Avtomatlashtirish va boshqarish



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə41/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

Nazorat uchun savollar
1. Bosim deb nimaga aytiladi?
2. Bosimning kanaka turlari mavjud?
3. Bosimning kanday o‘lchov birliklari mavjud?
4. Differensial manometrlar xakida ma'lumot bering?
5. Manometrlar va difmanometrlar kaysi zavodlarda ishlab chiqiladi?
Ma'ruza №17.
Induktiv va ionizatsion monometrlar.Bosim o’lchashda ishlatiladigan issiqlik asboblari.


Reja:



        1. Induktiv asboblar.


        2. Issiqlik o‘tkazuvchan manometrlar


Induktiv asboblarning ishlash prinsipi g‘altak induktivligining tashqi bosim ta'siridan o‘zgarishiga asoslangan.
1 7.1-rasmda induktiv o‘zgartiruvchi element bilan jihozlangan bosimni o‘lchash o‘zgartkichining sxemasi ko‘rsatilgan. Bosimni qabul qiluvchi membrana 1 o‘ramli elektromagnit 2 ning harakatlanuvchi yakori hisoblanadi. O’lchanayotgan bosim ta'sirida membrana siljiydi, bu induktiv o‘zgartkichli elementning elektr qarashiligini o‘zgartiradi. Agar g‘altakning aktiv qarshiligi, magnit oqimlari hisobga olinmasa va o‘zakda yo‘qotilsa, o‘zgartkich elementning L induktivligini quyidagi tenglama bo‘yicha aniqlash mumkin.
L=W2μ0·S/δ (17.1)
bu yerda, W — g‘altak o‘ramlari soni, μ0 — .havoning magnit singdiruvchanligi, S — magnit o‘tkazgich ko‘ndalang kesimining yuzi, δ—havo oraligining uzunligi.
Membrananing deformatsiya kattaligi o‘lchanayotgan bosimga mutanosibligini e'tiborga olib,
δ=K·P (17.2)
(17.2) tenglamani quyidagi ko‘rinishga keltiramiz:
L=W2·μ0·S/K·P (17.3)
(17.3) tenglama bosimni o‘lchash induktiv o‘zgartkichning statik xarakteristikasini ifodalaydi.
L ni o‘lchash, odatda, o‘zgaruvchan tok ko‘priklari yoki rezonansli LC-konturlar tomonidan amalga oshiriladi. 0,5... 1,0 MPa bosimda membrananing qalinligi 0,1 ...0,3 mm, bosim 20...30 mPa bo‘lganda esa 1,3 mm. Membrananing siljishi millimetrning yuzdan bir ulushini tashkil etadi. Induktiv bosim o‘zgartkichlarning asosiy xatosi ± (0,2—5)%.



Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin