3.3 Avtomatik liniyalarda differensasiyalash va konsentrasiyalash usullari.
Liniyalarni loyihalash uchun eng zaruriy quyidagi omillarni hisobga olish lozim.
Ishchi pozitsiyalar soni
Parallel ishlov berish patoklar soni
Seksiya - bo’limlar soni.
Loyixalash usullari tanlangandan so’ng birinchi o’rinda ishchi pozitsiyalar tanlanadi, bular asosida esa ishlov berish jarayoni amalga oshiriladi. Ayrim holatlarda murakkab detallarga ishlov berish konfiguratsiyasi bitta dastgohda amalga oshirilishi mumkin. Bunday dastgohlarga kerakli bo’ladigan frezalash, tish ochish, rezba ochish va hokazolarga ega bo’lishi lozim. Bu erda ishlov berish vaqti hamma texnologik jarayonlarga ketgan umumiy vaqt yig’indisiga teng,lekin boshqa turdagi, masalan: aylanib ishlaydigan detallarga maxsus dastgohlar mavjud emas. Shu bilan birgalikda aylanib ishlaydigan detallarga tokarlik dastgohida ishlov berish, shlifovkalash, tish yo’nish va boshqa ishlar olib borib bo’lmaydi. Bunday dastgohlarda umumiy vaqt taqsimlanadi, ya’ni differensiasiyalanadi. Ularning har biri esa har hil texnologik ahamiyatga ega bo’ladi. Bunday turdagi differensiasiyalashni asosiy maqsadi texnologik usul bilan ish unumdorligini oshirish hisoblanadi. Ular avtomatlashtirilgan sharoitlarda ham, avtomatlashtirilmagan sharoitlarda ham keng qo’llaniladi. Bu esa har xil ishlab chiqarish turlari, potok ishlov berish liniyasi asosida yotadi. (mashinasozlikda, asbobsozlikda, elektron va elektrotexnikada, engil va oziq-ovqat sanoatida qo’llaniladi).
Misol uchun yuqori aniqlikda rezba ochish texnologik jarayoni uchun bir pozitsiyali dastgohlaryordamida amalga oshirish mumkin. Bu erda dastgoh har bir operatsiya ichidan bittasini bajaradi. 1) teshish; 2) teshik kengaytirish; 3) zenkerlash; 4) zenkovkalash; 5) rezba kesish.
Qalpoqchali detallarga ishlov berishda dastgohlarni differensa sialash mumkin. Ularning har biri har xil pozitsiyada amalga oshiriladi. Birinchi cho’zish, ikkinchi Cho’zish uchinchi cho’zish, kalibrlash, kesish va boshqalar.
Avtomatlashtirpilgan ishlab chiqarishda texnologik jarayonni ishlab chiqishda birinchi o’rinda ishlov berishni hamma pog’onalarida qulayliklar inobatgaolinadi. Natijada umumiy holatdan S asosiy sig’dirish maydoni ajratib olinadi va uning umumiy Bo’luvchisi quyidagicha bo’ladi:
(3.13)
Qolgan operatsiyalar umumiylari bilan qo’shiladi va umumiy ishlov berish vaqtiga ta’sir etmaydi. Shuning uchun liniya pozitsiyalari soni operatsiyalar sonidan kam bo’lmasligi kerak (qmin=S). Agar texnologik jarayon potok liniyalar asosida tashkil topgan bo’lsa, bunday differensasiyalashgan texnologik jarayon kamida S ta dastgohlardan tashkil topgan bo’lishi kerak. 3.5-rasm a da avtomatik liniyada yagona transportlovchi sistema evaziga nafaqat differensasiya, balki ularni birlashtiruvchi konsentrasiya ham qilish mumkin.