Avtomatlashtirish va boshqarish


Bosimlar farqi o’zgarmas sarf o’lchagichlar



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə108/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

Bosimlar farqi o’zgarmas sarf o’lchagichlar
Bu o’lchov asboblarining ishlashi sarf o’zgarishi bilan qalqovuchni vertikal siljishiga va bunda xalqasimon o’tish kesim yuzasini o’zgarishi natijasida qalqovuchdagi bosimlar farqi o’zgarmas bo’lib qolishiga asoslangan. Rotametrlarning shkalasi bir tekis desa bo’ladi va ular yordamida kichik sarflar o’lchanadi. Ulardagi bosimning yo’qolishi kichik va u sarfga bog’liq emas.
Rotametrdan o’tayotgan suyuqlik yoki gaz sarfi o’zgarishi (rasm 8.3), qalqovuchni xalqasimon tirqish yuzasini (qalqovuch va konus trubka devorlari orasidagi tirqish yuzasi) o’zgarishi hisobiga ta’sir etayotgan kuchlar muvozanatlanguncha siljitadi va qalqovuch sarfga mos xolatda muallaq turadi. Qalqovuch xolatiga qarab sarf aniqlanadi.

Rasm 8.3. Bosimlar farqi o’zgarmas sarf o’lchagich


Rotametr qalqovuchiga qarama-qarshi yo’nalgan kuchlar ta’sir etadi. Tepadan pastga:

1. Og’irlik kuchi Vp ρp g,


Bu yerda, Vp – qalqovuch hajmi;
ρp – qalqovuch materiali zichligi;
g – erkin tushish tezlanishi.
2. Qalqovuch tepa yuzasiga oqim bosimi hosil qilayotgan kuch R12 S.
Bu yerda, R12 – qalqovuch tepa yuzasi birligiga oqimning o’rtacha bosimi;
S – qalqovuch yuzasi.
Pastdan tepaga ham qalqovuchga ikki kuch ta’sir etadi:
  1. Qalqovuchning pastki yuzasiga oqim bosimi hosil qilayotgan kuch R11 S;


  2. Oqimning qalqovuchga ishqalanish kuchi k vkn Sb ;


Bu yerda, k-Reynolьds soniga Re va yuzaning g’adir-budirlik darajasiga bog’liq qarshilik koeffitsienti;


vk- halqasimon kanalda, qalqovuch yon sirti yuzasini egallagan, oqimning o’rtacha tezligi;
Sb- qalqovuchning yon sirti yuzasi;
n – oqim tezligi qiymatiga bog’liq daraja ko’rsatkichi.
Agar quyidagi shart bajarilsa, qalqovuch muvozanatda bo’ladi:
Vp ρp g + R12 S = k vkn Sb + R11 S yoki
R11 - R12 =
Agar sarfning hamma qiymatlarida vk o’zgarmasa (sarf o’zgarishi bilan xalqasimon kanal yuzasi o’zgarsa), unda, oxirgi tenglamaning o’ng tomon qismi o’zgarmaydi, ya’ni, R11-R12=const
Sarf tenglamasi
G = Sk m3/s;
G = Sk kg/s.
Ildiz ostidagi kattaliklar o’zgarmasligini hisobga olib,
G=α Sk k
Sarf koeffitsienti α rotametrlar uchun ko’p kattaliklarga bog’liq. SHuning uchun har bir rotametr alohida eksperimental graduirovkalanadi.



Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin