Avtomatlashtirish va boshqarish



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə49/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

Nazorat uchun savollar
1 Elektr sath o‘lchagichlar kanday vazifani bajaradi?
2.Sig‘imli sath o‘lchagichlar deb nimalarga aytiladi?
3. Elektr o‘tkazuvchanlikka (aktiv qarshiligining o‘zgarishiga) asoslangan sath o‘lchagichlar deb nimalarga aytiladi?
4. Sig‘imli sath o‘lchagichlar afzalligi va ularning kamchiliklari?


Ma'ruza №6.
Sath o‘lchash tizimi.Sath o‘lchash to‘g‘risida umumiy tushunchalar.
Sathni vizual o‘lchash vositalari


Reja:
1. Sath o‘lchash tizimi.
2. Sath o‘lchash to‘g‘risidagi umumiy tushunchalar.
3. Sathni vizual o‘lchash vositalari.
Sath deb texnologik apparatning ishchi muhit – suyuqlik yoki sochiluvchan jism bilan to‘ldirish balandligiga aytiladi.

Ishchi muhit sathi texnologik parametr hisoblanadi, u haqdagi axborot texnologik apparatning ish rejimini nazorat qilish uchun, ayrim hollarda esa ishlab chiqarish jarayonini boshqarish uchun zarur. Sathni o‘lchash vositalari sath o‘lchagichlari deb ataladi.


Suyuqlik va sochiluvchan moddalar sathini o‘lchash texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Sathni o‘lchash moddaning idishdagi miqdorini aniqlash va texnologik jarayonda ishtirok etayotgan ishlab chiqarish uskunasida sath holatini nazorat qilishdan iborat.
Ishlash xarakteri jihatidan sathni o‘lchagichlar uzluksiz va uzlukli (releli) bo‘ladi. Releli sath o‘lchagichlar moddaning sathi ma'lum balandlikka yetganda ishlay boshlaydi, ular signalizatsiya maqsadida ishlatiladi va sath signalizatori deyiladi.
Bu asboblar ishlash prinsipi va tuzilishi jihatidan bir biridan farq qiladi. Masalan, suyuqlik sathni o‘lchashga mo‘ljallangan asboblarning ko‘pi sochiluvchan moddalar sathini o‘lchash uchun yaroqsiz, usti ochiq (atmosfera bosim) idishlarda ishlatiladigan asboblar esa yuqori bosimda ishlaydigan idishlar uchun yaroqsizdir va hokazo.
Sathni nazorat qilish asboblari shkalali va shkalasiz bo‘ladi. Shkalasiz asboblar, odatda, ikkilamchi asboblar bilan birga ishlaydi, yoki sathning chegarasi haqida mustaqil signal beradi. 22.1 – jadvalda o‘lchash diapazoniga ko‘ra sath o‘lchagichlar keltirilgan.
22.1-jadval





Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin