Avtomatik liniyalarning strukturaviy variantlari Avtomatik sistemalarning ish unumdorligini va mustahkamligini oshirish uchun avtomatik liniyalarni strukturaviy mukammallashtirish, to’plagichlardan foydalanib uchastkalarga bo’lish va ishlov berishda parallel potoklarni qo’shishusullari bilan amalga oshiriladi.
3.7-rasm. Avtomatlashtirilgan liniyalarning strukturaviy variantlari.
a) bir potokli qat’iy aloqadagi liniya; b) bir poizisiyali bo’limlarga bo’lingan liniya; v) ko’p potokli bo’limlarga bo’lingan liniya.
Oddiy strukturaviy variantdagi avtomatik liniyalarda agregatlararo bikr bog’lanishlar asosida hamma dastgohlar qoidaga asosan bitta umumiy maromda ishlaydigan transportlovchi tizim yordamida amalga oshiriladi. Bunday umumiylik bitta umumiy transportlovchi mexanizm evaziga amalga oshiriladi. Bundan tashqari qadamli, ketma-ket mahsulotni ishchi pozitsiyalararo uzatib beradi.q pozitsiyalar soniga egap bo’lgan bikr boshqaruvchi avtomatik liniyalar ancha sodda va minimal sarf talab etadi. Lekin shu bilan birgalikda bunday liniyalarning ish unumdorligi va ishonchliligi ham past bo’ladi,undagi istalgan jihozning nosozligi butun liniya’ning to’xtalishiga olib keladi.
Har xil strukturaviy variantlardagi liniyalarning ish samaradorligi.Agar hamma dastgohlar ish jarayoniga qarab har xil ishonchlilikka ega bo’lsa, unda har bir dastgohning ish jarayonida to’xtab qolishlari q marta kamayadi. Bir biriga bog’lanmagan avtomatik liniyalarda bu hol Yuz bermaydi. Bunda Etn=tniq kelib chiqadi.
Qat’iy aloqadagi avtomatik liniya’ning ish unumdorligi quyidagi formula bilan topiladi:
(3.19)
bu erda: tni - liniyada joylashtirilgan bitta dastgoh uchun o’rtacha yo’qotish; tr- sikldagi ishlov berish vaqti; tx - sikldagi salt Yurishlar vaqti.
Berilgan avtomatik liniya’ning texnik qo’llanilish vaqti koeffisienti, bikr boshqaruvli liniyalarda quyidagicha bo’ladi:
(3.20) bu erda B = tni/ T -bitta dastgoh uchun o’rtacha yo’qotish
Qo’llanilish koeffisienti orqali topilgan bikr boshqariladigan liniya ish unumdorligi.
(3.21)
Avtomatik liniyalarning uchustkalarga ajratilishi va ular orasiga to’plagichlar o’rnatilishi, alohida ishlovchi mexanizmlar va moslamalarning ishdan chiqqan paytda ishning to’xtab qolishi darajasini ma’lum darajada pasaytiradi. Shunday qilib, liniya’ni 3 ta uchastkaga bo’lish mumkin.
Misol uchun bitta uchastkadagi dastgohning nosozligi faqatgina o’sha uchaastkani ishini to’xtatadi, qolganlari ishlayveradi. Biroq bunday konpensasiyalash faqatgina to’plagichlarni umuman to’lmasligi bilan bog’liq bo’ladi, bu esa faqatgina teoretik usulda mavjud emas. SHuning uchun real mavjud sharoitlarda har bir uchastka nafaqat xususiy to’xtashlar, balki kompensasiyalanmalardan o’zi lishlar orqali ifodalanadi.
Bunda
(3.22)
bu erda w- sikldan tashqari yo’qotishlarning o’sish koeffisienti (w>1).
3.8-rasm. Ko’p bo’limli avtomatlashtirilgan liniyalarning hisobiy sxemasi.
1,2 - uchastkalar raqamibunday hollarda bq/ny - ishlab chiqaruvchi uchastka yo’qotishlarini ifodalaydi. Bu esa zagotovkalarni etishmasligidan kelib chiqadi. Qo’shimcha analitik yo’qotishlar uchastkalar orasida joylashtirilishdagi yo’qotishlar bilan ifodalashi mumkin i. Masalan: 21 = 0,2 katttalik birinchi va ikkinchi uchastkalar orasidagi to’plagich uchastkani 80% yo’qotishlarini bartaraf etadi. 20% yo’qotishlar esa birinchi uchastkaga uzatiladi (to’lib qolishi yoki bo’shab qolishi natijasida). Uchastkalar orasidagi joylashishlar bo’yicha yo’qotishlar 2 ta faktorga bog’liq bo’ladi (0<<1), birinchisi to’plagichlar sig’imi E va i -chi uchastka orasidagi masofaga bog’liqdir. To’plagichlar mavjud bo’lmagan (E=0) holda uchastkalar orasidagi joylashtirish koeffisienti (=1) ga teng bo’ladi. Joylashtirishdagi yo’qotishlar koeffisientlari berilgan i-chi uchastka bilan tayyor mahsulot uzatib beruvchi uchastka orasidagi masofaga bog’liqdir.
21>31>41
Yo’qotishlar kattaligi koeffisienti w - alohida uchastka yo’qotishlari orqali quyidagicha ifodalanadi:
W = 1+21+31+41+ ...+ ni.
Kengaytirilgan hisob-kitoblarda w = 1,151,25 qilib olish mumkin.