Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə40/83
tarix27.12.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#199764
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   83
AVTOMATIKA VA ISHLAB CHIQARISH DARSLIK kitob

Ishchi davri. Ko’pincha ishchi mashinalarda ma’lum bir davr ichida ayrim holatlar va harakatlar chiqarilayotgan mahsulotni diskretligini hisobiga vaqti-vaqti bilan qaytarilib turadi. Ushbu mashinalarni ishini ko’zatilganda, ish bajaruvchi mexanizmlarning ishlov berishini amalga oshirishida harakatini qaytarilishi va texnologik ta’sir etishga bog’liq bo’lmagan, ammo ularga sharoit yaratishdagi yordamchi harakatlar borligi ko’zga tashlanadi.
Mashinani ishga tushirilganda oldin yordamchi harakat: zagotovkani uzatish va qisish, Yurgizish, asbobni ishlov berish zonasiga keltirish va xokazolar, hamda ushbu ishlar davomiyligi tc (3.1–rasm). Keyin ta davomiyligida yordamchi ishlar: asbobni qaytishi, detalni bo’shatish, o’Chirish, ishlov berilgan detalni olish va hokazolar. Agarda mashinada nosozliklar bo’lmay normal holatda o’z funksiyasini bajarish ilojisi mumkin bo’lsa, texnologik jarayon davom etadi, ya’ni yangi zagotovka uzatiladi, qisiladi va hokazolar birin-ketin bir hil interval davomida qaytariladi. Buni o’z navbatida ishchi sikl (davr) T deyiladi.
Demak, ishchi davri – bu mashinani ikkita bir xil operatsiya’ni bajarishida asosiy ishchi mexanizmlarini to’xtamay ishlashi tushuniladi.
Mashinani ishchi sikli asosiy va yordamchi ishlar davomiyligini qo’shilishi bilan aniqlanadi.

T=ta+tc1+tc2=ta+tc
3.1-rasm. Mashinani ishchi davrini tashkil etuvchilari.
Bu erda ta-asosiy ishchi Yurish vaqti; s-salt Yurish vaqti;
Ishchi yurish harakati deganda ishlov beriladigan materialga texnologik ta’sir etuvchi harakatlar natijasida ishlov berish, nazorat, yig’ish va hokazolar tushuniladi. Ayrim ishchi va salt yurish harakatlari vaqt ichida bir-birini to’ldirishi mumkin.
Ishchi mashinaga qo’yiladigan asosiy talablardan biri mustaqil ravishda ishchi yurishni bajarishi, ya’ni ishchi yurish mexanizmlarini mavjudligi bilan ifodalanadi.
Agarda mashina ishchi Yurishdan tashqari mustaqil ravishda salt yurishni hamda alohida harakatlarni ketma-ketlikda boshqara olsa, u avtomatlashtirilgan ishchi mashina hisoblanadi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin