Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish


-bob. Robotlar, avtooperatorlar, aravachalar yordamida yuklash va tashish jarayonlarini avtomatlashtirish



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə63/83
tarix27.12.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#199764
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   83
AVTOMATIKA VA ISHLAB CHIQARISH DARSLIK kitob

7-bob. Robotlar, avtooperatorlar, aravachalar yordamida yuklash va tashish jarayonlarini avtomatlashtirish.
7.1 Robotlarni Klassifikatsiyasi
Robot – odamlarning mexnat faoliyatida uchraydigan harakatlarning bajarilishinn ta’minlaydigan qayta dasturlanadigan boshqarish qurilmasi va boshqa texnikaviy vositalar bilan jihozlangan avtomatik mashina bo’lib, u bir nechta qo’zg’aluvchanlik darajasiga ega bo’lgan ish bajaruvchi qurilma vazifasini bajaradigan manipulyatordan va ishlab chiqarish jarayonida harakatga keltirish va boshqarish vazifalarini bajaruvchi qayta dasturlanadigan dasturli boshqarish qurilmasidan tashkil topgan.

7.1-rasm. Sanoat roboti — bir joyda ishlaydigan (stasionar) yoki ko’chma avtomatik.
Sanoat robotlari va manipulyatorlar metallarga ishlov berish korxonalarida odamning sogligi uchun xavfli va zararli bo’lgan, ish sharoitlari ogir va turli joylarda odam urnida yoki unga yordamchi sifatida tobora keng qo’lamda qo’llanilmokda.
Robotlardan foydalanishning uchta konuni bor

  1. Robotlar odamlar Ularning havfli va zararli ishlarini egallashi lozim (bu bilan barcha harajatlar koplanadi).

  2. Robotlar odamlar bajarishni istamagan ishlarda qo’llanilishi lozim (bu bilan xam barcha harajatlar koplanadi).

  3. Robotlar uzlari (robotlar) kam harajatlar bilan yuqori sifatli bajara oladigan ishlarda odam urnini egallashi lozim.


7.2-rasm. Robot tizimining tarkib-funksional ko’rinishi
Sanoat robotlari va manipulyatorlardo’gi mexaniq qismlarning nomlari odam qo’lining nomlari bilan ataladi.
Panja – ko’pbarmoqli kamragichlar klassi bo’lib, ba’zan barmoqlar soniga va ularning qo’zg’aluvchanligiga qarab farqlanadi. Bu barmoqlarning qo’zg’aluvchanligi odam panjasidagi barmoqlarning harakatchanligiga yaqinlashadi.
Kaft — manipulyatorning bilagi bilan robotning ishchi organi (masalan, panjasi) o’rtasida joylashgan zvenolar (odatda, aylanma harakatlanuvchi zvenolar) birikmasidan iborat bo’lib, robotning fazoda mo’ljaldagi harakatlarni bajarishiga imkon beradi.

7.3-rasm. Silindrik koordinatalar sistemasi bilan jihozlangan «ROBOTRON-» modelli sanoat roboti(Germaniya);
1 - tiraqlar mexanizma; 2 -qamrash modeli; 3 - kaft; 4 - vertikal karetka; 5 - kolonna; 6 -oraliq, kiem; 7 - cho’zish mexanizmi,8- burish qurilmasi; 9 - asos; 10 – pnevmosilindr.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin