Moslashuvchan avtomatlashtirilgan liniya (MAL) - avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi vositasida birlashtirilgan bir necha moslashuvchan ishlab chiqarish mudullardan tashkil topgan ishlab chiqarish tizimi. Bunda moslashuvchan ishlab chiqarish modulilar texnologik operatsiyalar ketma - ketlikda joylashtiriladi.
Moslashuvchan avtomatlashtirilgan uchastka (MAU) - avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi vositasida birlashtirilgan bir necha moslashuvchan ishlab chiqarish modulidan to’zi lgan ishlab chiqarish tizimi. Ushbu tizim texnologik marshrut bo’yicha ishlab ularda texnologiya’ning ketma - ketligini o’zgartirish ko’zda tutiladi.
Moslashuvchan avtomatlashtirilgan sex (MAS) belgilangan nomenklaturadagi buyumlarni tayyorlash uchun mo’ljallangan moslashuvchan avtomatlashtirilgan liniyalar va moslashuvchan avtomatlashtirilgan uchastkalar majmui.
Moslashuvchan avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish korxonasi (MAZ) asosiy ishlab chiqarish rejasiga muvofiq tayyor buyumlar ishlab chiqarishga mo’ljallangan moslashuvchan avtomatlashtirilgan sexlar majmui. moslashuvchan avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish korxonasida alohida ishlovchi avtomatlashtirilgan uchastka va sexlar ham bo’lishi mumkin.
Moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlar umumiy struktura sxemasi quyidagicha: Sonli dastur yordamida boshqariladigan oltita dastgohdan tashkil topgan moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlarga ma’lum marshrut bo’yicha yuradigan induksion tizimli uchta transport roboti hizmat qiladi. SHtabeler avtomat ombor dan zagotovkani olib, qabul stoliga uzatadi. Stolda zagotovka universal palet (moslama) larga mahkamlanadi.
Transporter zagotovkalar o’rnatilgan paletlarni polda joylashgan uchta transport robotidan biriga qo’yadi. Bu robot zagotovka markazlariga ishlov beruvchi dastgohning stoliga uzatadi. Ishlov berilgandan so’ng zagotovka qaytadan transport robotiga uzatiladi.
Transport robotlari zagotovkani keyingi operatsiya’ni bajarish uchun sonli dastur bilan boshqariladigan ko’p maqsadli dastgohlarning burilma yuklash stollariga uzatadi. Tayyor buyumni transport roboti nazorat qilish uchastkasiga uzatadi.
Moslashuvchan avtomatlashtirilgan sex (MAS). Moslashuvchan avtomatlashtirilgan sex to’rtta moslashuvchan avtomatlashtirilgan uchastkalardan tashkil topgan. Ularda detallarga mexaniq va slesarlik ishlovlari beriladi. Moslashuvchan avtomatlashtirilgan sex qabul qiluvchi - uzatuvchi qurilma, avtomatik qabul qiluvchi- uzatuvchi stol, IR-50 ishlov berish yacheykasi, kran - shtabeler, avtomat - aravacha, stellajlararo uzatuvchi qurilma, slesarlik dastgohi, qabul qiluvchi uzatuvchi qurilma, dispetcher pulti, smena boshlig’ining ish o’rni, asboblar tayyorlab qo’yiladigan bo’lim, yuvish bo’limi, texnik - tekshiruv bo’limi, texnik ta’minot bo’limi, avtomatlashtirilgan uchastka, moslashuvchan avtomatlashtirilgan uchastka hamda stellajdan tashkil topgan.
Texnik ta’minot bo’limida moslamalar va asboblar tayyorlanadi, texnik tekshiruv bo’limida mahsulotni nazorat qilinadi, detallar yuviladi va germetikligi sinab ko’riladi. Tashish operatsiyalari uchastkalarning yuqori qismida joylashtirilgan uzatuvchi qurilmalar yordamida amalga oshiriladi.
Mashinasozlikda ishlab chiqarishni avtomatlashtirish darajasini oshirish, ma’lum bir turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun avtomatlashtirilgan texnologik asbob-uskunalarni o’z ichiga olgan MICHM ni yaratishga olib keladi, bu ularning namunaviy hususiyatlarining ma’lum bir oralig’ida o’zgarishi mumkin.
MICHM avtonom tarzda ishlaydi, bir nechta sikllarni amalga oshiradi va MICHZ ga qo’shilishi mumkin. MICHM qo’shimcha ravishda avtomatik o’lchash va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini nazorat qilish, asbob-uskunalar, mexanizmlar va asbob-uskunalarning o’zi holatini aniqlash, shuningdek, avtomatik qayta ishlash jarayoni va boshqa turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun uskunalarni avtomatik ravishda qayta ishlashni ta’minlaydi. MICHM adaptiv boshqaruv elementlari bilan barcha yordamchi, nazorat va diagnostika operatsiyalarini avtomatlashtirishning yuqori darajasiga ega bo’lgan RTK sifatida qaralishi mumkin.
Moslashuvchan ishlab chiqarish moduli (MICHM) RDB va jarayonni avtomatlashtirish vositalari bilan jihozlangan texnologik uskunalar birligidan iborat.
Umuman olganda, mashina moduli – MICHM tarkibiga quyidagilar kiradi: