Sath o’zgarishi bo’yicha sarfni o’lchash
Bu sarf o’lchagichlarning ishlashi idish o’rtasidagi tirqishdan suyuqlikning erkin oqib o’tishida suyuqlik sathini sarf o’zgarishi bilan o’zgarishiga asoslangan. O’ta aktiv (agressiv) moddalar, pulьsatsiyalanuvchi oqimlar va gazlar bilan aralash suyuqliklarning atmosfera bosimida sarfini o’lchashda ishlatiladi. Ushbu sarf o’lchagich (rasm 8.4) to’g’ri to’rtburchak ko’rinishidagi, o’lchanayotgan suyuqlikning kirish va chiqish shtutserlari bor idish 2 ko’rinishida bo’ladi. Bu idish o’rtasidan tirqishi bor to’siq bilan bo’lingandir. Tirqishdan toshib o’tayotgan suyuqlik sathi odatda, pyezometrik sath o’lchagich yordamida o’lchanadi. P’ezometrik trubka 1 himoya cheholida tirqishdan oldin o’rnatilib, undan muntazam ravishda havo o’tkazilib turiladi.
Rasm 8.4. Sathi o’zgaruvchan sarf o’lchagichlar
Peyzometrik trubkaga berilayotgan havo miqdori nazorat stakani 4 yordamida nazorat qilinadi, bosimi esa, reduktor 6 yordamida ushlab turiladi va filьtr 7 yordamida tozalanadi.
Toshib o’tayotgan suyuqlik sathi suyuqlik sarfi o’zgarishi bilan o’zgaradi (Q=kh, bu yerda, k – proportsionallik koeffitsienti; h – toshib o’tayotgan suyuqlik sathi). Pьezometrik trubkadagi bosim tirqish oldidagi suyuqlik sathi va zichligiga bog’liq ravishda o’zgaradi va shuning uchun u massaviy sarfga ham bog’liqdir. SHunday qilib, suyuqlikning gidrostatik bosimi p’ezometrik trubka va difmanometr 3 yordamida o’lchanadi.
Elektromagnit (induktsion) sarf o’lchagichlar
Elektromagnit sarf o’lchagichlarning ishlashi elektr o’tkazuvchan suyuqlik oqimida tashqi magnit maydoni ta’sirida sarfga proportsional ravishda induktivlanayotgan elektr yurituvchi kuchni (EYuK) o’lchashga asoslangan.
Rasm 8.5. Elektromagnitli sarf o’lchagichlarning ish printsipi
Nomagnit materialdan tayyorlangan truboprovod 1 (rasm 8.5), unda harakatlanayotgan suyuqlik bilan birga o’zgarmas magnit qutblari 2 va 3 orasiga o’rnatilgan. Truboprovod devorlariga diametrial qarama-qarshi ravishda o’lchash elektrodlari o’rnatilgan. Magnit maydoni ta’sirida suyuqlikdagi ionlar xarakatlanib, o’z zaryadlarini o’lchash elektrodlariga beradi va unda suyuqlik tezligiga proportsional EYuK (E) hosil qiladi. Bu elektrodlar o’lchov asbobiga (4) ulanadi.
EYuK qiymati quyidagi tenglama bo’yicha topiladi:
Bu yerda, - magnit induktsiyasi;
- truboprovod diametri;
– oqimning o’rtacha tezligi.
Tezlikni hajmiy sarf orqali ifodalab, quyidagini olish mumkin,
;
Tenglamadan ko’rinib turibdiki, hosil bo’layotgan EYuK sarfga bog’liq bo’ladi.
Ushbu usulning kamchiligi sifatida qutblanish EYuK va galьvanik EYuKlarni hosil bo’lishi, hamda, kichik o’zgarmas tok EYuKini kuchaytirishning qiyinligini keltirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |