Naychasimon prujinali asboblarning ishlash prinsipi o‘lchanayotgan bosimning elastik deformatsiya kuchi bilan muvozanatlashuviga asoslangan.
Aylana yoyi bo‘yicha bukilgan elliptik yoki yassi oval kesimli naychasimon prujina ichidagi ortiqcha bosim yoki siyraklanishning o‘zgarishi natijasida o‘zining bukilishini o‘zgartiradi (14.1-rasm, a).
O‘lchanayotgan ichki va tashqi atmosfera bosimlari farqi ta'sirida naychali prujina deformatsiyalanadi: naycha kesimining kichik o‘qi kattalashadi, katta o‘qi kichiklashadi, bunda prujina deformatsiyalanadi va uning erkin uchi 1...3 mm ga siljiydi. 5 MPa gacha bo‘lgan bosim uchun naychali prujinalarni jezdan, bronzadan, undan ham yuqori bosimlar uchun — legirlangan po‘lat va nikel qotishmalaridan tayyorlanadi.
1 4.2-rasmda bir o‘ramli prujinali manometrlarning kinematik sxemasi keltirilgan. Bosim o‘zgarishi natijasida prujina 3 uchnning siljishi tortqi 5 orqali 6 sektorga uzatiladi. Sektorning burchakli siljishi tishli ilashma yordamida tribka 2 ning aylanishiga olib keladi. Trubkaning o‘qiga ko‘rsatuvchi strelka 4 biriktirilgan
Naychaning bo‘sh uchida siljish uncha katta bo‘lmagani sababli, ko‘pincha, ko‘p o‘ramli naychasimon prujinalar ishlatiladi. Ko‘p o‘ramli (gelikoidal) naychasimon prujijinali manometrlarning ish organi olti, to‘qqiz o‘ramli yassi naychadan xosil qilingan silindrik spiral shaklga ega. Gelikoidal naychasimon prujinali manometrlar o‘ziyozar va ko‘rsatishlarni masofaga uzatuvchi bo‘ladi.
Naychasimon prujinali manometrlar ko‘rsatish, yozish, signal berish va ko‘rsatishlarni masofaga uzatish uchun mo‘ljallangan.
Hozir pnevmatik va elektr datchiklarning unifikatsiyalangan tizimga kiritilgan prujinali asboblarning ko‘p turlari chiqmoqda.
Bu asboblar standart pnevmatik, elektr signallarda ishlaydigan ikkilamchi asboblar va maxsus qurilmalar majmuasida qo‘llanadi. Asbobsozlik sanoati 0,1 dan 1000 MPa (1...10000 kgk/sm2) gacha bo‘lgan bosimlarni ulchaydigan asboblar ishlab chiqaradi. Texnik manometr, vakuummetr va manovakuummetrlar 1; 1,6; 2,5 va 4 aniqlik sinfiga ega. Namuna asboblarning aniqlik sinfi 0,16; 0,25 va 0,4.