Ma'ruza №14. Deformatsiyalanishga asoslangan bosim o‘lchash vositalarining sezgir elementlari. Reja:
Deformatsiyalanishga asoslangan bosim o‘lchash vositalarining sezgir elementlari.
Burdon trubkasi.
Prujinali asboblarning ishlash prinsipi bosim ta'sirida turli elastik elementlarning deformatsiyalanishi yoki ularning kuchini o‘lchashga asoslangan. Elastik elementda bosim kuchi ta'sirida vujudga keladigan deformatsiyalanish natijasida o‘lchov asbobining strelkasi to‘g‘ri chiziqli yoki burchakli shkala bo‘yicha siljib, bosim qiymati R ni ko‘rsatadi.
Prujinali asboblarning o‘lchash aniqligi yuqori bo‘lishi uchun ulardagi elastik elementlar elastiklik moduli va issiqlik kengayish koeffitsientlari kam bo‘lgan materiallardan tayyorlangan bo‘lishi va gisterezis hamda qoldiq elastiklik hodisalari bo‘lmasligi talab qilinadi.
14.1 - rasm. Elastik sezgir elementlar Prujinali asboblar ortiqcha bosim, siyraklanish, bosimlar farqi va shu kabilarni o‘lchash uchun qo‘llanadi. Keng tarqalgan elastik sezgir elementlar 14.1-rasmda tasvirlangan, ularga naychali prujina (a), silfonli (b), yassi va gofrlangan membranalar (v, g), membranali quticha (d), bikr markazli yumshoq membranalar (ye) kiradi.
Statik xarakteristikaning shakli va tikligi sezgir elementning tuzilishiga, materialga va haroratga bog‘liq. Se bilan xarakterla zgir elementlarning elastiklik holati kuch bo‘yicha qattiqlik koeffitsienti nadi:
(14.1)
bu yerda, G‘, SE — mos ravishda elastik sezgir elsmentga ta'sir etadigan kuch va elementning foydali yuzi; h — sezgir element erkin uchining siljishi. Prujinali asboblarning afzalligi ularning soddaligi, ishonchliligi, universalligi, ixchamligi va o‘lchanayotgan kattaliklarning katta diapazonidan iborat.
Naychasimon prujinali asboblar. Sezgir element sifatida naychasimon manometrik prujina ishlatilgan deformatsioi asboblar laboratoriya va ishlab chiqarish amaliyotida keng tarqalgan. Ayniqsa, bir o‘ramli naychasimon prujinali asbob — manometr, vakuummetr, manovakuummetr va difmanometrlar juda ko‘p qo‘llanadi.