Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish


Avtomatik liniyalarning texnik iqtisodiy ko’rsatgichlarini ishonchlilikka bog’liqligi



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə50/83
tarix27.12.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#199764
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   83
AVTOMATIKA VA ISHLAB CHIQARISH DARSLIK kitob

4.2 Avtomatik liniyalarning texnik iqtisodiy ko’rsatgichlarini ishonchlilikka bog’liqligi.
Har qanday tizim yoki elementlar ikki holatda bo’lishi mumkin:ishga qobiliyati yoki qobiliyasiz. Texnik talablarga javob beradigan mahsulotni ishlab chiqarayotgan avtomatik liniyalarni ishga qobiliyatli deyiladi. Hosil bo’ladigan nosozliklar natijasida ishga qobiliyatli holatdan ishga qobiliyasiz holatga o’tishiga liniya’ni nosozligini anglatadi.
Ishonchlilik nazariyasi asoslarida keltirilishi bo’yicha avtomatik liniyalarning qobiliyasizligi faqatgina undagi biror bir elementni ishlamay qolishi natijasida mahsulot ishlab chiqarmasligi emas, balki ishlab chiqarilgan mahsulot texnik talablarga javob bermasligi bilan ham ifodalanadi.
Nosozliklar, ularni aniqlash va ogoxlantirish vaqt o’tishi davomida bexosdan hosil bo’ladigan jarayon hisoblanadi. Shuning uchun ishonchlilikni sonli ko’rsatkichi ehtimollar nazariyasiga asoslanadi va argument sifatida – vaqt parametri (qobiliyatli yoki ishlash qobiliyatini tiklash) va funksiya sifatida ehtimollik holati (sozligi yoki nosozligi). Shu sababli, avtomatik liniyalarning ishonchliligi ularni qobiliyatliligini, ishga moyilligini hamda elementlarni bo’zi lmay uzoq ishlashi o’z ichiga oladi.
Shuning uchun ishonchlilikni ko’rsatkichlarini ikki bo’limga bo’lish mumkin:

  1. Alohida bir ko’rsatkichni o’z ichiga oladi, masalan ishga qobiliyati yoki ishlamay qolishi;

  2. Umumlashgan, kompleks ko’rsatkichlar bo’lib ularni baholanishi, masalan bo’zi lmay ishlashlik va bo’zi lguncha qadar ishlash

Ishonchlilik ko’rsatkichini aniqlash uchun ko’rib chiqilayotgan ob’ekt tadqiqot qilinadi. Bunda tizimni o’zini va uni elementlarini matematik statistika ehtimollar nazariyasi usullari yordamida laboratoriya yoki ishlab chiqarish sharoitida sanab ko’riladi.
Bu o’z navbatida bexosdan hosil bo’ladigan kattaliklar va ularni harakteristikalarini statik holatdagi tarqalishi aniqlanadi.
Ishonchlilikni u yoki boshqa ko’rsatkichlarini aniqlovchi matamatik modellar texnik tizimlar yoki ularni elementlari uchun tipovoy bo’ladi. Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki avtomatik liniyalarni to’xtamay ishlashi ularni yoqishdan bo’zi lguncha bo’lgan t vaqti bexosdan sodir bo’ladigan kattalik bo’lib dastgohlarni statik ishlashiga qaramay juda katta diapazonda o’zgarib turadi.
Diagrammani taxlili shuni ko’rsatadiki,liniya 2 minut xam ishlamay 200 martadan ortiq bexosdan ishdan chiqishi ko’zatildi; 50 martadan ortiq holatda liniya bor yo’g’i 10 minutdan 20 minutgacha ishlash holati yuz berdi. To’xtamay ishlashni zichligi ehtimollar nazariyasiga asosan ekspotensial tarqalish bo’yicha yoziladi:
(4.1)
bu erda - to’xtamay ishlashni o’rtacha vaqti (ushbu holat uchun = 9 min.

4.1-rasm. Agregat dastgohlardan to’zi lgan tipovoy avtomatik liniya’ni to’xtamay ishlash vaqtini ko’rsatuvchi diagramma.
To’xtamay ishlashni asosiy ko’rsatkichlaridan biri R ehtimollik bo’lib,u liniya’ning yoqishdan keyin t vaqt to’xtamay ishlashini bildiradi va ishonchlilik funksiyasi R(t) deyiladi.

4.2-rasm. Agregat dastgohlardan to’zi lgan avtomatik liniya’ning ishonchliligini statik funksiyasini ko’rsatuvchi diagramma.
Ishonchlilikni statik funksiyasini matematik ko’rinishi
(4.2)
Bu erda – to’xtashlar sababini bildiruvChi vaqtga bog’liq parametrlar.
To’xtashlar parametri bo’zi lmay ishlash ko’rsatkichi hisoblanib liniyalarni ekspluatasiya qilinishidagi to’xtashlar chastotasini harakterlaydi.
Misol: Qurilma tiklanishlarining o’rtacha vaqtini aniqlash.
Ko’zatilayotgan davr mobaynida qurilmada 8 ta bo’zi lishlar ko’zatiladi.
Qayd etilgan tiklanishlar vaqti:
t1=12 min; t2=23 min; t3=15 min; t4=9 min; t5=17 min; t6=28 min; t7=25 min; t8=31 min;
Qurilma tiklanishlarining o’rtacha vaqtini aniqlash talab etiladi.
Yechish:
Misol: Tizimning ishlamay qolish ehtimolligini topish.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin