10 ni ochadi (brak «+»). Agar detalning o’lchami, sxemada ko’rsatilgandek, keragidan kichik bo’lsa, pastki kontakt ishga tushadi, elektromagnit 6 yakorni tushiradi, prujina: 5 zaslonka 8 ni burib brak («-») detal tushadigan yashik 7 ning teshigini ochadi.
Aktiv tekshirish usuli eng ilg’or usuldir. Aktiv tekshirish; usullaridan foydalanilganda stanok avtomatik rostlash sistemasiga aylanib, odamni tekshirish ishlaridan ozod qiladi, ishlanayotgan detallar o’lchamlarining zarur aniqlikda chiqishini ta’minlaydi.
Detal o’lchamlarining aniqligi bevosita yoki bilvosita analiz qilinishi mumkin. Birinchi holda detalning o’zi tekshiriladi, ikkinchi holda esa asbob yoki stanok ish organlarining holati tekshiriladi. Aktiv tekshirishni detalga ishlov berilmasdan avval, ishlov berayotgan paytda va ishlov berib bo’lgandan keyin o’tkazish mumkin.
Detallarni ishlashdan oldin tekshirish qurilmalari himoya-blokirovkalash qurilmalariga kiradi (8.17-rasm, a). Bu qurilmalar ishlash uchun keltirilayotgan detallar 2 ni tekshirishga imkon» beradi; shunday qilinganda kesuvchi asbob 4yoki stanok 5 mexanizmlari sinishining oldi olinadi. Bu qurilma birlamchi o’zgartkif 1 ni boshqaruvchi mexanizm 3 yordamida yaroqli zagotovkalar 6 ni stanokka o’tkazib Yuboradi va yaroqsiz zagotovka 7 (brak «+») yoki 8 ni (brak «-
») stanokka o’tkazmaydi yoxud uni to’xtatib qo’yadi. Bunday qurilmalar ba’zan o’lchash zaslonkalari deb yuritiladi.
Ishlov berish jarayonida avtomatik tekshiruvchi qurilma (8.17-rasm, b) detal o’lchamining o’zgarishini unga ishlov berish jarayonida birlamchi o’zgartkich 4 bilan tekshiradi. Birlamchi o’zgartkich uch kontaktli skoba 5 ga o’rnatilgan. Qo’yim olib tashlangach, o’zgartkich 4 kuchaytirgich 1 orqali stanokning ijrochi qurilmasi 7 ga. ishlov berish rejimini o’zgartirish, ya’ni xomaki jilvirlashdan tozalab jilvirlash, keyin esa o’lchamiga yetkazish rejimiga o’tish haqida komanda beradi. Detal 6 ning o’lchami belgilangan qiymatga yetganda stanok avtomatik tarzda ishdan to’xtaydi. Ishlov berayotganda signal lampalari 3yongan vaqtda pribor 2 ning ko’rsatgichlariga qarab detal 6 ning o’lchamlarini bilib olish mumkin.
8.17-rasm.Aktiv tekshirish qurilmalari: a — himoya-blokirovkalash qurilmasi; b — ishlov berish jarayonida tekshirish qurilmasi; v — ishlov berilib bo’lgandan so’ng tekshirish qurilmasi; g — o’zi sozlanadigan qurilma.
Detallarga ishlov berilib bo’lgandan so’ng ularning o’lchamlarini avtomatik tekshiruvchi qurilmalar (8.17-rasm, v) ishlov berilgan har bir detalning o’lchamlarini o’zgartkich 1 vositasida tekshiradi hamda tekshirish natijalari asosida stanokning qo’shimcha sozlash mexanizmlariga ta’sir yetadi yoxud yaroqsiz detal 3 (brak « + ») yoki 4 (brak «—») paydo bo’lganda stanokni to’xtatadi. Yaroqli detallar 2, masalan, yig’ish joyiga keladi.
Yuqorida aytib o’tilganidek, bunday qurilmalar qo’shimcha sozlovchi qurilmalar (sozlagichlar) deb yuritiladi.
Qo’shimcha sozlagichlar ishlov berilgan detallarnigina emas, balki asbob kesuvchi hirrasining, jilvirtosh kesuvchi sirtining holatini ham tekshirishi mumkin. Qo’shimcha sozlagichlar jilvirlash stanoklaridan tashqari, tokarlik, tish kesish va boshqa stanoklarda ham keng ishlatiladi.
Ishlov berish jarayonida ho’shimcha sozlash bilan birga tekshirish ishlarini ham bajaradigan avtomatik yordamchi sozlagichlar (8.17-rasm, g) ahamiyatga molikdir. O’zgartkich 1 ishlov berish jarayonida detallar 2 o’lchamlarini avtomatik ravishda tekshiradi, o’zgartkich 3 esa ishlov berilgan detal 4 ning o’lchamlarini haytadan tekshiradi va shu tarzda birinchi o’zgartkichning ishini tekshiradi va zarur bo’lsa, uni qo’shimcha sozlaydi.
Avtomat liniyalarda passiv va aktiv tekshirish qurilmalari ishlatiladi. Hozirgi paytda buyumlarni berilgan dastur bo’yicha tekshirish tobora keng qo’llanilmoqda.
Ichi bo’sh silindr, yarimsfera, konus tipidagi detallarni, sirti egri chiziqli detallarni, shuningdek teshiklar, chiqiqlar va o’yiqlar oralig’ini tekshirish uchun koordinata o’lchash mashinalaridan foydalaniladi. Bu mashinalarda har bir koordinata fotoelektrik qurilmalar yordamida o’lchanadi va o’lchash golovkalari berilgan dastur bo’yicha avtomatik ravishda. suriladi.