Ma'ruza №15.
Membranali va silfonli manometrlar,ularning tuzilishi
va ishlash prinsipi.
Reja:
Membranali manometrlar. Ularning ishlash prinsipi.
Silfonli monometrlar. Ularning tuzilishi.
Membranali manometrlar
Membranali manometrlarning sezgir elementlari gofrali membrana, membranali korobka hamda membrana bloklari ko‘rinishida bajarilgan bo‘lishi mumkin. Bu o‘lchov asboblari kichik ortiqcha bosimlarni va vakuumni o‘lchashga mo‘ljallangan (manometrlar, naporomerlar va tyagomerlar). Bu o‘lchov asboblarida bosim o‘zgarishiga mos ravishda sezgir membrana deformatsiyalanib, egiladi. Sezgir gofrali membranali manometr quyidagi ko‘rinishga ega (rasm 40)
O‘lchanayotgan bosim R2 o‘zgarishi bilan membrana deformatsiyalanib, egila boshlaydi. Membrana deformatsiyalanishi natijasida, uning bikirligi ortadi. Deformatsiyalanish, bosim membrana yuzasiga tekis taqsimlanib hosil qilaѐtgan 60 kuch bilan membrana bikirligi muvozanatlanguncha davom etadi. Membrana egilishi uzatish mexanizmi ѐrdamida o‘lchov asbobi strelkasiga uzatiladi
(rasm 40.).
Membranali aneroid manometri atmosfera bosimini Ra (R1) o‘lchashga mo‘ljallangan. Aneroid korobka ichidagi bosim 0,01mm.sim.ust. ga teng.
(rasm 41)
Manometrik korobkali membranali manometr kichik bosimlarni o‘lchashga ishlatiladi. O‘lchanaѐtgan R2 bosim manometrik korobkaga beriladi.
Bloklar ko‘rinishidagi aneroid va manometrik korobkalar ham ishlab chiqariladi.
(rasm 42)
Membranali manometrlar bosimlar farqini o‘lchashga ham ishlatilishi mumkin. Bu o‘lchov asboblarida o‘lchanaѐtgan bosimlar farqi R1-R2=∆R, sezgir membrana bikirligi bilan muvozanatlanadi. Membranali asboblarning quyidagi turlari ishlab chiqiladi: tyagomerlarTM-P1 (25-0;….2500-0 mm.vd.st.), naporomerlar TN-N1 (0-25;….0-2500 mm.vd.st.), tyagonaporomerlar TNM-P1- (-12,5-+12,5; ….-1250-+1250 mm.vd.st.), difmanometrlar DM-P1; DM-P2 va boshqalar.
Membranali pnevmatik signal o‘zgartirgich 13DI13 Pnevmatik signal o‘zgartirgichlarning chiqish signali 20—100 kPa chegarada o‘zgaruvchi siqilgan xavo bosimi hisoblanib, uning manbaa bosimi 140 kPa bo‘ladi. Bu signal o‘zgartirgichlar chiqish signalini 4 mm dia metrli pnevmatik trubkalar ѐrdamida 150 m masofagacha va 6 mm trubkali pnevmatik trubkalar ѐrdamida 300 m gacha masofaga uzatish mumkin. Xar bir o‘lchov asbobiga bunda 3 l/min miqdorga yaqin xavo sarflanadi. 13DI13 tipidagi pnevmatik signal o‘zgartirgich (rasm 44) ishlashi kuchni kompensatsiyalashga asoslangan. O‘lchanaѐtgan bosim o‘lchash blokining 1–kamerasiga berilib, membrana 2 va silfon 3 ga ta'sir etadi va richag 5 ni membrana 4 atrofida ma'lum burchakga aylantiradi. Bunda zaslonka 7 soplo 8 ga nisbatan ma'lum masofaga siljishi, pnevmorele tizimida, hamda aks ta'sir silfonida va pnevmorele chiqishida bosimni o‘lchanaѐtgan bosimga proporsional ravishda o‘zgarishiga olib keladi. Nol korrektori prujinasi 6 yordamida signal o‘zgartirgich chiqish signalini 0,02 MPa ga sozlanadi (shkalaning boshlang‘ich qiymatiga).
Dostları ilə paylaş: |