Topshiriq. Mavzu: Tizimning to’xtovsiz ishlash ehtimolligini aniqlash.
Masala: Tizim 5ta blokdan tashkil topgan bo’lib, №5 blokning ishonchliligini to’xtovsiz ishining aniq vaqti t ning ehtimolligi bilan ta’riflanadi ya’ni:
p1(t)=0.98; p2(t)=0.99; p3(t)=0.97;p4(t)=0.985; p6(t)=0.975;
Ushbu tizimning to’xtovsiz ishlash ehtimolligini aniqlash talab etiladi.
Yechish: Quyidagi formula asosida
p1, p2 …,p5– ehtimolliklari 1 ga yaqin, shu bois r1(t) ni aniqlash qulay, bunda fomuladan foydalanamiz.
Bizning holatda q1=0.02; q2=0.01; q3=0.03; q4=0.015;q5=0.025.
Bundan kelib Chiqqan holda:
Avtomat yoki avtomatik liniyalarning ishonchliligi ularning vaqt davomida o’zining ish ko’rsatkichlarini topshiriqda belgilangan darajada saqlagan holda o’z vazifasini bajara olish hususiyati. Dastgohlarning ish ko’rsatkichlari ularni ishlatish,o’z vaqtida texnik hizmat ko’rsatish,ta’mirlash ishlarini mtalab darajasida bajarilishi bilan belgilanadi. Dastgohlarning ishonchliligini asosiy ko’rsatkichi bu puxtalikdir.Puxtalik bir necha hususiyatlarni o’z ichiga oladi va dastgoh yoki avtomatik liniyalarning vazifasiga va uni ishlatish sharoitlariga qarab bo’zi lmay ishlashlik,ko’pga chidamlilik, ta’mirlashga yaroqlilik va saqlanuvchanlik hususiyatlaridan iborat bo’ladi.
Ishonchlilik mahsulot sifatini ko’rsatuvchi hususiyatlardan biri hisoblanadi. Bu hususiyat avtomatlashtirilgan tizimdagi jihozlarning bajaradigin vazifasiga qarab ulardan foydalanish jarayonida ko’rinadi va ko’pincha jihozning vaqt davomida o’z sifatini saqlash hususiyati deb xam tushuniladi.
Ishlab chiqarishda va texnik-xujjat me’yorlarda puxtalik deganda obektning vaqt davomida o’z vazifasini bajara olishini tavsiflaydigan barcha ko’rsatkichlarini belgilangan chegarada saqlay olish hususiyati tushuniladi.
Misol tariqasidajihoz ta’mirlashga muxtoj bo’lmasa bunday jihozlarning ishonchliligiga ko’pga chidamlilik va ta’mirlashga yaroqlilik hususiyatlari kirmaydi. Ular uchun engasosiy ko’rsatkichlardan biri qo’zg’almasdan ishlashlik hisoblanadi.
Bo’zi lmay ishlashlikjihozning ma’lum vaqt ichida yoki ma’lum xajmdagi,sondagi ishni bajargunga qadar o’zini ish qobiliyatini uzluksiz saqlashidan iborat.
Avtomat yoki avtomatik liniyalarni bo’zi lmay ishlashlik muddati ularning bajargan ishlari xajmi bilan aniqlanadi. Agar yuqoridagi jihozlar tanaffuslar bilan ishlasa,u holda umumiy ishlagan vaqt yoki bajarilgan ish xajmi hisobga olinadi. Jihozlarni bo’zi lmasdan ishlash muddati ularda ishlab chiqilgan detallarning soni, xajmi, vazni va o’lchov birliklarida o’lchanishi bilan aniqalanadi.
Avtomat yoki avtomat liniyalarni bo’zi lishi ularning o’z ish qobiliyatini bajara olmasligi tushiniladi. Bo’zi lish me’zoni texnik xujjat – me’yorlarda belgilangan bo’lib ular to’satdan, asta-sekinxillarga bo’linadi. Jihozlardagi bo’zi lishlar asosan ishlatish qoidalari va me’yorlarining bajarilmasligi, turli shikastlanishlar, tabiiy eyilish va eskirish jarayonlari sabab bo’ladi.
Bo’zi lgunga qadar ishlash muddati – ta’mirlanadigan jixozning bir bo’zi lishidan keyingi bo’zi lishigacha bajargan ishining o’rtacha qiymati bilan ifodalanadi.
Avtomat yoki avtomatik liniyalarning buzuqligi deb ularni texnik xujjat talablarining birortasini bajara olmaydigan holati tushiniladi.
Ishga qobiliyatlilik deb, jihozlarni o’z vazifasini texnik – me’yoriy xujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq bajara oladigan holatiga aytiladi.
Agar jihoz o’z vazifasini bajara olmaydigan holatga kelsa, bu jihozni ishga qobiliyasiz holati deb atladi.
Ayrim holatlarda buzuq jihoz ishga qobiliyatli bo’lishi xam mumkin masalan,avtomobilni oladigan bo’lsak,uning bo’yog’i shikastlangan bo’lsa u buzuq deyiladi, ammo u ishga qobiliyatli bo’ladi.
Ishlab chiqarishda shunday holat yuz beradiki, jihoz o’ziga biriktirilgan vazifani bajarish qobiliyatiga ega emas,chunki jihoz chegara holatiga etib kelgan bo’ladi va hisobdan chiqariladi yoki kapital ta’mirlashga jo’natiladi. Jihozlarni ish muddati ularni ishga tushirilgan vaqtdan boshlab uning chegara holatga kelgunigacha bajargan ish miqdori hisobga olinadi.
Har qanday avtomatik liniyalarni loyihalash davrida ularni unumdorligini oshirish omillari hisobga olinadi. Bu o’z navbatida avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishga nisbatan iqtisodiy jihatdan afzal hisoblanadi.
Avtomatik liniyalarni ishonchlilik darajasi qancha past bo’lsa, shuncha ko’p samaradorlikda yo’qotishlar sodir bo’ladi, ya’ni davriy va haqiqiy samaradorlik o’rtasida farq ko’p bo’ladi. Demak, avtomatik liniya’ni ishonchliligi bu samaradorlikni oshirish degani, ya’ni mashinalarni konstruksiyasida va texnologik jarayonlarida oldindan hisobga olingan mumkin bo’lgan omili hisoblanadi. Avtomatik liniyalarni ishonchlilik darajasini past bo’lishi o’z navbatida samaradorlikni pasayishiga hamda ishchilar va sozlovchilar sonini ko’payishiga, ta’mirlash va hizmat qilish uchun sarf-harajatlarni oshishiga olib keladi.
Avtomatik liniyalarni ishonchliligi ulardagi alohida mexanizmlarni birikmalarnibo’zi lmay va uzoq ishlashiga bog’liq. Liniyadagi qurilmalar va mexanizmlar nosozliklari qancha kam sodir bo’lsa shuncha undagi asboblar mustaxkamligi,birikma va alohida detallarning eyilishga chidamliligi yuqori,ya’ni avtomatik liniya’ning ishonchliligi yuqori bo’lishini ta’minlaydi.