Avtomatlashtirish va boshqarish



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə51/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

Nazorat uchun savollar
1 Sath deb nimaga aytiladi?
2 Sathni nazorat qilish asboblarining kanday turlari bo‘ladi?
3. O‘lchanadigan muhitning xarakteri va ishlash prinsipiga ko‘ra sathni o‘lchash asboblari qanday guruhlarga bo‘linadi?
4. Sathni o‘lchashning vizual vositalari kanday?
5. Sarf o‘lchagich shishalar kanday bosim va kanday haroratlarda qo‘llaniladi?




Ma'ruza №7. Qalqovichli sath o‘lchash vositalari. Bo’yoqli sath o‘lchash vositalari
Reja:
  1. Qalqovichli sath o‘lchash vositalari.


  2. Buyokli sath o‘lchash vositalari.


  3. Gidrostatik sath o‘lchash vositalari.


  4. Sath o‘lchashning elektr vositalari. Sath o‘lchashning akustik vositalari.


  5. Radioizotopli sath o‘lchash vositalari.


  6. Ultratovushli sath o‘lchash vositlari.




Qalqovichli sath o‘lchagichlari
B u asboblar bilan idishdagi suyuqlik sathi o‘lchanadi. Asbobning sezgir elementi — qalqovich suyuqlik sirtida qalqib turadi (23.1-rasmda) va suyuqlik sathi baland-ligidagi o‘rni unga ta'sir qiladigan kuchlar muvozanatiga bog‘liq bo‘ladi. Arximed qonuniga muvofiq, qalqovich og‘irligi uning suyuqlikka botgan hajmidagi suyuqlik og‘irligiga teng bo‘ladi. Undan tashqari, qalqovichni o‘rab olgan suyuqlik ustidagi muhit havo bo‘lmay, zichligi r0 ga teng bo‘lgan modda bo‘lsa, unda qalqovich hajmidagi bu modda og‘irligi ham qalqovichni pastga bosadi, uning suyuqlikka botishini oshiradi. Bu ikki kuchga qarshi yo‘nalgan, qalqovichni yuqoriga ko‘taradigan kuch G‘ ni quyidagicha hisoblash mumkin:
(23.1)
bu yerda, r0suyuqlik ustidagi muhit zichligi; g — og‘irlik kuchi tezlanishi; V — qalqovichning hajmi; r — qalqovich botib turgan suyuqlik zichligi; x — qalqovich botgan qismning balandligi; S — qalqovichning ko‘ndalang kesim yuzi.
Agar qalqovichning ko‘ndalang kesimi S balandligi h bo‘yicha o‘zgarmas bo‘lsa,
(23.2)
Suyuqlik ustidagi muhit gaz yoki havo bo‘lsa. r0= 0, u holda

(23.3)
Qalqovichning ko‘ndalang kesimi o‘zgarmas bo‘lsa


(23.4)
Qalqovichli sath o‘lchagichlarda doimiy va davriy cho‘kadigan (buykali) qalqovichlar ishlatiladi.
Doimiy cho‘kadigan qalqovichni sath o‘lchagichlarda qalqovichni yuqoriga ko‘taradigan muvozanatlovchi kuch qalqovich og‘irligiga teng va o‘zgarmas bo‘ladi;
F=G=Const (23.5)
Bu yerda,n foydalanib, qalqovichning suyuqlikka botgan qismining balandligini topish mumkin
(23.6)
Bu holda kuchlar muvozanatini ta'minlaydigan qalqovich suyuqlik sathiga muvofiq siljiydi. 23.3 – rasmda shu prinsipga asosan ishlaydigan doimiy cho‘kadigan qalqovichli sath o‘lchagichning oddiy sxemasi ko‘rsatilgan. Sanoatda qo‘llaniladigan ko‘pchilik sath o‘lchagichlar shu sxema asosida ishlaydi. Qalqovich 1 roliklar 2 yordamida muvozanatlovchi yuk 3 bilan elastik tros (po‘lat sim) orqali bog‘langan. Yuk bilan biriktirilgan strelka shkala 4 ga muvofiq suyuqlik sathni ko‘rsatib turadi.
Qalqovichli sath o‘lchagichlar uchun, 23.3. rasmda trosning taranglik kuchi va roliklardagi ishqalanishni hisobga olgan xolda, «qalqovich-tortuvchi (protivoves)» tizimning muvozanat holati quyidagi tenglama bilan yoziladi:
G G=GP –Sh1 c g, (23.7)
bu yerda, GG, GP- qalqovich og‘irliigiga qarshi og‘irlik kuchi (protivoves) va og‘irlik kuchi; S – qalqovich yuzasi; h1qalqovich chukkan balandligi; csuyuqlik zichligi.
Suyuqliknig sathining oshishi qalqovichning chuqurligini o‘zgartiradi va va unga qo‘shimcha itaruvchi kuch ta'sir etadi. Yuqorida yozilganlarning natijasida tenglik buziladi va - qalqovich og‘irliigiga qarshi yuk pastga tushaveradi, toki osilga qalqovich h1 balandlikga teglashguncha.
Bu o‘lchagichning asosiy kamchiligi — shkalasining teskariligi va tros og‘irligining o‘zgarishi hisobga olinmasligi, baland idishlarda hisoblash qiyinligi va hokazo.
Qalqovichli sath o‘lchagichlarning turli modfikatsiyalari mavjud. Ular bir-biridan tuzilishi, o‘lchash xarakteri (uzluksiz yoki qayd qiluvchi), masofaga uzatish tizimini (pnevmatik, elektr va boshqalar) ishlatish shartlari va boshqa xususiyatlari bilan farq qiladi.
Idishdagi suyuqlik sathini o‘zgarishiga qarab qalovichning siljishini kamaytirish maqsadida chiziqli tavsifga ega bo‘lgan davriy cho‘kadigan silindrik qalqovichdan foydalanish mumkin.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin