori bo’lishini ta’minlaydi.Tizimlarga qo’yiladigan talablar har bir konkret holatda texnologik jarayon va ishlab chiqarishning hususiyatlariga mos holda shakllanadi. Shuningdek, sistema o’tish jarayonining sifati va shakli, asosan, rostlanuvchi ob’ekt va avtomat rostlagichning xossalariga bog’liq.
Statik va dinamik modellar.
Avtomatik rostlash sistemalarining statik va dinamik xossalari ulardagi tarkibiy elementlarning harakteristikalari orqali aniqlanadi.
Element yoki sistemaning statik harakteristikasi deb o’rnatilgan rejim jarayonidagi chiqish va kirish parametrlarining nisbatiga aytiladi. Bu nisbat analitik yoki grafik metod bilan ifodalanadi va hisoblash yoki tajriba usullari bilan aniqlanadi.
Chiziqli va chiziqli bo’lmagan tizimlarning statik harakteristikalari mavjud bo’lib ular chiziqli tenglamalar orqali to’g’ri chiziq bilan tasvirlansa, ular tizimning chiziqli statik harakteristika hisoblanadi. Chiziqli statikaga ega bo’lgan element (yoki sistema) chiziqli element (yoki sistema) deyiladi. Agar o’rnatilgan ish rejimida zvenoning tavsifi chiziqli bo’lmagan tenglama orqali berilsa va harakteristikasi egri yoki siniq chiziqlar bilan tasvirlansa, bu zveno chiziqli bo’lmagan harakteristikaga ega bo’ladi. Tizimni ishlash davrida hosil bo’ladigan lyuft va quruq ishqalanishlar uni statik harakteristikalarini chiziqli bo’lmagan ko’rinishga olib keladi. Bu o’z navbatida chiziqli bo’lmagan avtomatik sistemalarni hisoblashni murakkablashtiradi.
Sistemaning statik harakteristikasini analitik usulda aniqlashda uning turg’unlik holati uchun energetik va moddiy balans tenglamalari to’zi ladi. Balans tenglamalaridan noma’lum kattaliklar topilib, ARS dagi rostlanuvchi ob’ekt yoki zvenoning chiqish va kirish parametrlarining nisbati aniqlanadi.
Ob’ektning statik harakteristikasini tajriba orqali aniqlashning aktiv va passiv usullari mavjud. Aktiv usulda modda yoki energiya’ni ob’ektga uzatuvchi liniyada o’rnatilgan ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organi yordamida ob’ektning bir necha muvozanat holati birin-ketin o’rnatiladi, bunda kattalikning kirish qiymati har hil bo’lib, tegishli chiqish koordinatalari o’lchanadi. Olingan ma’lumotlarga ko’ra to’zi lgan grafikdan ob’ektning kuchayish koeffisienti aniqlanadi. Ob’ektning chiqish kattaligi, odatda, bir necha kirish kattaliklariga bog’liq, bu holda statik harakteristikalar to’plami har bir kanal bo’yicha aniqlanadi. Statik harakteristikani eksperimental aniqlashning passiv usuli ehtimollik nazariyasi va matematik statistikaga asoslangan. Bu usulni qo’llab, ob’ektlarning normal ekspluatasiyasi sharoitlarida kirish va chiqish kattaliklarining o’zgarishi haqida juda ko’p ma’lumotlar to’planadi. Statistik material tegishli algoritmlar bo’yicha ishlanadi. Bu sermehnat masala bo’lib markazlashtirilgan kontrolning informasion sistemasi yoki EDM yordamida yechilishi mumkin.
ARS ning faqat statik harakteristikasini bilishning o’zi kamlik qiladi, uning dinamik harakteristikasini ham bilish zarur.
Element yoki sistemaning dinamik harakteristikasi deb, vaqt o’tishi bilan chiqish kattaligining o’zgarishi o’rnatilgan rejimda bo’zi lish davridagi kirish kattaligining o’zgarishiga bog’liqligigi tushiniladi. Kirish kattaligining o’zgarishi turlicha bo’lishi rostlanuvchi ob’ektning dinamik harakteristikalarini ifodalovchi grafiklarniham turlicha bo’lishiga odib keladi.
Element va sistemalarning dinamik harakteristikalarini solishtirish maqsadida kirish kattaliklari o’zgarishining namunali qonunlaridan foydalaniladi.Tizimlarni dinamik harakteristikalari analitik usullar bilan ham aniqlanadi. Dinamik hususiyatlar analitik ravishda differensial tenglamalar orqali tavsiflanadi. Agar sistema yoki bir zvenoning harakati mustaqil o’zgaruvchilarning yakuniy miqdorda borliq bo’lsa, u parametrlari mujassamlangan ob’ekt bo’ladi. Bunday ob’ektlarning erkinlik darajasi miqdori sistemaning mustaqil o’zgaruvchilari miqdoriga teng. Bu sistemalarning dinamik hususiyatlari tavsifi to’liq hosilali tenglamalar orqali beriladi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin